linkedin facebook linkedin facebook nod32

Multimedia vositalarini tasniflash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-12-10

Multimedia vositalarini tasniflash

Multimediali vositalarni tasniflashda bir nechta yondashuvlar mavjud. Ko‘p hollarda ular funksional yoki uslubiy maqsadi (vazifalari) bo‘yicha tasniflanadi.
Multimediali o‘quv vositalarini funksional maqsadlari bo‘yicha tasniflash.
• Ta'lim beruvchi o‘quv axborotini taqdim etadi va o‘quvchi egallagan bilimi, imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta'lim olishini yo‘naltiradi;
• Tashxis vositalari o‘quvchining ongi va tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan;
• Jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan;
• Fanga yo‘naltirilgan, modellashtirish uchun mo‘ljallangan;
• Boshqaruv vositalari, ishni bajarish jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish uchun mo‘ljallangan;
• Ma'muriy vositalari, ta'lim jarayonini tashkil etish, hujjat tayyorlash va almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan;
• O‘yin vositalari, turli xil o‘yin va o‘yinli o‘quv faoliyatlarini ta'minlaydi.
Multimediali o‘quv vositalarini uslubiy maqsadlari bo‘yicha tasniflash.
• O‘rgatuvchi – yangi materialni o‘rganish uchun mo‘ljallangan;
• Trenajyorlar – o‘rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash orqali malaka va ko‘nikmalar shakllantirish uchun mo‘ljallangan;
• Nazorat qiluvchi – o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan;
• Axborot vositalari – zarur bo‘lgan axborotlarni olish uchun mo‘ljallangan;
• Modellashtiruvchi – ob'yekt, jarayon va hodisani o‘rganish va tadqiqot qilish
maqsadida uning modelini yaratish uchun mo‘ljallangan;
• Imitatsion vositalar – voqyelikning biror-bir ma'lum jihati, funksional xarakteristikalarini cheklangan parametrlar orqali o‘rganish uchun mo‘ljallangan;
• Namoyish vositalari – o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish uchun
hamda o‘rganilayotgan qonuniyatlar, ob'yektlarning o‘zaro aloqasi vizualizatsiyasi uchun mo‘ljallangan;
• O‘yin vositalari – eng maqbul yechim yoki amallar strategiyasini qabul qilish
maqsadida o‘quv holatlarini “o‘ynash” (“boshdan o‘tkazish”) uchun
mo‘ljallangan;
• Hordiq vositalari – o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda o‘quvchi e'tibori, reaksiyasi, xotirasi va h.k.larni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.

3438 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений