linkedin facebook linkedin facebook nod32

Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich

Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich 1981 yil 31 avgustda Surxondaryo viloyati Jarqurg'on tumanida tug'ilgan. 1988-1998 yillarda Jarqurg'on tumani 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 1999 yil Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika bo'limiga o’qishga kirib, uni 2003 yilda tamomlagan. 2002-2003 yil - Termiz shahar 9-umumiy maktab o'qituvchisi; 2003-2005 yil - O'zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari yo'nalishi magistranti; 2003-2004 yili - Toshkent shahar 299-umumiy maktab o'qituvchisi; 2004-2006 yil - Toshkent radiotexnika kasb-hunar kolleji o'qituvchisi; 2005-2006 yil - Toshken davlat iqtisodiyot universiteti assistenti;

2006 yil 15 noyabrdan Termiz davlat universiteti fizika matematika fakul'teti “Аmaliy matematika va informatika” kafedrasida o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritdi.
Mengliyev Shaydulla ilmiy-pedagigik faoliyati davomida kafedraning o’quv-uslubiy ta’minotini yaxshilashda katta hissa qo’shdi. Kafedraga tegishli fanlarni o’qitishda axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tishni yo’lga qo’ydi. Kafedraga tegishli fanlar bo’yicha elektron darsliklar tayyorladi. Shuningdek, amaliy matematika va informatika yo’nalishi ixtisoslik fanlaridan fan olimpiadalarining Respublika bosqichlarida talabalarni ishtirokida munosib hissa qo’shdi. Sh. Mengliyev 2017 yildan Termiz shahar 12-sonli mehribonlik uyida ham informatika fani o’qituvchisi vazifasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ayni paytda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularning ta'limda axborot texnologiyalarni qo'llash bo’yicha savod xonligini ko’tarish, o’quv-uslubiy ta’minotini yaxshilash, iqtidorli talabalarni turli fan to’garaklariga jalb etish, ma’naviy muhitni yaxshilash, fanlarning o’tilish sifatini yaxshilash, o’qituvchilarining axborot-kommunikastiya tizimlari bo’yicha bilimini oshirish kabi ishlarda qatnashib kelmoqda. Izlanuvchanlarni doimo qo'llab quvvatlaydi.
U 2016 yil 2 yanvardan Termiz davlat universiteti 05.01.07- “Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD). “Amaliy matematika” kafedrasida kafedra mudiri f.m.f.d., dotsent Chori Normuradov Begalievich rahbarligida “Qisilmaydigan yopishqoq suyuqlik harakatini spektral-to‘r metodi yordamida modellashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda. Bir qator ilmiy maqolalari respublika, xorijiy ilmiy jurnal va konferentsiya to’plamlarida nashr etlgan.

HAYOTDAGI SHIORI: DARYODA SUZMASANG QIRG'OQQA, HAYOTGA INTILMASANG MANZILGA YETOLMAYSAN, DOIMO INTILIB YASHASH KERAK!

Erishilgan yutuqlar

DIPLOMLAR

FAXRIY YORLIQLAR

SERTIFIKATLAR

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler