Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 17.11.2026
Soat: 0:5
JavaScriptda Window (oyna) ob'ekti
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-03-27
JavaScriptda Window (oyna) ob’ekti
Window ob’ektlar sinfi – bu JavaScriptdagi ob’ektlar ierarhiyasidagi eng yuqori sinf. Unga Window ob’ekti va Frame ob’ekti kiradi. Window ob’ekti brauzer-dastur oynasi bilan, Frame ob’ekti esa HTML-sahifa muallifi tomonidan FRAMESET va FRAME konteynerlaridan foydalanganda brauzer oynasi tomonidan hosil qilinuvchi va uning ichida joylashgan oynalar bilan bog’lanib ketadi.
JavaScriptda dasturlashda ko’pincha Window tipidagi ob’ektlarning quyidagi hossalari va metodlari ishlatiladi:
Hossalar |
Metodlar |
Hodisalar |
status |
open() |
Hodisalar yuq |
location |
close() |
|
history |
focus() |
|
navigator |
|
Window ob’ekti faqatgina oynani ochish vaqtidagina yaratiladi. Sahifani oynaga yuklashda paydo bo’ladigan barcha qolgan ob’ektlar Window ob’ektining hossalaridir. Shunday qilib turli hil sahifalarni yuklashda Windowning hossalari turlicha bo’lishi mumkin.
2195 marta o`qildi.