Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 23:47
RNR asosiy tuzilishi
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-08-30
RNR asosiy tuzilishi
RNR asosiy tuzulishi
Ko‘p hollarda PHP tilini interpretatori ishlayotganligini tekshirib ko‘rish uchun
tuziladigan dastur eng sodda dastur deb ataladi. Hozir biz PHP tilidagi ushbu dasturni
chuqur o‘rganamiz hamda uni boshqa dasturlash tillari Ci, Perl va JavaScript lardan farqli
tomonini tekshiramiz. Ushbu misolni ko‘ramiz:
<html>
<head>
<title> Misol </title>
</head>
<body>
<?php
echo "<p> Salom, bu men – PHP skript! </p>";
?>
</body>
</html>
Bu PHP dasturlash tilining maxsus kodli teglari yordamida tuzilgan sodda html-
fayldir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, PHP dasturlash tili Ci va Perl dasturlash tiliga
o‘xshash. Biroq keltirilgan dastur Ci va Perl dasturlash tilidagi dasturdan ancha katta
farq qiladi. Bu erda HTML sahifaga chiqarish uchun bir qator maxsus buyruqlarni yozish
shart emas. Bevosita PHP-kod asosida qurilgan biror vazifani bajaradigan HTML- skript yoziladi (bizni misolda ekranda chiqarilgan matn). PHP dasturlash tilining Ci
va Perl dasturlash tillaridan kamchiligi shuki, murakkab skriptlarni PHP dasturlash
tili ancha sekin bajaradi.
PHP-skriptlar – bu serverda bajariladigan va qayta ishlanadigan dasturlardir.
Bu skriptlarni JavaScript tipidagi skriptlar bilan taqqoslash mumkin emas, chunki
JavaScript tilidagi skriptlarda yozilgan buyruqlar faqat klient kompyuteridagina
bajariladi. Klient kompьyuterida va server kompyuterida bajariladigan
skriptlarning farqi nimada? Agarda skript serverda qayta ishlansa, mijoz
kompyuteriga faqatgina natija yuboriladi. Masalan, agarda serverda skript
bajarilayotgan bo‘lsa, yuqorida keltirilganga o‘xshab mijoz HTML-sahifa ko‘rinishdagi
natijani oladi:
<html>
<head>
<title> Misol </title>
</head>
<body>
<p> Salom, bu men – PHP skript! </p>
</body>
</html>
Bu holatda mijoz qanday kod bajarilayotganini bilmaydi. O‘z serveringizni HTML-fayllarni PHP protsessori qayta ishlaydigan qilib sozlab olishingiz ham mumkin. Ya’ni klientlar oddiy HTML-faylni qabul qildimi yoki skript natijasini ko‘rdimi buni bila olmaydi. Agarda skript klient kompьyuterida qayta ishlansa (masalan, JavaScript tilidagi dastur), u holda klient skript kodidan iborat HTML- sahifani ko‘radi. Biz yuqorida aytib o‘tgandikki, PHP-skriptlar HTML-kod ichida yoziladi. Qanday qilib degan savol tug‘iladi. Buning bir nechta usullari mavjud. Bulardan biri birinchi misolda keltirilganidek, <?php tegi bilan boshlanib ?> tegi bilan tugagan sintaksis. Bunday ko‘rinishdagi maxsus teglar HTML va PHP rejimidagina ishlatiladi. Bu sintaksis PHP tilini XML hujjatlari bilan birgalikda ishlaydigan dasturlarida juda ma’qul ko‘riladi (masalan, XHTML tilida yozilgan dasturlarda). Biroq bazan quyidagi alternativ variantdan foydalansa ham bo‘ladi(echo "Some text" buyrug‘i «Some text» matnini ekranga chiqaradi.):
<? echo "Bu PHP tilida oddiy qayta ishlashning instruksiyasi"; ?>
<script language="php"> echo "Bir nechta redaktorlar (FrontPage) quyidagicha qabul qilishadi"; </script>
<% echo " ASP texnologiyasidagi tegdan ham foydalansa bo‘ladi"; %>
Bu keltirilgan usullardan birinchisi har doim ham bajarilavermaydi. Undan
foydalanish uchun qisqa teglarni ishlatish kerak, yoki PHP3 uchun short_tags() funksiyani
ishlatish kerak, yoki PHP tilining konfiguratsion fayliga short_open_tag buyruqni
o‘rnatish kerak, yoki PHP dasturlash tilida enable-short-tags parametr bilan kompilyasiya
qilish kerak. Agarda php.ini-dist buyruqqa yuqoridagilar avtomatik qo‘shilgan bo‘lsa, u
holda qisqa teglardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ikkinchi usul xuddi o‘rniga
qo‘yishga o‘xshaydi, masalan, JavaScript kodlari va uning uchun mos html teglar. Shuning
uchun undan har doim foydalanish mumkin, lekin bu noqulayligi uchun kamdan-kamishlatiladi. Uchinchi usuldan faqat ASP texnologiyasidagi teglar asp_tags konfiguratsiyasida ishlatilgandagina foydalaniladi.
PHP dasturlash tili faylni qayta ishlayotganda u oddiy matnni PHP kod
interpretatsiya qilishi kerak bo‘lgan maxsus teglarni uchratmaguncha qaytarib beradi.
Interpretator haqida gapirganda u topilgan barcha kodni yopiladigan teggacha bajaradi,
so‘ng yana oddiy matn qaytariladi. Bu mexanizm PHP-kodni HTML sahifaga aylantiradi,
ya’ni barcha PHP teglardan tashqari barcha matnlarni o‘zgarishsiz saqlaydi va
ichkaridagilarni esa interpretatsiyalaydi. Yana shuni aytish kerakki, php-fayl CGI-
skriptga o‘xshamaydi. php-fayl bajarilishi shart emas, yoki yana qandaydir belgilanadi.
Php-faylni serverda qayta ishlash uchun jo‘natishda server tomonidan brauzer
satrida bu faylni yo‘lini ko‘rsatish shart. PHP skriptlar www orqali kirishga ruxsat
etilgan joyda joylashishi shart. Agarda php-fayl lokal kompьyuterda mavjud bo‘lsa, u holda uni buyruqlar satri interpretatori yordamida qayta ishlash mumkin.
Asosiy sintaksislar
Instruksiyani bir nechta qismga bo‘lib ko‘rib chiqamiz, ya’ni kommentariylar
yaratish, o‘zgaruvchilar, o‘zgarmaslar va ma’lumot tiplari, operatorlarga.
Biz endi PHP dasturlash tilining asosiy sintaksis elementlarini o‘rganishga
o‘tamiz. Misol sifatida elektron maktub tayyorlash masalasini ko‘rib o‘taylik. Uning
ma’nosi quyidagidan iborat.
Faraz qilamizki, sizda qandaydir e’lon va e’lonni jo‘natishingiz kerak bo‘lgan
bir nechta odamlar mavjud bo‘lsin. Buning uchun siz e’lonni ichida o‘zgaradigan (qabul
qiluvchi bilan bog‘liq bo‘lmagan) bir nechta parametrlari mundarijasi bilan
tayyorlaysiz.
Birinchi navbatda PHP dasturlash tili sintaksisiga nisbatan nimalarni bilish
kerak. Bu HTML-kod ichiga o‘rnatilgan va PHP dasturlash tilidagi koddir, uni
interpretator farqlay biladi. Avvalgi bo‘limlarda bular haqida aytib o‘tgandik.
Hammasini qaytarib o‘tmaymiz, faqat biz ko‘p hollarda misollarda <?php ?> variant
o‘rniga qisqartirilgan <? ?> teglardan foydalanishni aytib o‘tamiz.
Instruksiyalarni ajratilishi.
PHP dasturlash tilidagi dastur(ixtiyoriy dasturlash tilidagi) – bu buyruqlar
(instruksiyalar) to‘plamidir. Dasturni qayta ishlash uchun bir buyruqni boshqa
buyruqdan farqini bilish kerak. Buning uchun maxsus simvollar – ajratgichlardan
foydalaniladi. PHP dasturlash tilida instruksiyalarni xuddi Ci yoki Perl dasturlash
tillari kabi ajratiladi, ya’ni har bir ifoda nuqtali vergul (“;”) bilan tugaydi.
«?>» yopiladigan teg ham instruksiyani tugashini anglatadi, shuning uchun undan
oldin nuqtali vergul qo‘yilmaydi. Masalan, quyidagi ikki fragmentlar ekvivalentdir:
<?php
echo "Hello, world!"; // buyruqlar oxirida nuqtali vergul qo‘yish shart
?>
<?php
echo "Hello, world!" ?>
<!-- "?>" borligi uchun nuqtali vergul tashlab ketildi -->
3104 marta o`qildi.