Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 17.11.2026
Soat: 0:17
Sitsilancha himoya Karpov va Meking Gastings 1971/72
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-07-26
Sitsilancha himoya Karpov va Meking Gastings 1971/72
1. e2 – e4 c7 – c5
2. Kg1 – f3 d7 – d6
3. d2---d4 c5 : d4
4. Kf3 : d4 Kg8 – f6
5. Kb1 – c3 a7 – a6
6. Cf1 – e2 . . .
Men bu tizimni ko’p qo’llayman va uni tuzukkina bilaman. Oqlar 6. Cg5 bilan bog’liq puxta o’rganib chiqilgan majburiy yurishlardan qochmoqda.
6. . . . e7 – e5
6. . .e6 sheveningencha variantga olib boradi.
7. Kd4 – b3 Cc8 – e6
8. f2 – f4 Fd8 – c7
9. a2 – a4 . . .
Oqlar planidagi zarur zveno. Ular faqat 9. … b5 ga qarshilik qilmay, balki a4 – a5 vositasi bilan qoralarning farzini flangidagi piyodalarini surdirmaslikka intilmoqda.
Bu yerda bunga odatda 9. … Ce7 yoki 9. … Kbd7 o’ynashardi. Lekin E. Makingga nimadir yoqmadi, u uzoq o’ylab, yangi, biroq sirayam eng kuchli bo’lmagan yurishni tanladi.
9. . . . Kb8 – c6?!

SHubhaga arzugulik yurish. 10. a5 ga qarshilik qilish qoralarga qimmatga tushmoqda: endi ularga failni almashtirishga , shu bilsn birga raqibga oq xonalarda xukumronlik qilish imkoniyatini berishga to’g’ri keladi.
10. f4 – f5 Ce6 : b3
11. c2 : b3 Fc7 – b6
Agar oqlar kichik rokirovka qilib filini c4 ga qo’ya olsa, ulkan ustunlikka ega bo’ladi. Meking bu planning amalga oshishiga xalaqit berishiga intiladi.
12. Cc1 – g5 Cf8 – e7
13. Cg5 : f6 Ce7 : f6
14. Kc3 – d5 Fb6 – a5 +
15. Fd1 – d2 Fa5 : d2 +
16. Kpe1 : d2 Cf6 – g5 +
17. Kpd2 – d3 0 – 0
18. h2 – h4 Cg5 – d8
Fil h16 ba'zi sharoitda xavfli xolatda qolishi mumkin edi.(g2-g4dan so’ng).
19. La1-c1 . . .
Otni d5 dan "badarg’a" qilish xozircha mumkin emas chunki 19. . .Ke7 ga 20. K:e7+C:e7 21. Lc7 bo’ladi. Bordi-yu, 19. . .Kd4 bo’lsa, 20. b4.
19. . . . a6-a5
20. Kpd3-d2 La8-b8
21. g2-g4 . . .
Oqaliqning plani shoh flangida piyodalar bilan hujum boshlash ekani ravshan. Ce2-c4 dan keyin bunday hujum juda xavfli tus oladi. Buni tushunar ekan, Meking durangni turli xildagi fillar qoluvchi endishpilda qidirmoqda.
21. . . . Kc6-b4
22. Ce2-c4 Kb4:d5
23. Cc4:d5 . . .
Pozitsiya barqarorlashdi. Oqlar raqibi butunlay qarshio’yinga ega bo`lmagan holda katta ustunlikka ega. Meking shoh flangidagi piyodalarning yo’lini to’sishga ulguraman deb o’ylab, o’zining navbatdagi yurishiga katta ishonch bog’lagan edi.

23. . . . g7-g5
24. f5:g6 h7:g6
25. Kpd2-d3 Kpg8-g7
26. h4-h5 Cd8-b6
26. . .Cg5 27. Lc7 ham yaxshi emas.
27. Lh1-h3 . . .
g6 dagi almashuvdan so’ng <<h>> liniyasini egallash uchun.
27. . . . Cb6-c5
28. Lc1-f1 f7-f6
Majburlikdan. 29. h6+xavfi tug’ilgan edi.
29. h5:g6 Kpg7:g6
30. Lf1-h1 Lb8-e8
31. Lh3-h7 Kpg6-g5
Meking seytnotga bo’lib, Lh1-h5 dan keyingi mot xavfidan cho’chidi.
32. Kpd3-e2 Kpg5-f4
Shu yerda miyamga <<o’ldiradigan>> fikr kelib qolib,
33. Lh1-h3 . . .
o’ynadim.
Raqib xavfni sezmay shunday javob qildi:
33. . . . Cc5-d4
Lekin yaxshiroq himoya usuli- 33. . .Kp:g4 34. L-h1 L-g8 35. C:g8 L:g8 bo’lganda ham oqlar osongina yutardi—36.Lf1.

34. Lh7-g7.
Meking vaqtini o’tkazib yubordi. Vaholanki, majburiy mot tufayli taslim bo’lsa, ham bo’lardi.
1961 marta o`qildi.