linkedin facebook linkedin facebook nod32

Bu bo`limda monografiya kitob va o`quv qo`llanmalarni yuklab olib foydalanishingiz mumkin

PHP7 dasturlash tili

Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”(dasturiy ta’minot) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Veb dasturlash” fanini o‘qitishga mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5130200 - “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 - “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Veb dizayn”, “PHP veb dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda qo‘llanmadan PHP7 tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PHP7 dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PHP7 tilidagi dasturlari keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PHP7 tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.

O`quv qo`llanmani yuklab olish (10.6 Mbayt)


SIQILMAYDIGAN YOPISHQOQ SUYUQLIK HARAKATINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Monografiyada tutash muhitlar mexanikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siqilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini matematik modellashtirish bilan bog‘liq masalalar qaraladi, to‘g‘ri kanallar, bosim gradientining turli qiymatlarida chegaraviy qatlamda va quvurlardagi suyuqliklar oqimi tadqiq etiladi.
Oqimlarni xarakterlovchi matematik model sifatida Nave-Stoks tenglamalari tizimi qaralgan, kichik qo‘zg‘alishlar usuli yordamida ushbu Tizimdan gidrodinamik turg`unlikni tavsiflovchi matematik model – Orr-Zommerfeld tenglamasi uchun xos qiymat muammosi qo‘yilgan. Differensial xos qiymat muammosini yechish uchun o‘ta samarali va yuqori aniqlikka ega bo`lgan spektral-to‘r usuli tadbiq etilgan, muammoni yechish algoritmi ishlab chiqilgan, umumlashgan algebraik xos qiymat muammosi hosil qilingan. Muammoni xarakterlovchi parametrlarning keng ko‘lamli qiymatlarida olingan hisoblash eksperimenti natijalari keltirilgan.
Monografiya amaliy matematika va informatika sohasida tadqiqotlar olib borayotgan katta ilmiy xodim izlanuvchilar, tayanch doktorantlar, magistrantlar, bakalavriat talabalari va faoliyati matematik modellashtirish bilan bog‘liq turli soha mutaxassislariga mo‘ljallangan.

Kitobni yuklab olish (1.81 Mbayt)

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
������� ���������