Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 17.11.2026
Soat: 0:16
StarBoard interaktiv doskada saqlash va chop etish
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-05-12
StarBoard interaktiv doskada saqlash va chop etish
SAQLASH
Dasturdan chiqish vaqtida ma’lumotlarni saqlash
Dasturdan chiqish saqlangan izohlar va ochiq hujjatlar Soxranennыe Dannыe bo‘limida saqlanadi.
Kiritilgan ma’lumotlarni saqlash uchun:
Uskunalar panelidan [StarBoard] ni tanlab [Выход] bosiladi.
[Подтвердить сохранение] oynasi chiqadi. Fayl va muallif nomini kiritib [Сохранить] tugmasi bosiladi.
Ekranga kiritilgan izohlar avtomatik ravishda saqlanadi.
Kiritilgan izohlarni yuklash uchun:
Ekranda kiritilgan izohlar ko‘rsatiladi.
Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Сохранить] > [Фото Экрана] tugmasi bosiladi.
Tahrirlash vaqtida ma’lumotlarni saqlash:
Birinchi usul:
Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Документ] > [Сохранить] tugmasi bosiladi.
Ikkinchi usul:
Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Вид] > [Список страниц] tugmasi bosiladi.
[Сохранить] ni tanlab menyu saqlash parametri ko‘rsatiladi.
Tahrirlangan ma’lumotlarni fayl sifatida saqlash:
Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Вид] > [Список страниц] tugmasi bosiladi.
[Сохранить] ni tanlab [Экспорт в файлl] tanlanadi. Ma’lumotlarni html, pdf yoki yar fayllar ko‘rinishida saqlash mumkin.
Oldin saqlangan yar-fayllarni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi.
Sahifani grafik tasvir ko‘rinishida saqlash uchun [Экспорт страницы в граф. файл] tanlanadi.
Ma’lumotlarni rasm ko‘rinishida saqlash
Saqlanishi ko‘zda tutilgan ob’ekt tanlanadi.
Меню danЗарегистрировать как картинку orqali amalga oshiriladi.
Rasmlarni ko‘rish uchun Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Инструменты] -> [Картинки] tugmasi bosiladi. Saqlangan rasm [StarBoard] papkasida saqlanadi.
Ma’lumotlarni shablon ko‘rinishida saqlash Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Вид] -> [[Список страниц] tanlanadi. Saqlanadigan sahifa tanlanadi va
tugmasi bosiladi.
SHablonni ko‘rish uchun Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Документ]>[Шаблон...] tugmasi bosiladi. Saqlangan rasm [StarBoard] papkasida saqlanadi.
CHOP ETISH
Fayllarni sahifalar bo‘yicha, bo‘limlar bo‘yicha yoki to‘liq chop etish mumkin.
Faylni chop etish uchun: Uskunalar panelidagi [StarBoard] tanlanadi va [Режим] > [Печать] > [Печать] tugmasi bosiladi. Bu holatda chop etish muloqoti namoyon bo‘ladi.
Faylni to‘liq chop etish uchun [Печать]>[Печатать все] tugmasi bosiladi.
Faylning bir bo‘limini chop etish uchun shu bo‘lim tanlanadi [Печать]>Печатать раздел] tanlanadi.
Faylning ma’lum sahifasini chop etish uchun sahifa tanlanadi va [Печать]> [Печатать страницу] tanlanadi.
2211 marta o`qildi.