linkedin facebook linkedin facebook nod32

BDE administrator utilitasi bilan ishlash

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-17

BDE administrator utilitasi bilan ishlash

Delphida ilova yordamida MBdan foydalanish uchun
                            Ilova=> BDE=> MB
ketma-ketligi bajariladi. Bu shuni bildiradiki har qanday MBga ilovadan murojaat qilinganda uning aniq adresi BDEga uzatiladi. BDE o‘zining maxsus funksiyalarini MB bilan bog‘lanishda ishlatadi. BDE aniq bir MB bilan ishlaganda quyidagilarni bilishi kerak.
         -MB qaysi joyda joylashganligini;
         -MB parametrlari haqidagi ma’lumotni.
         MB parametrlari va uning joylashishi MB psevdonimida aniqlanadi. Psevdonim - MB ga berilgan biror nom bo‘lib MBga mantiqiy murojaat qilinganda ishlatiladi.
         MB psevdonimi BDE adminisrator utilitasi yordamida aniqlanadi.       
         MBning har bir jadvali uchun fayl tuziladi. Xuddi shunday jadval indekslari va memo maydonlari uchun maxsus fayllar tuziladi. MBga dastur va utilitalardan murojaat qilinish MBning psevdonimidan amalga oshiriladi. Psevdonim BDE administrator utilitasi yordamida aniqlanadi. Psevdonim - biror bir nom bo‘lib MBga Delphi komponenti ilovalari (masalan Ttable va Tquery) tamonidan mantiqiy murojaat qilishda ishlatiladi.
Aytaylik biz tashkil qilishimiz kerak bo‘lgan MB “C:\PROBA\” katologida joylashsin. Biz tashkil qiladigan psevdonim nomi aytaylik “Proba” bo‘lsin. BDE administrator utilitasini ishga tushiramiz. Asosiy menyudan Object/New buruqlarini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan darchadan tuziladigan MB turini aniqlash uchun “Standart” parametrini o‘zgartirmasdan Ok tugmasini bosamiz. CHap oynada (MB administratori oynasida) biz “Standart1” nomini ko‘ramiz va uni “Proba”ga o‘zgartiramiz. O`ng oynada MB parametrlari berilgan, u erda faqat Path (yo‘l) o‘zgartiriliadi. Bu parametr MB katalogiga yo‘lni ko‘rsatadi. Path nomini ko‘rsatib, o‘ng darchadan uch nuqtali tugmani va keyin chap oynadan “Proba”ni tanlab Ok tugmasini bosamiz. MB uchun aniqlangan psevdonimni saqlash uchun chap oynaga kelib, sichqoncha o‘ng tugmasini chiqillatib dialog oynasidan “Apply” elementini tanlaymiz va Ok tugmasini bosamiz. Keyin esa BDE administratoridan chiqamiz.

         MBni psevdonimini tuzishni yanada chiquriroq ko‘rib chiqaylik. Uning algoritmi  quyidacha:

  1.BDE administrator utilitasi ishga tushiriladi.
  2.Menyudan Object=>New buyrug‘i beriladi.

3.Darchadan Standart turi o‘zgartirilmasdan Ok tugmasi bosilad

4.CHap oynadan Standart1 nomi yangi psevdonim nomiga o‘zgartiriladi.
  5.O‘ng oynada Path qatoriga o‘tilib, uch nuqtali tugmacha va keyin Ok bosiladi.
  6.Menyudan Object=>Apply=>Ok buyrug‘i beriladi.
  9.BDE administratordan chiqiladi.

2457 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений