linkedin facebook linkedin facebook nod32

PHP da satr va massivlar tipi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-30

PHP da satr tipi va massivlar tipi

String (satr) tipi
Satr – bu belgilar to‘plamidir. PHP dasturlash tilida belgi bu bir bayt va 256 ta turli belgilar mavjud. PHP dasturlash tili Unicode tipidagi belgilarni qabul qilmaydi. PHP dasturlash tilida amalda satrlarga chegirma mavjud emas, shuning uchun satrlarni ishlatganda uning aniq uzunligi haqida o‘ylash shart emas.
PHP dasturlash tilida satrlar uchta turli xil usullarda aniqlanadi:

1. bittalik qo‘shtirnoqlar yordamida (‘’);
2. qo‘shtirnoqlar yordamida (“”);
3. heredoc-sintaksisi yordamida.

Bittali tirnoqlar
Satrlarning aniqlashning oddiy usuli – u «'» bittali qo‘shtirnoqlar ichida yoziladi. Agarda satr ichida ham bittali tirnoq shlatishga to‘g‘ri kelib qolsa, bittali tirnoqdan oldin «\» belgini qo‘yish, ya’ni uni ekranlash shart. Agarda «\» belgi bittali tirnoqdan oldin yoki satrning oxirida bo‘lsa, u holda belgini ikkilantirish kerak, ya’ni «\\'». Agarda bittali tirnoq ichidagi satr ichida ixtiyoriy belgidan oldin («\» va «'» lardan farqli ravishda) teskari slesh «\» belgisi uchrasa, u holda uni oddiy belgi deb qarab barcha belgilarni o‘z holicha ekranga chiqaradi. SHuning uchun teskari slesh «\» belgisini satr oxirida yopiladigan qo‘shtirnoqdan avval turganini ekranlash shart.
PHP dasturlash tilida teskari slesh «\» belgisi bilan ifodalanadigan bir qator belgilar majmui mavjud. Ularni ketma-ketlikni boshqaruvchilar deb ataladi hamda ular maxsus vazifalarni bajaradi. Ular haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz. O‘zgaruvchilar va ketma-ketlikni boshqaruvchilar bittalik qo‘shtirnoqlar satri ichida uchrashsa, ular o‘rtasidagi farq ketma-ketlikni boshqaruvchilarni qayta ishlanmaydi.
<?php
echo 'Satrlar majmui';
// Ekranga chiqaradi: ' belgini chiqarish uchun undan oldin \ belgi qo‘yiladi.
echo ' Belgini \' chiqarish uchun undan oldin'
' \\ belgini qo‘yish kerak';
// Ekranga chiqaradi: Siz shuni o‘chirmoqchimisiz C:\*.*?
echo ' Siz shuni o‘chirmoqchimisiz C:\\*.*?';
// Ekranga chiqaradi: Buni qo‘ymang: \n
// yangi qatorga
echo ' Buni qo‘ymang: \n yangi qatorga ';
// Ekranga chiqaradi: o‘zgaruvchi $expand ham
// $either qo‘yilmaydi
echo 'o‘zgaruvchi $expand ham $either' .
'qo‘yilmaydi';
?>
Array (massiv) tipi.
PHP dasturlash tilida massiv tipi tartiblangan kartalarga o‘xshaydi va qiymatini kalitga o‘zlashtiradigan tipdir. Bu tip bir necha yo‘nalishlarda optimallashtiriladi, shuning uchun siz uni xususiy massiv, ro‘yxat (vektor), xesh- jadvali (kartani amalga oshirish uchun ishlatiladi), stek, navbat va boshqalar sifatida foydalanishingiz mumkin. Modomiki, PHP dasturlash tilida bir massivni qiymatini boshqasiga o‘zlashtirish uchun daraxtlardan foydalanasiz.
Massivlarni array() konstruksiyasi yordamida aniqlanadi yoki elementlariga qiymat berish bilan aniqlanadi.
array() konstruksiyasi yordamida aniqlash.
array ([key] => value,
[key1] => value1, ... )
PHP dasturlash tilining array() konstruksiyasi vergul bilan ajratilgan juft parametrlar kalit => qiymat bilan ajratilgan. => belgi mos ravishda qiymat va uning kaliti o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kalit butun son bo‘lishi mumkin, uning qiymati esa PHP dasturlash tilidagi ixtiyoriy tipni qabul qilishi mumkin. Kalit raqamini biz ko‘pincha indeks deb ataymiz. PHP dasturlash tilida indekslash noldan boshlanadi.
Massiv elementining qiymatini olish uchun massiv nomi va kvadrat qavs ichida uning kaliti ko‘rsatilishi kerak. Agar massiv kaliti standart butun son bo‘lsa, u holda uning qiymatini butun son deb qarasa bo‘ladi, aks holda u satr deb qaraladi. SHuning uchun $a["1"] yozuv $a[1] yozuvga teng kuchli, $a["-1"] yozuv esa $a[-1] yozuvga teng kuchli.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
<?php
$books = array ("php" =>
"PHP users guide",
12 => true);
echo $books["php"];
//ekranga chiqaradi: "PHP users guide"
echo $books[12]; //ekranga chiqaradi: 1
?>
Agarda element uchun kalit berilmagan bo‘lsa, u holda kalit sifatida kalitning maksimal qiymatiga bir qo‘shib hisoblanadi. Agarda qiymati mavjud kalit ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda shu kalit qiymatini ekranga chiqaradi. PHP 4.3.0 dasturlash tili
versiyasidan boshlab kalitning maksimal qiymati manfiy son deb qaralsa, u holda massivning keyingi kaliti nol (0) bo‘ladi.
Misol. PHP dasturlash tilida massivlar.
<?php
// $arr hamda $arr1 massivlar ekvivalentdir.
$arr = array(5 => 43, 32, 56, "b" => 12);
$arr1 = array(5 => 43, 6 => 32,
7 => 56, "b" => 12);
?>
Agarda TRUE yoki FALSE kalit sifatida qo‘llanilsa, u holda uning qiymati mos ravishda integer tipining bir va noliga i‘zlashtiriladi. Agar NULL dan foydalanilsa, u holda kalit o‘rniga bo‘sh satr hosil bo‘ladi. Bu bo‘sh satrni kalit sifatida foydalansa bo‘ladi, ammo uni qo‘shtirnoqqa olish kerak bo‘ladi. Bu usul bo‘sh kvadrat qavsni ishlatish kabi emas. Massivlar yoki ob’ektlar kaliti sifatida foydalanish mumkin ham emas.
Kvadrat qavs sintaksisi yordamida aniqlash.
Massivga qiymat berish orqali massiv yaratish mumkin. Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, massiv elementi qiymatiga ega bo‘lish uchun kvadrat qavs ichiga uning kaliti ko‘rsatilishi kerak, masalan, $book["php"]. Agarda yangi kalit va yangi qiymat
ko‘rsatsangiz quyidagicha bo‘ladi: $book["new_key"]="new_value" hamda massivga yangi element qo‘shiladi. Agarda kalitni ko‘rsatmay faqat qiymatni o‘zlashtirsak, ya’ni $book[]="new_value", u holda massivga yangi element qo‘shiladi va uni kaliti mavjud maksimal qiymatga bir qo‘shiladi. Agarda biz qiymat bergan massiv yaratilmagan bo‘lsa, u holda biz qiymat bergandan keyin u yaratiladi.
<?

$books["key"]= value; // key kaliti bilan value qiymat $books massiviga qo‘shiladi
$books[] = value1; /* 13-kalit bilan value1 qiymati massivga qo‘shiladi, chunki
bizda kalitning maksimal qiymati 12 edi. */
?>
Massivning aniq bir elementini o‘zgartirish uchun uning shu kaliti bilan yangi qiymatga o‘zlashtirish kerak. Massiv elementi kalitini o‘zgartirish mumkin emas, faqat o‘chirish (kalit va elementi juftligini) va yangi qo‘shish mumkin xolos. Massiv
elementini o‘chirish uchun unset() funksiyasidan foydalanish kerak.
<?php
$books = array ("php" =>"PHP users guide",12 => true);
$books[] = "Book about Perl"; /* 13-kalit(indeks) bilan yangi element qo‘shildi,
bu quyidagiga ekvivalent $books[13] = "Book about Perl";
$books["lisp"] = 123456; /* Bu massivga yangi "lisp" kalitli 123456 qiymali yangi
element qo‘shish*/
unset($books[12]); // Bu 12-kalitli elementni massivdan o‘chirish
unset ($books); // massivni butunlay o‘chirish
?>
Bo‘sh kvadrat qavsdan foydalanganda kalitning maksimal qiymati massivda
mavjud oxirgi qayta indekslangan kalitlar orasidan qidiriladi. Massivni
array_values() funksiyasi yordamida qayta indekslash mumkin.
Misol. Massivni qayta indekslaymiz.
<?php
$arr =
array ("a","b","c");
/* "a", "b" va "c" qiymatli massivni yaratamiz. Bu erda kalit ko‘rsatilmagan biroq mos
ravishda ular 0,1,2 bo‘ladi. */
print_r($arr); // massivni ekranga chiqaramiz (kaliti va qiymatini)
unset($arr[0]);
unset($arr[1]);
unset($arr[2]);
// massivdan hamma elementini o‘chiramiz
print_r($arr); // massivni ekranga chiqaramiz (kaliti va qiymatini)
$arr[] = "aa"; // massivga yangi element qo‘shamiz. Uni indeksi(kaliti) 3 bo‘ladi, 0 emas.
print_r($arr);
$arr =
array_values($arr); // massivni qayta indekslaymiz.
$arr[] = "bb"; // bu elementni kaliti 1 bo‘ladi.
print_r($arr);
?>
Bu skriptning natijasi quyidagicha bo‘ladi:
Array ( [0] => a [1] => b [2] => c )
Array ( )
Array ( [3] => aa )

Array ( [0] => aa [1] => bb )

7866 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений