linkedin facebook linkedin facebook nod32

MB jadvalini tuzish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-17

MB jadvalini tuzish

MB jadvalini tuzish uchun DataBase Desktop (DBD) utilitasini ishga tushirish zarur. Utilitani ishga tushirgandan keyin ishchi psevdonimi o‘rnatiladi. Ishchi psevdonimni o‘rnatish uchun bosh menyudan File=>Working Directory buyrug‘ini berib, keyin ro‘yxatga kiruvchi “Aliases” tanlanib psevdonim nomi “Proba” ko‘rsatiladi va Ok tugmasi bosiladi.
MB jadvalini tuzish uchun asosiy menyudan File=>New=>Table buyrug‘i bajariladi. Paydo bo‘lgan Create Table oynada MB turini aniqlab, (masalan Paradox 7 yoki DBase Windows) Ok tugmasi bosiladi. YAngi paydo bo‘lgan oynada MB jadvali strukturasi aniqlanadi.
Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun avvalambor uning modelini, ya’ni uning strukturasini ishlab chiqarish zarur. Buning uchun MBda maydon tushunchasi kiritilgan bo‘lib uning strukturasini aniqlaydi. Maydonni aniqlash quyidagi elementlardan tashkil topadi.

  • maydon nomi (Fields Name).
  • maydon turi (Type).
  • maydon o‘lchami (Size).
  • maydon kaliti (Key).

Maydon nomi - 10 tagacha lotin xarfi va sonlardan tashkil   topgan bulishi mumkin.

  • Maydon turlari matnli, sana, mantikiy, izohli (primechanie) va sonli bo‘lishi mumkin.

Maydon o‘lchami - simvol yoki sonlarning maksimal soni.
Masalan, DBase MBBT uchun maydon turlari quyidagilar bilan aniqlanadi.
-“C” simvolli (matnli) qiymatlarni bildirib uning uzunligi 255 tagacha bo‘lishi mumkin;
-“N” sonli qiymatlarni bildirib, uning diapazoni -10307¸+10308 ;
-“D” sana (data) qiymatini bildirib, uning o‘zgarish diapazoni 01.01.9999 dan 31.12.9999 gacha;
-“L” mantiqiy qiymatni bildirib, “True” va “False” qiymatlarni qabul qiladi;
-“M”  memo (izohli) bo‘lib qatorli qiymatlarni qabul qiladi, har bir qator 255 tagacha simvol olishi mumkin. Memo ma’lumotlari maxsus Dbt kengaytmali faylda saqlanadi.
         MB ning turli fayllari orasidagi munosabat bir xil nomli maydonlar orqali o‘rnatiladi. Har bir MB DBF kengaytirilgan nom bilan kompьyuter xotirasida saqlanadi.
   Misol 1. Misol tariqasida xodimlarni hisobga olishni avtomatlashtirish masalasini qaraylik. MBni tashkil qilish uchun oldin uning kartatekasini ishlab chiqarish lozim: hisobga olish tartib raqami; ismi va familiyasi; tug‘ilgan yili;  maoshi va hakazo. Bularni hisobga olgan holda MBning strukturasini ishlab chiqamiz.   
                                                                           Jadval 1


 Maydon nomi

Turi

Uzunligi

Kasr kismi

Izoh

Kodx

N

   3

    -

O‘isobga olish tartib raqami

Famx

  C

   20

    -

Xodim ismi va familiyasi.

Tyx

D  

8

-

Tug‘ilgan yili

Omx

N

10

2

Oylik maoshi

MUT

C

15

-

Mutaxassisligi

Lavjzim

C

15

-

Lavozimi

BULIM

C

15

-

Bo‘lim nomi

Ich1

D

8

-

Ishga qabul qilgan kun

         MBning jadvalini yaratish algortmi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

  1.DataBase DeskTop utilitasi ishga tushiriladi. Buning uchun quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi.
         Pusk=>Programmы=>Borland Delphi=>DataBase DeskTop
  2. DataBase DeskTop oynasining bosh menyusidan quyidagi buyruq bajariladi.   File=>Working Directory

  3.Hosil bo‘lgan Set Working Directory muloqot darchaining Aliases idan MB psevdonimi aniqlanadi.

4.Menyudan File=>New=>Table buyrug‘i bajariladi.
5.Hosil bo‘lgan Create Table muloqot darchasitdan MB turi aniqlanadi (masalan, Paradox yoki Dbase Windows). Bu darchada MBning bir qancha turlari mavjud.

6. MB strukturasi tashkil qilinadi.

7.Save As buyrug‘i berili, jadval nomi kiritiladi va Ok tugmasi bosilib saqlanadi.
9.Agar MBga ma’lumotlar kiritish kerak bo‘lsa menyudan File=>Open buyrug‘i berilib, keyin fayl tanlanadi va ma’lumotlar kiritiladi.

2757 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений