linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda hossa hodisa va metodlar

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-10-08

JavaScriptda hodisalarni qayta ishlovchilar

Hodisalarni qayta ishlovchi dasturlar (handler) shu hodisa bog’liq bo’lgan konteynerlarning atributlarida ko’rsatiladi. Masalan, tugmachani bosishda onClick hodisasi ro’y beradi:

<FORM><INPUT TYPE=button VALUE="Tugma" onClick="window.alert('Diqqat!!!');"></FORM>

O’rniga qo'yish. O’rniga qo'yish (entity) Web-sahifalarda anchagina kam uchraydi. Shunga qaramay u brauzer tomonidan HTML-sahifani hosil qilish uchun ishlatiladigan kerakli darajadi kuchli instrument hisoblanadi. O’rniga qo'yishlar HTML-konteynerlarning atributlari qiymatlari sifatida ishlatiladi. Masalan, foydalanuvchining shahsiy sahifasini aniqlovchi forma maydonining boshlang’ich qiymati sifatida joriy sahifaning URLi ko’rsatiladi:

<SCRIPT>

          function l()

          {

              str = window.location.href;

              return(str.length);

            }

            </SCRIPT>

            <FORM><INPUT VALUE="&{window.location.href};" SIZE="&{l()};">

            </FORM>

            <SCRIPT>

            <!-- JavaScript-kod shu erda yoziladi...// -->

            </SCRIPT>

            <BODY>

            Hujjat tanasi...

            </BODY>

            </HTML>

           HTML-shathlar bu yerda sahifaning berilgan bo’lagini eski brauzerlardagi HTML-parserlar tomonidan interpretatsiya qilinishidan saqlanish uchun qo’yilgan (yuqori boshqaruvdagilarda hali ham uchraydi). O’z navbatida HTML-sharhining ohiri JavaScript interpretatori tomonidan interpretatsiya qilinishidan himoya qilingan (satr boshidagi // belgisi).  Bundan tashqari konteiner boshlanishidagi tegning LANGUAGE atributining qiymati sifatida “JavaScript”  ko’rsatilgan. JavaScript ga muqobil sifatida ko’riluvchi VBScript keng qo’llaniluvchi tildan ko’ra ko’proq ekzotika hisoblanadi, shuning uchun bu atributni tushirib qoldirish mumkin – “JavaScript” qiymati o’z-o’zidan qabul qilinadi.

O’z –o’zidan ayonki, dokument sarlavhasida matnni hosil qilishni joylashtirish mantiqsizdir – u brauzer tomonidan namoyish qilinmaydi. Shuning uchun sarlavhada keyinchalik dokument ichida foydalaniladigan umumiy o’zgaruvchilar va funktsiyalar e’lon qilinadi. Bunda Netscape Navigatorda Internet Explorerga nisbatan talab qat’iyroqdir. Agar funktsiya sarlahada e’lon qilinmagan bo’lsa, dokument ichida bu funktsiya chaqirilsa, bu funktsiya aniqlanmaganligi to’g’risidaga habarni olish mumkin.
Funktsiyani joylashtirish va ishlatishga oid misolni ko’ramiz:  

         <HTML>

            <HEAD>

            <SCRIPT>

            function time_scroll()

            {

              d = new Date();

              window.status = d.getHours()+":"+d.getMinutes()+":"+d.getSeconds();

              setTimeout('time_scroll();',500);

          }

            </SCRIPT>

            </HEAD>

            <BODY onLoad=time_scroll()>

            <CENTER>

            <H1>Часы в строке статуса</H1>

            </CENTER>

            </BODY>

            </HTML>

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’rniga qo'yishlar Internet Explorer 4.0 da ishlamaydi, shuning uchun ulardan foydalanishda ehtiyotkorroq bo’lish kerak. Brauzerga подстановки bo’lgan sahifani berishdan avval shu brauzer tipini tekshirib olish kerak.

O’rniga qo'yishlar bo’lgan holda brauzer (parser komponent) tomonidan HTML-dokumentni tahlil qilish vaqtida interpretator boshqaruvni o’z qo’liga oladi. Parser konteyner atributida &{..} konstruktsiyasini uchratishi bilan boshqaruvni JavaScript interpretatoriga beradi, u esa o’z navbatida bu kodni bajargandan so’ng boshqaruvni yana parserga qaytaradi. Shunday qilib bu operatsiya HTML-sahifaga grafikani yuklashga o’hshab ketadi.
Qo’yish(SCRIPT konteyneri- interpretatorni majburiy chaqirish). SCRIPT konteyneri bu o’rniga qo'yishlarni JavaScript-kod tomonidan dokument matnini hosil qilish imkoniyati darajasigacha rivojlantirilishidir. Bu ma’noda SCRIPTni qo’llanilishi Server Side Includesga o’hshab ketadi, ya’ni server tomonidan dokumentlarning sahifalarini hosil qilishga. Lekin bu yerda biz sal ilgarilab ketdik. Dokumentni tahlil qilish vaqtida HTML –parser SCRIPT konteineri boshlanishi tegini uchratgandan so’ng boshqaruvni interpretatorga beradi. Interpretator SCRIPT konteynerining ichidagi barcha kod bo’lagini bajaradi va SCRIPT konteyneri ohirini ko’rsatuvchi tegdan so’ng sahifa matnini qayta ishlash uchun boshqaruvni HTML-parserga qaytaradi.
SCRIPT konteyneri quyidagi 2 ta asosiy funktsiyani bajaradi:

  1. HTML-dokument ichiga kodni joylashtirish;
  2. brauzer tomonidan HTML-belgilarni shartli hosil qilish.

Birinchi funktsiya keyinchalik o’tishlar dasturi, hodisalarni qayta ishlovchilar va  almashtirishlar sifatida ishlatish uchun o’zgaruvchilar va funktsiyalarni e’lon qilinishiga o’hshab ketadi.  Ikkinchisi bu dokumentni yuklash yoki qayta yuklash paytida JavaScript-kod bajarilishi natijalarini o’rniga qo’yishdir.

HTML-dokument ichiga kodni joylashtirish.  Hususan olganda bu yerda hech qanday ajralib turadigan har hillik yuq. Kodni dokument sarlavhasida, HEAD konteynerining ichida yoki BODY ning ichiga joylashtirish mumkin. So’nggni usul va uning hususiyatlari “Brauzer tomonidan HTML-bo’limlarini shartli hosil qilish” bo’limida ko’rib chiqiladi. Shuning uchun diqqatimizni dokument sarlavhasiga qaratamiz.

Sarlavhada kod SCRIPT konteinerining ichiga joylashtiriladi:

<HTML>

<HEAD>

<SCRIPT>

function time_scroll()

{

  d = new Date();

  window.status = d.getHours()+":"+d.getMinutes()+":"+d.getSeconds();

  setTimeout('time_scroll();',500);

}

</SCRIPT>

</HEAD>

<BODY onLoad=time_scroll()>

<CENTER>

<H1>Часы в строке статуса</H1>

<FORM>

<INPUT TYPE=button VALUE="Закрыть окно" onClick=window.close()>

</FORM>

</CENTER>

</BODY>

</HTML>

Bu misolda biz time_scroll() funktsiyani dokument sarlavhasida e’lon qildik, keyinchalik esa uni  BODY konteineri boshining tegida hodisalarni qayta ishlovchi load sifatida chaqirdik (onLoad=time_scroll()).
O’zgaruvchilarni e’lon qilishga misol sifatida avvalgi-oyna tomonidan keyingi-oynaning statusini o’zgartirishni ko’ramiz.
Quyidagi funktsiya yordamida hosilaviy oynani e’lon qilish va keyin chaqirish orqali  yaratamiz:

function sel()

{

  id = window.open("","example","width=500,height=200,status,menu");

  id.focus();

  id.document.open();

  id.document.write("<HTML><HEAD>");

  id.document.write("<BODY>");

  id.document.write("<CENTER>");

  id.document.write("<H1>Change text into child window.</H1>");

  id.document.write("<FORM NAME=f>");

  id.document.write("<INPUT TYPE=text NAME=t SIZE=20 MAXLENGTH=20 VALUE='Это тест'>");

  id.document.write("<INPUT TYPE=button VALUE='Закрыть окно' onClick=window.close()></FORM>");

  id.document.write("</CENTER>");

  id.document.write("</BODY></HTML>");

  id.document.close();

}

<INPUT TYPE=button VALUE="Изменить поле статуса в окне примера"

  onClick="id.defaultStatus='Привет'; id.focus();">

 

Keyingi oynani ochishda id o’zgaruvchiga oyna ob’ektiga bo’lgan ko’rsatkich id=window.open() ni joylashtirdik. Endi biz uni Window sinfining o’bekti identifikatori sifatida ishlatishimiz mumkin. Bizning holatda id.focus() dan foydalanish shart. “Misoldagi oynadagi status maydonini o’zgartirish” tugmasini bosish orqali e’tiborni asosiy oynaga o’tkaziladi. U ekran o’lchamida bo’lishi mumkin. Bunda asosiy oyna tomonidan berkitib turilgan ikkinchi oynada o’zgarishlar ro’y beradi. O’zgarishlarni ko’rish uchun diqqatni yana ikkinchi oynaga berish kerak. id o’zgaruvchi qandaydir funktsiya tashqarisida aniqlangan bo’lishi kerak. Bu holatda u oynaning hususiyati ga aylanadi. Agar biz uni keyingi oynani ochish funktsiyasi ichiga joylashtirsak, u holda hodisalarni qayta ishlovchi click orqali unga murojaat qila olmaymiz.    
Brauzer tomonidan HTML-bo’limlarini shartli hosil qilish. Serverdan o’zimizning brauzer imkoniyatlariga yoki foydalanuvchiga moslashtirilgan sahifalarn olish doimo yoqimli. Bunday sahifalarni hosil qilishning faqatgina 2 imkoniyati  bor: server tomonidan yoki bevosita klient tomonidan. JavaScript –kod klient tomonida bajariladi (aslida Netscape kompaniyasi serverlari JavaScript-kodni server tomonida ham bajarishi mumkin, lekin bu holda u LiveWire-kod nomini oladi; LiveConnect bilan adashtirilmasin), shuning uchun faqatgina klient tomonida hosil qilinishini ko’rib chiqamiz.
HTML-bo’limlrini hosil qilish uchun SCRIPT konteyneri dokument asosiy qismining ichiga joylashtiriladi. Oddiy misol- mahalliy vaqt sahifasiga moslashtirish:

<BODY>

...

<SCRIPT>

d = new Date();

document.write("<BR>");

document.write("Момент загрузки страницы: "+d.getHours()+":"+d.getMinutes()+":"+d.getSeconds());

document.write("<BR>");

</SCRIPT>

...

</BODY>

2987 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений