linkedin facebook linkedin facebook nod32

Php da funksiyalar ichida o‘zgaruvchilardan foydalanish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-28

Php da funksiyalar ichida o‘zgaruvchilardan foydalanish

Global o‘zgaruvchilar
Funksiyalar ichida undan tashqarida berilgan o‘zgaruvchilardan foydalanish uchun, bu o‘zgaruvchilarni global deb e’lon qilish kerak. Buning uchun funksiya tanasida uning nomlarini global kalit so‘zidan keyin keltirish lozim bo‘ladi:

global $var1, $var2;
<?
$a=1;
function Test_g()

{
global $a;
$a = $a*2;
echo ' $a=',$a funksiya ishida natija;
}
echo 'funksiyadan tashqarida $a=',$a,', ';
Test_g();
echo "<br>";
echo funksiyadan tashqarida $a=',$a,', ';
Test_g();
?>
misol. Global o‘zgaruvchilar
Bu skript ishidan quyidagi natijalarni olamiz:
$a=2 funksiyadan tashqarida, $=2 funksiya ishida natija
$a=2 funksiyadan tashqarida, $=4 funksiya ishida natija
O‘zgaruvchi global deb e’lon qilinganda, aniq global o‘zgaruvchi uchun havola
tuziladi. Buning uchun bunday yozuv quyidagiga ekvivalent (GLOBALS massivi mavjud
ko‘rinish sohalariga muvofiq barcha global o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi):
$var1 = & $GLOBALS["var1"];
$var2 = & $GLOBALS["var2"];

Statistik o‘zgaruvchilar
O‘zgaruvchilardan faqat funksiya ichida foydalanish uchun bunda uning ma’nosini saqlagan holda va funksiyadan chiqqandan so‘ng, bu o‘zgaruvchilarni statistik deb e’lon qilish kerak. Statistik o‘zgaruvchilar faqat funksiyalar ichida ko‘rinadi va dasturni yuklash funksiya doirasidan tashqariga chiqsa o‘ z ma’nosini yo‘qotmaydi.Bu o‘zgaruvchilarni e’lon qilish static kalit so‘zi yordamida amalga oshiriladi:

static $var1, $var2;

Har qanday ma’no statistik o‘zgaruvchi sifatida talqin qilinishi mumkin, faqat havola emas.
Misol. Statistik o‘zgaruvchilardan foydalanish
<?
function Test_s(){
static $a = 1;
// ifoda yoki havolani o‘zlashtirib bo‘lmaydi
$a = $a*2;
echo $a;
}
Test_s(); // 2 chiqadi
echo $a; // hech narsa chiqmaydi, zero $a faqat funksiya ichida kirish yo‘lagi bor
Test_s(); // $a=2 funksiya ichida, shuning uchun funksiya ishi natijasi 4 soni bo‘ladi
?>

Qaytariluvchan ma’nolar

Yuqorida misol qilib keltirilgan barcha funksiyalar biror-bir amal bajarishgan. Bunday hollardan tashqari, har qanday funksiya o‘z ishi natijasi sifatida qandaydir qiymat qaytaradi. Bu return tasdig‘i yordamida qilinadi. Qaytariluvchan qiymat har qanday turda, shu jumladan, ro‘yxat va ob’ektlar bo‘lishi mumkin. Interpretator funksiya tanasida return komandasiga uchraganda, u darhol uni bajarishni to‘xtatadi va funksiya chaqirilgan qatorga o‘tib ketadi.
Masalan, inson yoshini qaytaruvchi funksiya tuzamiz. Agar inson vafot etmagan bo‘lsa, yosh joriy yilga muvofiq hisoblanadi.
<?php
/* agar ikkinchi parametr true kabi hisoblab chiqilsa, u vafot etgan sanaday ko‘rib chiqiladi, */
function Age($birth, $is_dead){
if ($is_dead) return $is_dead-$birth;
else return date("Y")-$birth;
}
echo Age(1971, false); // 33
echo Age(1971, 2001); // 30
?>
Bu misolda return funksiyasidan foydalanmasa ham bo‘ladi, shunchaki uni chiqarish funksiyasini echo ga almashtiriladi. Aksincha, agar biz funksiya biror-bir qiymat qaytaradigan qilsak (bu misolda inson yoshi), biz dasturda o‘zgaruvchini bu
funksiya qiymatini istalgan o‘zgaruvchiga o‘zlashtirishimiz mumkin.
$my_age = Age(1981, 2004); Funksiya ishi natijasida faqat bitta qiymat qaytarilishi mumkin. Bir necha qiymatni qiymatlar ro‘yxati qaytarilgan taqdirda olish mumkin (bir o‘lchamli massiv).
Biz inson yoshini kunigacha aniqlikda olmoqchimiz, deb hisoblaylik.
<?php
function Full_age($b_day, $b_month, $b_year)
{
$y = date("Y");
$m = intval(date("m"));
$d = intval(date("d"));
$b_month = intval($b_month);
$b_day = intval($b_day);
$b_year = intval($b_year);
$day = ($b_day > $d ? 30 - $b_day + $d : $d - $b_day);
$tmpMonth = ($b_day > $d ? -1 : 0);
$month = ($b_month > $m + $tmpMonth
? $b_month + $tmpMonth - $m : $m+$tmpMonth - $b_month);
$tmpYear = ($b_month > $m + $tmpMonth ? -1 : 0);
if ($b_year > $y + $tmpYear)
{
$year = 0; $month = 0; $day = 0;
}
else
{
$year = $y + $tmpYear - $b_year;
}
return array ($day,$month,$year);
}
$age = Full_age("31","08","1981");
echo "Siz $age[2] yosh, $age[1] oylar va $age[0] kunlar";
?>
Funksiya bir necha qiymatlarni ularni dasturda qayta ishlash uchun qaytarganda, bir amal bilan ma’noni birdaniga bir necha o‘zgaruvchilarni o‘zlashtirishga imkon beruvchi list() til konstruksiyasidan foydalanish qulay bo‘ladi. Masalan, yuqoridagi
misolda funksiyani, uning qiymatiga o‘zgartirish kiritmay qayta ishlash quyidagicha bo‘lishi mumkin:
<?
// Full_age() funksiya kiritish
list($day,$month,$year) = Full_age("01", "08","1974");
echo "Sizning yoshingiz $year, $month oy va $day kun";
?>

list() konstruksiyasini umuman o‘zgaruvchini o‘zlashtirish uchun istalgan massiv elementi qiymatidan foydalanish mumkin.
Misol. list() dan foydalanish
<?
$arr = array("first","second");
list($a,$b) = $arr;
// o‘zgaruvchi $a o‘zlashtiriladi, birinchi massiv qiymati, $b – ikkinchi
echo $a," ",$b;// «first second» qatori keltiriladi
?>

Bundan kelib chiqadiki, $var1 o‘zgaruvchini o‘chirish $_GLOBALS["var1"] global o‘zgaruvchiini o‘chirib tashlamaydi.

Havolani qaytarish
Funksiya o‘z ishi natijasida shuningdek havolani biror-bir o‘zgaruvchiga qaytarishi mumkin. Bu funksiyani qanday o‘zgaruvchi havolaga o‘zlashtirish kerakligini aniqlash uchun foydalaniladi. Funksiyadan havola olish uchun, e’lon oldidan ampersand (&)
belgisini yozish kerak bo‘ladi va har safar funksiya chaqiruvi paytida uning nomi oldidan ham ampersand (&) yozish kerak bo‘ladi. Ko‘pincha funksiya havolani biror-bir global o‘zgaruvchiga (yoki uning qismini – havolani global massiv elementiga), havolani statistik o‘zgaruvchiga (yoki uning qismini) yoki havolani argumentlardan biriga qaytaradi, agar u havola bo‘yicha berilgan bo‘lsa.
Misol. Havolani qaytarish
<?
$a = 3; $b = 2;
function & ref($par){
global $a, $b;
if ($par % 2 == 0) return $b;
else return $a;
}
$var =& ref(4);
echo $var, " i ", $b, "<br>"; // 2 va 2 keltiriladi
$b = 10;
echo $var, " i ", $b, "<br>"; // 10 va10 keltiriladi
?>

Havola sintaksisidan foydalanishda bizning misoldagi $var o‘zgaruvchi o‘zgaruvchining $b qiymati $ref qaytarilgan funksiyasiga ko‘chirilmaydi, bu o‘zgaruvchiga havola tuziladi. Demak, endi $var va $b teng kuchli o‘zgaruvchilar va ular bir paytda o‘zgartiriladi.

Funksiyaning o‘zgaruvchilari

PHP funksiyalar o‘zgaruvchilariga ko‘maklashadi. Bu degani, agar o‘zgaruvchi nomi oddiy qavslar bilan tugasa, PHP shu kabi nomli funksiyani qidiradi va uni bajarishga harakat qiladi.
Misol. Funksiyalar o‘zgaruvchilaridan foydalanish
<?
/* Ikkita oddiy funksiya tuzamiz: Add_sign – qatorga imzo qo‘shadi va Show_text –matn
qatorini chiqarib beradi*/
function Add_sign($string,
$sign="Hurmat bilan, Sardor "){
echo $string ." ".$sign;
}
function Show_text(){
echo "Xabarni pochtadan jo‘natish<br>";
}
$func = "Show_text"; // ma’noga ega o‘zgaruvchi tuzamiz, u funksiya nomiga teng Show_text
$func(); // u Show_text funksiyani chaqiradi
$func = "Add_sign"; // ma’noga ega o‘zgaruvchi tuzamiz, u funksiya nomiga teng Add_sign
$func("Hammaga salom <br>");
// bu funksiyani chaqiradi Add_sign "Hammaga salom" parametrli
?>

Bu misolda Show text funksiya shunchaki matn qatorini chiqaradi. Agar echo maxsus funksiyasi mavjud bo‘lsa, nega buning uchun alohida funksiya tuzish kerak, deyish mumkin. Gap shundaki, echo(), print(), unset(), include() kabi funksiyalardan funksiyalar o‘zgaruvchilari sifatida foydalanib bo‘lmaydi. Ya’ni biz yozsak:
<?
$func = "echo ";
$func("TEXT");
?>
Interpretator xatoni ko‘rsatadi:

Fatal error: Call to undefined function: echo() in c:\users\nina\tasks\func\var_f.php on line 2 SHuning uchun yuqorida keltirib o‘tilgan istalgan funksiyalardan o‘zgaruvchilar funksiyasi sifatida foydalanish uchun yuqoridagi misoldagi yo‘lni tutdik.

Ichki joylashgan (ichma-ich) funksiyalar
Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan funksiyalar haqida gapirganda ichki joylashgan funksiyalar haqida gap ketmasligi mumkin emas. YUqorida biz echo(), print(), date(), include() kabi ichki joylashgan funksiyalar bilan tanishdik. Bundan tashqari date() funksiyadan boshqa barcha funksiyalar PHP dasturlash tili konstruksiyasiga ega. Ular PHP dasturlash tili yadrosiga joylashgan bo‘lib, hech qanday modullar va qo‘shimcha o‘zgartirishlar talab etmaydi. Ammo shunday funksiyalar mavjudki, ularga turli fayl bibliotekalari va mos ravishda modullarni yuklamasdan iloji yo‘q. Masalan, MySql ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan funksiyalardan foydalanish uchun shunday kengaytmali fayllarni qo‘llab quvvatlaydigan komponentalari kerak. Oxirgi vaqtlarda bu funksiyalardan foydalanish uchun qo‘shimcha komponentalar kerak emas, chunki ularning barchasi hozirda PHP dasturlash tili yadrosiga kiritilgan.

Sinflar va ob’ektlar
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalari – sinflar hamada ob’ektlardir. Bu tushunchalarni quyidagicha tushunish mumkin: ob’ekt – bu dasturda qo‘llaniladigan tushuncha yoki biror fizik predmet haqida ma’lumot beradigan
strukturalangan o‘zgaruvchidir, sinflar esa bu ob’ektlarning tavsifi va ular ustida bajariladigan harakatlardir.

PHP dasturlash tilida sinflar quyidagi sintaksis yordamida aniqlanadi:
class Sinf_nomi{
var $xususiyat_nomi;
/* xususiyatlar ro‘yxati */
function metod_nomi( ){
/* usullarning tanasi */
}
/*usullar ro‘yxati*/
}
Sinf ob’ektlari xususiyatlari nomi var kalit so‘zi yordamida e’lon qilinadi, berilgan sinf ob’ektlariga qo‘llanilgan usullar funksiya sifatida ishlatiladi. Sinf tanasi ichida this kalit so‘zi yordamida taqdim qilinayotgan joriy sinfga murojaatni amalga oshirish mumkin. Masalan, biz maqola kategoriyasini tasvirlovchi sinf tuzishimiz kerak. Har bir maqolaning nomi, muallifi va qisqa mazmuni kabi xususiyatlari bor. Biz maqola bilan qanday amal bajarmoqchimiz? Biz sanab o‘tilgan xususiyatlarga ma’no berishimiz, maqolani brauzerda ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. SHunda bu sinfning ifodalanishi quyidagicha holatda bo‘ladi:
<?
class Articles { // Maqola sinfini tuzamiz
var $title;
var $author;
var $description;
// maqola atributi ma’nosini o‘zlashtiruvchi usul
function make_article($t, $a, $d){
$this->title = $t;
$this->author = $a;
$this->description = $d;
}
//sinf nusxasini ifodalash uchun usul
function show_article(){
$art = $this->title . "<br>" .
$this->description .
"<br>Muallif: " . $this->author;
echo $art;
} } ?>
Shunday qilib “maqola” turidagi fizik ob’ektlarni tasvirlash uchun biz uch o‘zgartuvchidan tashkil topgan, maqola xarakteristikasini o‘zida jamlagan Articles nomli sinf va muayyan maqola tuzish va uni tasvirlash uchun ikkita funksiya tuzdik.
Ma’lumki, PHP bilan ishlash davriy holatda HTML rejimida yuklanishi mumkin. Bu holda dastur bir necha kodning bo‘laklari (bloklar)dan tashkil topadi. Sinfni ifodalash php-kodning har xil bloklari bo‘yicha va qolaversa har xil fayllar bo‘yicha tarqatilmasligi kerak. YA’ni quyidagicha yozsak:
<?php
class Articles { // Sinfni tasvirlashning boshi
var $title;
?>
<?php // sinfni tasvirlashning davomi
function show_article(){ // usulning tarkibi
}
} // sinfni tasvirlashning yakuni
?>
bunda dastur tartibli ishlaydi.
Sinf nomi masalasida ayrim narsalarni e’tiborda tutish kerak. Sinfning nomi PHP tilidagi ob’ektlar nomlanishi qoidalariga javob berishi lozim, lekin bir qator nomlar borki, texnik mutaxassislar tomonidan o‘z maqsadi uchun zaxira qilinadi. Birinchi navbatda bu nomlar “_” quyi chiziqdan boshlanuvchilardir. Sinflar va funksiyalar tuzish uchun bu kabi nomlarni ishlatmaslik kerak. Bundan tashqari stdClass nomi zaxira qilingan, zero u PHP surilgichi ichida ishlatiladi.

O‘zgaruvchilarni initsiallashtirish
Ba’zan ayrim sinf atributlariga ma’noni sinf ishtirokchisini tuzish bilanoq o‘zlashtirish kerak bo‘ladi. Biz maqola sinfini tuzganimizda, sinf atributlari (xususiyatlari) ma’nolarini o‘zlashtirish uchun maxsus funksiya make_article() dan
foydalandik. Umuman olganda, biz to‘g‘ri yo‘l tutmadik, chunki “velosiped ixtirosi” bilan shug‘ullandik. Sinf atributlarining boshlang‘ich ma’nolarini berish uchun maxsus ikkita standart usul mavjud. PHP4da ma’noni var operatori yoki konstruktor funksiyasi yordamida initsiallashtirish mumkin. var yordamida faqat konstant ma’nolarni initsiallashtirish mumkin. Konstant bo‘lmagan ma’nolarni berish uchun ob’ekt sinfdan ajrab chiqqanda o‘z-o‘zidan ishga tushuvchi konstruktor funsiyasidan foydalaniladi. Konstruktor-funksiya u ifodalangan butun sinfga mos keluvchi nomga ega bo‘lishi kerak.
Misol. “maqola” deb nomlangan ob’ektni tuzishda uning xususiyatlarini quyidagicha belgilash mumkin: mualliflar – “Mengliyev” satriga teng, nomlanish va qisqa mazmun - $_POST global massivi elementlariga mos, maqola nashri – mazkur sanada.
<?
class Articles { // maqola sinfini tuzish
var $title;
var $author = "Mengliyev";
var $description;

var $published;

// sinf atributi ma’nosini o‘zlashtiruvchi usul

function Articles(){
$this->title = $_POST["title"];
$this->description = $_POST["description"];
$this ->published = date("Y-m-d");
} } ?>
PHP3 va PHP4 da konstruktorlar har xil ishlashini hisobga olish kerak. Funksiya PHP3 da, agar u sinfniki kabi nomga ega bo‘lsa, konsrtuktorga aylanadi, PHP4 da esa – agar u ifodalangan sinfniki kabi nomga ega bo‘lsa shunday bo‘ladi. Bir sinf
boshqasini kengaytirganda va xususiyatlarning va baza sinflar usullarining ergashishida usullar orasidagi farq ko‘rinib turibdi. Lekin biz bu haqda biroz keyinroq gapiramiz. PHP5da sinf konstruktori _construct deb nomlanadi. Bundan tashqari, PHPda destruktorlar – ob’ektni yo‘q qilishda o‘z-o‘zidan ishga tushuvchi funksiyalar paydo bo‘ldi. PHP5 da funksiya-destruktor destruct deb nomlanishi kerak bo‘ladi.

Ob’ektlar

Object (ob’ektlar) tipi
Ob’ektlar – ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashdan kirib kelgan ma’lumot tipidir. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyiliga ko‘ra, sinf – aniq xossalarga ega va ular bilan ishlaydigan metodli ob’ektlar to‘plami. Ob’ekt esa mos ravishda sinf nusxasidir. Masalan, dasturchilar – bu dasturni tuzuvchi, kompyuter adabiyotlarini o‘rganadigan odamlar sinfi va bundan tashqari hamma odamlar qatori ism va familiyasi mavjud. Endi agarda biror aniq dasturchi – Mengliyev Shoydulloni olsak, u holda uni shu xossaga ega bo‘lgan dasturchi sinfini ob’ekti sifatida qarash mumkin va u ham dastur tuzadi, hamda ismi mavjud va boshqalar.
PHP dasturlash tilida ob’ekt metodiga murojaat -> amalidan foydalaniladi.
Ob’ektni initsializatsiya qilishda ob’ektni o‘zgaruvchan nusxasini yaratadigan new ifodasidan foydalaniladi.

<?php // odam sinfini yaratamiz

.class Person{ // PHP dasturlash tilini o‘rganadigan odam metodi

function know_php() {
echo "Endi men PHP dasturlash tilini bilaman!";
}
}
$bob = new Person; // odam sinfini ob’ektini yaratamiz.
$bob -> know_php(); // uni PHP tiliga o‘rgatamiz.
?>

Sinf – bu ob’ekt tipidagi ma’lumotlarning bir turidagi ifodalanishidir. Sinflar real o‘zgaruvchilar uchun shablon vazifasini o‘taydi. Kerakli tipdagi o‘zgartuvchi new operatori yordamida sinfdan tuziladi. Ob’ektni tuzib, biz barcha usullarni qo‘llashimiz va barcha sinf ifodasida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlarni olishimiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun quyidagicha sintaksisdan foydalaniladi: $ob’ekt_nomi->xususiyat yoki _nomi$ob’ekt_nomi->usulning_nomlanishi(argumentlar ro‘yxati). Xususiyatlar yoki usular nomlari oldidan $ belgisi qo‘yilmaydi.
Misol: Ob’ekt usullari va xususiyatlariga erkin kirish (dostup)
<?php

$art = new Articles;
echo ($art ->title);// ob’ekt tuzamiz $art
// ob’ekga nomlanish beramiz $art

$another_art = new Articles; // ob’ekt tuzamiz $another_art

$another_art->show_article(); // ob’ektning brauzerdagi ifodasi uchun usulni chaqiramiz
?>
Sinfning har bir ob’ekti aynan bir xil xususiyatlar va usullarga ega bo‘ladi. Demak, $art ob’ektda va $another_art ob’ektda title, description, author xususiyatlari va Articles(), show_article() usullari mavjud. Lekin bular ikki xil ob’ektlar. Ob’ektni
fayllar sistemasidagi direktoriya deb hisoblaymiz, uning xarakteristikasi esa – bu direktoriyadagi fayllar singari bo‘lsin. Aniqki, har bir direktoriyada bir xil fayllar yotishi mumkin, lekin shunday bo‘lsa-da, ular har xil direktoriyalarda saqlanayotgani uchun
har xil hisoblanishi mumkin. Xuddi shuningdek, xususiyatlar va usullar ham, agar ular turli ob’ektlarga qo‘llaniladigan bo‘lsa, har xil hisoblanadi. Yuqori bosqichdagi direktoriyadan kerakli faylni olish uchun bu faylga yo‘lni batafsil yozib chiqamiz.
Sinflar bilan ishlash mobaynida biz chaqirishni istagan funksiyaning nomini to‘liq yozishimiz kerak bo‘ladi. PHP dagi yuqori bosqich direktoriyalariga global o‘zgaruvchilarning bo‘sh o‘rni bo‘ladi, yo‘l esa -> taqsimlovchisi yordamida ko‘rsatiladi. SHu
tarzda $art->title va $another_art->title nomlari ikki xil turli o‘zgaruvchilarni anglatadi. PHP da o‘zgaruvchi nom oldidan faqat bitta dollar belgisiga ega bo‘ladi, shuning uchun $art->$title ko‘rinishida yozish mumkin emas. Bu konstruksiya $art  ob’ektining title xususiyatiga murojaat sifatida ko‘rib chiqilmaydi, $title o‘zgartuvchi ko‘rinishida berilgan nomli xususiyat sifatida ko‘riladi (masalan, $art->"").

Misol: Xususiyatlar ma’nosini o‘rnatish
<?php
$art->title = " Internet ga kirish"; // ob’ekt xususiyati ma’nosini shunday o‘rnatish mumkin
$art->$title = "Internet ga kirish"; // ob’ekt xususiyati ma’nosini bunday o‘rnatib bo‘lmaydi
$property = "title";
$art->$property = "Internet ga kirish"; // ob’ekt xususiyati ma’nosini shunday o‘rnatish mumkin
?>
Sinfni tuzib, bu sinfning ob’ekti qanday nomga ega bo‘lishini bila olmaymiz, qolaversa ob’ektlar juda ko‘p bo‘lishi va ularning barchasi har xil nomga ega bo‘lishi mumkin. Sinfni yuzaga chiqarish ichida ob’ektga qanday munosabatda bo‘lishni bilmaymiz.
Sinf yuzaga chiqishi ichida funksiyalar va o‘zgaruvchilarga erkin kirish uchun, $thid o‘rindosh o‘zgaruvchisidan foydalanish kerak. Masalan, $this->title shunday sinf ob’ektining title ini qaytaradi. Ba’zan bu o‘zgaruvchini “mening xususiy mulkim”
(xususiyatga munosabat tariqasida) deb o‘qishni taklif qilinadi.

8550 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений