Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 23:9
Borland c++ da guruh ro’yxati
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-12-02
Guruh ro’yxati
Dastur tasnifi
Strukturalar bilan ishlashni ko’rsatish uchun bir xil ob’ektlar to’plami haqida turli xil ma’lumotlarni qamrovchi, masalan, guruh o’quvchilarining to’lami, misol tavsiya qilinadi. Vazifa: Bitta guruh o’quvchilari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi dastur tuzilsin. O’quvchilar haqidagi ma’lumotlarni qo’shish va o’zgartirish imkoniyati ta’minlansin.
Zarur ko’nikmalar
Berilgan misolni muvaffaqiyatli bajarish uchun strukturalar bilan, kamida ularning klassik qo’llanilishi bilan, ishlashni bilish zarur. Strukturaning ma’lumotlar turlaridan boshqa narsa emasligini tushunish zarur, ya’ni ular yordamida strukturalar massivini va ularga ko’rsatkichlar hosil qilish mumkin.
Yechish
Bu dasturni amalga oshirish uchun student nomli struktura hosil qilingan. U studentning familiyasini va ismini, hamda telefoni va guruhini saqlovchi maydonlarga ega. O’ttizta elementdan iborat bunday strukturalar massivi ham hosil qilingan. N o’zgaruvchi oxirgidan keyingi element nomeriga ega bo’ladi. «Dobavit» yoki «Udalit» tugmachalari bosilganda N ning qiymati mos ravishda bitta birlikga ko’payadi yoki kamayadi.
Shakl
Mazkur shaklda jadvalning ustunlari Memo maydoni sifatida tasvirlangan, boshqarish elementlari GroupBox ob’ekti yordamida ma’nosiga ko’ra alohida guruhlarga yig’ilgan, kiritish maydoni esa Lable ob’ekti bilan belgilangan.
Dastur kodi
#include <vcl.h>
#pragma hdrstop
#include "Unit1.h"
//---------------------------------------------------------------------------
#pragma package(smart_init)
#pragma resource "*.dfm"
TForm1 *Form1;
//---------------------------------------------------------------------------
struct student
{
AnsiString name; // O’quvchining FISh
AnsiString group; // Guruh
int phone; // Uy telefoni
};
student M[30];
int N = 0;
//---------------------------------------------------------------------------
void ShowAll()
{
Form1->Memo1->Text = "FISh";
Form1->Memo2->Text = "Telefon";
Form1->Memo3->Text = "Guruh";
Form1->Memo4->Text = "Nomer";
for (int i = 0; i < N; i++)
{
Form1->Memo4->Lines->Add(IntToStr(i+1));
Form1->Memo1->Lines->Add(M[i].name);
Form1->Memo2->Lines->Add(IntToStr(M[i].phone));
Form1->Memo3->Lines->Add(M[i].group);
}
}
//---------------------------------------------------------------------------
__fastcall TForm1::TForm1(TComponent* Owner)
: TForm(Owner)
{
}
//---------------------------------------------------------------------------
void __fastcall TForm1::FormCreate(TObject *Sender)
{
ShowAll();
}
//---------------------------------------------------------------------------
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
if(N < 30)
{
M[N].name = Edit1->Text;
M[N].group = Edit2->Text;
M[N].phone = StrToInt(Edit3->Text);
N++;
}
ShowAll();
}
//---------------------------------------------------------------------------
void __fastcall TForm1::Button2Click(TObject *Sender)
{
int j = StrToInt(Edit4->Text);
for (int i = j; i < N; i++)
{
M[i-1] = M[i];
}
N--;
ShowAll();
}
3106 marta o`qildi.