linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-16

Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni modellashtirish

       Model va modellashtirish.  Keng ma’noda model deganda real ob’ektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.Ob’ektlar bir-bridan murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu murakkablik darajasiga ega bo’ladi.Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi:og’zaki tasvir, grafik tasvir, matematik formula va tenglamalar, fizik ob’ektlar(real ob’ektlarning kichiklashtirilgan yoki soddalashtirilgan analoglari).Modellar statik(o’zgarmas tizimni aks ettiruvchi) yoki dinamik(tizim faoliyatini ma’lum vaqt oralig’ida kuzatish imkoniyati bo’lgan)  bo’lishi mumkin.
       Model inson bilish jarayonidagi muhim qurol hisoblanib, ob’ektning tarkibiy qismlarini  va ular orasidagi bog’lanishni ko’rsatib beradi.Bunda muhim jihatlarga e’tibor qaratilib, ikkinchi darajalilar inkor etiladi.Bu bilan model tasvirdan farq qiladi. Masalan, stol modeli gorizontal sirtning erdan maxsus elementlar (oyoqlar) yordamida ko’tarilib turishi faktini aks ettiradi.Bu stolning qanday rangda ekanligi yoki qirilgan-qirilmaganligi ahamiyatga ega emas.   O’t o’chirish mashinasi modeli uchun esa qizil rang muhim xususiyat hisoblanadi, chunki u mashinaning maxsus vazifasi xaqida ma’lumot beradi.
     Tizim modeli yaratilish jarayoni  modellashtirish deb ataladi.Modelni qurish prinsiplari asosida modellash turlari aniqlanadi.Bunga og’zaki yoki kontseptual, matematik, grafik va fizik modellashtirish turlari kiradi. Oxirgi yillarda hisoblash texnikasining rivojlanishi natijasida kompyuterli modellashtirish vujudga keldi.Uning mohiyati real tizim elementlariga EHM xotirasidagi o’zgaruvchi va berilganlarning mos qo’yilishi, ular orasidagi bog’lanishlar esa kompyuter dasturi ko’rinishida modellashtirilishidan iborat bo’ladi. Bunday dasturlar  tizim yoki uning biror qismini kompyuter ekranida ifodalash, tizim faoliyatining sonly xarakteristikalarini olish uchun xizmat qilishi mumkin. Kompyuterli modellashtirish og’zaki, grafik va matematik usullarda ifodalash qiyin bo’lgan murakkab tizinlarni o’rganishda, hodisalarning turli variantlari ehtimoli bo’lgan davomli jarayonlarni o’rganishda ko’proq foydalaniladi.
        Tarixiy jarayonlar ham aynan ana shu kategoriyaga tegishli bo’lib, ularga og’zaki modellash uslubi mos kelmaydi. Ko’p hollarda matematik modellashtirish uslubi effektiv bo’lib, qaralayotgan ob’ekt faoliyati formula va tenglamalar sistemasi vositasida ifodalanadi.Shu zaylda ehtimollar nazariyasining matematik asosi bir holatdan boshqasiga tasodidiy o’zgaruvchi tizimlarni tasvirlashga imkon beradi. Ammo matematik modellashtirish ko’p sonli bir xidagi yoki bir-biriga o’xshash elemenlar mavjud bo’lgandagina effekt beradi. Ko’p sonly turli tipdagi  ob’ektlarni tasvirlovchi matematik modellar juda murakkablashib, katta xajmdagi hisob-kitoblarni talab etadi.Kompyuter dasturlari og’zaki, grafik va matematik modellash usullarini  birlashtirish imkoniyini beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari natijalarni sonli, grafik va dinamik (animatsion) ko’rinishlarda ifodalash imkoniyatlariga ega.
Tarixiy jarayonlarni modellashtirish tajribasi. Tarixiy tadqiqotlarda jarayonlarni modellashtirish usulidan foydalanish masalasi bahsli mavzu hisoblanib, tarixchilarning asosiy qismi  o’tmish bilan bog’liq faktlarni aniqlash va o’rganishni asosiy maqsad qilib qo’yadilar. Tarixiy manbalar spetsifikasi inson faoliyatining alohida tomonlari bilan bog’liq  faktlarni aniqlashga imkon beradi(arxeologik topilmalar madaniyat darajasi haqida, yilnomalar harbiy-siyosiy voqealar to’g’risida), shuning uchun bunday bir tomonlama ma’lumotlar bazasida  o’tmish  voqealarini tasvirlash mumkin emas. Imitatsion modellarning tarqalishiga yana bir to’siq ularning  Monte-Karlo metodiga asoslanganligidir, ya’ni hodisa ehtimoli tushunchasini o’z ichiga oladi.Tarixchilar esa faqat aniq va konkret faktlarga tayanishga o’rganganlar.Shunga qaramay tarixiy voqealarni tadqiq qilishda fizik modellashtirish usullaridan foydalanib kelinmoqda.Xususan , arxeologlar azaldan o’z tadqiqotlarida modellashtirishdan keng foydalanadilar. Masalan, 1922  yilda Shveytsariyada tosh va bronza asrlariga taalluqli odamlarning yashash joylari rekonstruksiya qilingan. Keyinchalik ham arxeologlar  qadimiy manzilgohlarning modellarini qurib, ularda yashaganlar, mehnat qurollari yasab, xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar.Chex tadqiqotchilari Renata va Yaroslav Malinovlarning kitobi ushbu eksperimentlar bayonoga bag’ishlangan. Afsuski, tarixiy manbalarning saqlanganlik holati modelning faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan  parametrlar aniq xarakteristikalarini aniqlashga imkon bermaydi, ularni taxminiy baholangan qiymatlar bilan almashtirishga to'g'ri keladi.Bu esa modelning isonchlilik darajasini kamaytiradi. Bunday holatlarda tizimli ob’ektlar asosiy xususiyati – xarakteristikalarning o’zaro bog’liqliligidan foydalaniladi.Bir parametr qiymatining  oshishi, avtomatik holda ikkinchisining kamayishiga olib keladi.Masalan, demografik modelda o’lim darajasining oshishi o’rtacha umr ko’rish davomliligining kamayishiga olib keladi.  Bunda aholi soni tug’ilish darajasining oshishi bilan o’zgarmasdan qoladi va hokazo. Birinchi  kompyuter modellari miqdoriy metod va tizimli tahlil usullari qo’llanib kelingan fanlaga, ya’ni tarixiy demografiya va tarixiy geografiyaga  tadbiq qilindi .Tarixiy geografiyada zamonaviy iqtisodiy geografiya fanidan kirib kelgan statistik qayta ishlash usullaridan foydalanilgan, xususan, “rang-xajm”(rank – size) deb ataluvchi aholi punktlarining xajmini ularning ijtimoiy ahamiyati orasidagi nisbatni  matematik tasvirlovchi model yaratilgan.Uning mohiyati ikkinchi darajali kichik  shaxarlar soni yirik shaxarlarga nisbatan doimo ko’p ucrab, shaxarninmg ahamiyati  qanchalik katta bo’lsa, bunday shaharlar soni shunchalik kamroq bo’lishidan iborat.Bu metodika bo’yicha yirik arxeologik qazilmalar olib borilgan hududlardagi qadimiy manzilgohlar kattaligi, miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar qayta ishlangan.Manzilgohlarning fazoviy va ierarxik tuzilishi o’rganilgan.Bunday tuzilishdagi manzilgohlarning paydo bo’lishiga qanday tarixiy-iqtisodiy jarayonlar sabab bo’lgan? – degan savol tig’iladi.Bunga taalluqli taxminlarni komryuterli model yordamida tekshirib ko’rish mumkin. Manzilgohlar hayotining biror etapi boshlang’ich deb olinib, boshqasi – natijaviy deb qabul qilingan. Keyingi vazifa ishining natijasi bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazuvchi modellash dasturini tanlashdan iborat bo’lgan.  O’z vaqtida g’arbiy evropalik va amerikalik  arxeologlar kompyuterli modellardan foydalanib bir qancha tadqiqotlar olib bordilar.Shu tadqiqotlardan biri qadimgi odamlarning yangi manzilgoh uchun joy tanlash strategiyasi masalasiga bag’ishlandi.Manzilgohlar paydo bo’lishining bir necha variantlari modellashtirilib, ulardan qaysi biri empirik usullar bilan olingan statistik xarakteristikalarni yaratishi aniqlangan.  Ibtidoiy jamoalar demografiyasini o’rganishda ham o’xshash usullardan foydalanilgan. Amerikalik etnograflar bir necha yillar davomida hozirgi kunga qadar ibtidoiy hayot tarzini saqlab qolgan janubiy amerikaning Yanomama qabilasi demografik tuzilishini o’rgandilar. Oldiniga empiric usul bilan ko’plab xarakteristikalar to’plandi: har bir yosh guruxlaridagi erkak va ayollar soni, oilalar soni, tug’ilish, o’limlar sonining yoshlar bo’yicha taqsimlanishi va hokazo. So’ngra tadqiqotchilar ushbu xarakteristikalarni yaratuvchi kompyuter modelini qurib, ishlatib ko’rdilar. Model ishining natijalari real xarakteristikalarga yaqin bo’lishiga qaramay, ba’zi mos kelmasliklar aniqlandi. Bu esa qaysidir faktorlar hisobga olinmagan yoki noto’g’ri baholanganligidan dalolat berar edi. Tadqiqotchilar parametrlarni o’zgartirib, modelning reallikka yaqinlashuvi oilalardagi xotinlar soni (Yanomama oilasida ko’p xotinlilikka yo’l qo’yiladi) barcha uchun teng bo’lmay, ijtimoiy darajaga bog’liq holda tanlanganda ro’y berar ekan.Tarixiy demografiyada bevosita kuzatishning imkoniyati bo’lmagan tarixiy jarayonlarning sonli xarakteristikalarini aniqlashda ham modellashtirishdan foydalaniladi.  Xuddi shu usulda neolit davri aholisining ilk bor o’troq xo’jalik vujudga kelgan Yaqin Sharqdan G’arbiy Evropa hududi bo’yicha taxminiy tarqalish tezligi o’lchangan.Bu tadqiqotlarga ko’ra neoilt davri aholisining kontinent bo’ylab tarqalish tezligi yiliga 1 km ni tashkil etdi. Bu toifadagi modellar o’lchash modellari deb ataladi. Bunday modellar ishidan olinadigan natijalar boshlang’ich parametrlarga bog’liq bo’lib, modelning qimmati ushbu parametrlarning ishonchliligiga bog’liq.
O’lchash modellarini qurish ilmiy gipotezalarni tekshirish uchun ham effektiv vosita hisoblanadi. Bu esa tarix fanini  ma’lum darajada aniq fanlarga yaqinlashtiradi. Bu borada zamonaviy jamiyatning keying rivojlanish yo’lini bashorat qilish maqsadida uni global modellashtirishga urinishlar ham mavjud. Bu modellar yordamida olingan prognozlar halokatli bo’lib, ekologik, ijtimoiy, demografik faktorlarga asoslanadi. Umuman olganda ushbu bashoratlar bir tomonlama bo’lib, o’tmish voqea-hodisalarini ishonchli talqin etuvchi modellar yaratilgunga qadar e’tibordan chetda qoladi. Imitatsion modellar yo’nalishi olimlar tomonidan turlicha qabul qilinib, ba’zi holatlarda tanqidga uchraydi. Bunga misol qilib, Sobiq Ittifoqda V.A. Ustinov boshchiligidagi  tarixchi olimlar tomonidan 1976 yilda  e’lon qilingan qadimgi grek polisi – Pelopones urushi qatnashchilari iqtisodiyotining model-rekonstruksiyasini keltirish mumkin. Avtorlar polis xo’jaligini bir qancha o’zaro bog’liq parametrlar: aholi soni, qishloq xo’jalik maydonlari, hosil miqdori, ishlab chiqarilgan  va sotib olingan mahsulot miqdori, iste’mol mahsulot normalari va boshqalarni o’z ichiga oluvchi tizim sifatida taqdim etdilar.Tarixiy manbalarning holati ko’p parametrlarning aniq qiymatini aniqlashga imkon bermasdi, shuning uchun tadqiqotchilar taxminiy baholangan qiymatlardan foydalandilar. Ammo taxminiy va gipotetik parametrlar sonining  ko’p bo’lishi butun rekonstruksiya ishonchliligiga salbiy ta’sir etdi. Natijada  sobiq ittifoqda tarix fanidagi modellashtirish yo’nalishi sust rivojlandi.
Epizodik ravishda paydo bo’lgan ishlardan K.V Xvostovaning 1980 yilda e’lon qilingan Vizantiya feodal dexqonlarining tabaqalashuvi modelini misol qilib keltirish mumkin. 1980-yillar oxiri, 1990- yillar boshlarida tarixiy jarayonlarni modellashtirish sohasida bir muncha ishlar qilindi. Bulardan Yu.P. Bokarevning NEP(Yangi iqtisodiy siyosat) davri iqtisodiyotining parametrlarini differensial tenhlamalat sistemasi bilan tasvirlovchi analitik modellari, V.P Akimov va V.M. Sergeevlarning 1870 yillardagi rus-german munosabatlarini matematik o’yinlar nazariyasi usullari vositasida tasvirlovchi modellarini keltirish mumkin.Amerikalik tadqiqotchilar X.Xanter va J.Shirmer 1930 yillardagi Sobiq Ittifoq qishloq xo’jaligida don etishtirish dinamikasiga ta’sir etuvchi turli faktorlar ahamiyatini baholashda regression tenglamalar metodidan foydalandilar. Uasbu usul asoschisi R.Fogel amerika tarixiga oid ishlari uchun 1933 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. 1966 yilda Rossiyada L.I. Borodkin tahriri ostida imitatsion va matematik modellarga misollarni o’zida saqlovchi “Tarixiy jarayonlarni matematik modellashtirish” deb nomlangan to’plam chop etildi.
        Imitatsion modellashtirish metodikasi.Kompyuter modelini yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’linadi:

1. Muammoni belgilash va tadqiqot masalasining qo’yilishi
2.Modelning og’zaki, matematik-mantiqiy, grafik blok-sxema ko’rinishidagi ifodasini ishlab chiqish
3. Modelni algoritmik tildagi kompyuter dasturiga o’girish.
4. Dasturni sozlash (tahrirlash, xatolarni to’g’irlash)
5. Validatsiya (Modelning  o’zi aks ettiruvchi real tizimga mosligini tekshirish).
6. Boshlang’ich berilganlarni tayyorlash.
7. Mashina eksperimentini rejalashtirish.
8. Modelni sinovdan o’tqazish (dasturni kompyuterda bajartirish va natijalarni olish).
9. Natijalar tahlili.
10. Natijalarni xujjatlashtirish va ularni nashrga tayyorlash.

Ushbu bosqichlarda eng mas’uliyatlisi ikkinchi bosqich hisoblanib, tadqiqotchi o’rganilayotgan ob’ektni tahlil qilishi, uning asosiy komponentlari va ular orasidagi bog’lanishlari xarakterini, ushbu elementlar va bog’lanishlarning tadqiqot maqsadlari uchun ahamiyatini belgilashi kerak.Optimal darajada soddalashtirilgan modelni tadqiqotchi formallashtiradi, ya’ni tizim komponentlari barcha turlarini, ierarxiyasini va ularning model ishi jarayonidagi  o’zgarishlarini tasvirlaydi.Bundan tashqari tadqiqotchi o’ziga kerak bo’lagan ma’lumot turini aniqlaydi, masalan, oxirgi natija yoki oraliq natijalarning taqdim etilishi belgilanadi.
Uchinchi va to’rtinchi etap – dasturning yozilish va sozlanish jarayoni o’ziga hos bilim va malakani talab etadi.Validatsiya etapida model ishining natijalari oldindan ma’lum sodda boshlang’ich berilganlar asosida olingan natijalari tahlil etiladi.Natijalar mos tushsa, modelning real tarixiy jarayonni to’g’ri talqin eta olishiga umid qilsa bo’ladi. Nihoyat, dastur xatosiz ishlab, tadqiqotchi uning real tizimga mos ishlashiga ishonch hosil qilsa, katta tajriba uchun boshlang’ich berilaganlarni tayyorlash bosqichiga o’tish mumkin. Modelni sinovdan o’tqazish(kompyuterda ishlatish) jarayonida oilngan natijalar tahlili muhim ahamiyat kasb etib, sinovlar bir necha o’n, yuz va minglab marta turli boshlang’ich berilganlar asosida o’tkaziladi. Olingan natijalar tahlili ularning ishonchlilik darajasini belgilaydi.
      Natijalarni xujjatlashtirish bosqichi, ayniqsa turli boshlang’ich berilganlar asosida ko’p martalab sinovlar o’tkazilganda muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda har bir sinov natijalari   sinov muddati va vaqti,  o’zgartirilgan parametrlar konkret qiymatlari bilan birgalikda chop etilishi kerak.
Misol sifatida  an’anaviy dehqon xo’jalgi faoliyatini aks ettiruvchi model qurilishi bayonini tasvirlaymiz. Dehqon xo’jaligiga tizim sifatida qarab, uning asosiy komponentlarini aniqlash kerak.Bular:

  1. Dehqonlar, xo’jalikda yashovchilar, asosiy xo’jalik kuchlari.Boshlang’ich nuqta sifatida kichik oila xo’jaligini(er-xotin va ularning bolalari) olamiz. Modelni faollashtirish uchun demografik jarayon , ya’ni yangi oila a’zolarining tug’ilishi, ularning o’sishi va ulg’ayishi, turmush qurishi bilan bog’liq oilaning bo’linishi  va o’lim jarayonlarini modellashtirish kerak. Bunda har bir oila a’zosining yoshi , ijtimoiy darajasi , oila qurish yoshi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish miqdori aniqlanishi kerak.
  2. Uy hayvonlari – har bir hayvondan olinadigan foydali mahsulotlar miqdori, oziqlanish normalari va ko’payish darajasi bilan xarakterlanadi . Третьим главным компонентом системы является земля, занятая под огород, пашню, сенокос и пастбище. Ее основные характеристики – площадь (будем считать ее постоянной) и уровень плодородия, который может со временем меняться.
  3. Barcha don, sabzavot va boshqa qishloq xo’jaligi  mahsulotlari turlari – mavjud zahira miqdorlari, maydon birligiga ekiladigan  urug’lik normalari  va o’rtacha hosildorlik bilan xarakterlanadi.
  4. Asosiy dehqonchilik ishlari uchun mehnat sarfi.
  5. Har yilgi hosil miqdoriga ta’sir etuvchi iqlim sharoitlari.

Natural dexqon xo’jaligi bir yillik xo’jalik sikliga asoslanadi.Modellashtirish uchun to’rtta asosiy tushuncha: ob’ekt, xarakteristika, ob’ektlar sinfi va protsedura lardan foydalanamiz. Ob’ekt sifatida tizimning ixtiyoriy komponentini ifodalash mumkin. Vaqt o’tishi bilan  uning holati o’zgarib turadi: odamlar soni, ma’lum sortdagi don zahirasi, uy hayvoni, er uchastkasi va hokazo.Ob’ektlar murakkab ierarxik tuzilishga ega bo’lishi mumkin: masalan, “xo’jalik” ob’ektiga “oila boshlig’i”, “bug’doy”, “ot” va boshqa ob’ektlar bo’ysunadi.Ob’ektning ma’lum momentdagi holatini belgilovchi sonli qiymatlar xarakteristikalar deb ataladi.Masalan, bug’doy ob’ektining  ekilish normasi(taxminan 1,5 sentner/gektar) va hosildorlik (masalan, 6 sentner/gektar).Xarakteristika sifatida bitta songina emas, butun jadval ham kelishi mumkin.Maslan, inson uchun bunday xarakteristika sifatida yoshiga nisbatan o’lim ehtimollari jadvalini olish mumkin.Ob’ektlar sinfi deganda esa bir xil xarakteristikalar to’plamiga ega bo’lgan ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bizning misolimizda “oila boshlig’i”, “uy bekasi”, “katta o’g’il”, “kichik o’g’il”, “qiz” ob’ektlari  “odam” sinfiga mansub, “bug’doy” va “suli” ob’ektlari esa “don” sinfiga mansub bo’ladi. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan vorislik xususiyatiga aoslanib,  “odamlar” deb ataluvchi va unga bo’ysunuvchi “odam”  sinfiga taalluqli barcha ob’ektlarga tegishli  bo’lgan xarakteristikalarga ega bo’lgan  sinf aniqlanishi kerak.

Xuddi shunday “otlar” sinfiga taalluqli yosh bilan ko’payish darajasining bog’liqlik jadvali, yosh bilan o’lim darajasining bog’liqlik jadvali, oziqlanish normalari ba hokazo xususiyatlarga ega bo’lgan bitta ob’ekt aniqlanishi kerak. Bunga bo’ysunuvchi “ot” ob’ekti esa “jins”, “yosh”,”og’irlik” kabi xarakteristikalarga ega bo’ladi. O’xshash usul bilan “bug’doy”, ”suli” kabi sinflariga tegishli  “hosildorlik”, “ekish normalari”  va boshqa xarakteristikalarga ega bo’lgan bittadan ob’ektlar yaratiladi. Bundan tashqari “er”  sinfiga tegishli ob’ekt va unga bo’ysunuvchi “er uchaskasi” sinfiga kiruvchi  “ hosildorlik”, “yuza”,, “foydalanish usuli” xarakteristikalariga ega bo’lgan bir nechta ob’ektlar  yaratilishi kerak. Ushbu yaratilgan ob’ektlarni bir tizimga birlashtirish uchun  “xo’jalik” deb nomlangan  yangi ob’ektlar sinfi yaratiladi. “Xo’jalik” ob’ektiga “odamlar”, “otlar”, “sigirlar”, “bug’doy”, “suli”, “er” va boshqa sinflarning ob’ektlari bo’ysunadi.Bu sinflarning har bittasiga “migdor” xarakteristikasi qo’shilsa, ular bitta dexqon xo’jaligidagi yashovchilar, uy hayvonlari umumiy soni, er va zahiralar miqdorini aks ettira oladi. umumiy sonini В таком случае каждому из этих классов стоит добавить характеристику "количество". Ammo “xo’jalik” sinfini ham undan yuqori “qishloq” sinfiga bo’ysundirish mumkin. Bunday usulda qurilgan konstriksiyani ishlatish uchun protseduralardan foydalaniladi.Protsedura deganda ma’lum sinf ob’ektlarining yaratish, yo’qotish yoki xarakteristikalarini o’zgartirish qoidalari to’plamini tushunish kerak. Protseduralarning har biri  (qism dasturlar) o’z nomlariga ga ega bo’ladi.Misol sifatida “Individning ulg’ayishi va o’limi” protsedurasini ko’rib o’tamiz.Ushbu protsedura “odam” sinfiga mansub ob’ektlar bilan ishlaydi. Dasturning har bir qadamida protsedura ushbu sinf barcha ob’ektlarini ketma-ket ko’rib chiqib, ularning “yosh” xarakteristikasi qiymatini bittaga oshirib boradi.So’ngra yuqori turgan “odamlar” ob’ektining “yosh bilan o’lim darajasining bog’liqlik jadvali” xarakteristikasiga (bu jadvalda satrlar bo’yicha yil hisobidagi yoshlar, ustunlar bo’yicha  o’nli kasr ko’rinishidagi mos yoshdagi o’lim ehtimoli joylashtiriladi)   murojaat etib, tanlangan individning yoshiga mos keluvchi o’lim ehtimoli miqdorini o’qiydi.Keyingi qadam tasodifiy sonlar generatori yordamida olingan 0 dan 1 gacha bo’lgan diapazondagi sonni 0 dan o’lim ehtimoli ko’rsatkichigacha bo’lan oraliqqa tushish-tushmasligi tekshiriladi.Agar tasodifiy son ushbu oraliqqa tegishli bo’lsa, protsedura  tekshirilayotgan ob’ektni yo’qotib, “odamlar” sinfi ob’ektining  “miqdor” xarakteristikasi qiymati bittaga kamaytiriladi.Aks holda esa protsedura keyingi ob’ektni tekshirishga o’tadi.  Xuddi shu tarzda “turmush qurish” protsedurasi ham faoliyat ko’rsatadi. Uning uchun “odamlar” sinfida “berilgan yoshda turmush qurish ehtimoli” xarakteristikasi tayyorlangan bo’lishi kerak. Ushbu protsedura  o’z ishini “ulg’ayish va o’lim” protsedurasi ishini tugatgandan keyin  boshlaydi.Bunda “odam” sinfiga taalluqli barcha ob’ektlarning “oilaviy ahvol” xarakteristikasi tekshiriladi.Agar individ oilali bo’lsa, keyingi ob’ektga o’tiladi. Aks holda “berilgan yoshda turmush qurish ehtimoli” xarakteristikasiga murojaat etiladi va tasodifiy miqdorga asoslanib, individning turmush qurish yoki qurmaslik fakti aniqlanadi.Turmush qurish holatida qarama-qarshi jinsli yangi ob’ekt yaratiladi.Xaqiqatda ushbu protsedura modellashtiriluvchi urug’ning turmush qurish an’analarini aks ettirish uchun  ancha murakkab  tuzilishga ega bo’lishi kerak, ya’ni, tekhiriluvchi holatda kelin kuyov uyiga kelishi yoki aksinchligi fakti. Bu masala stoxastik ( hodisaning ro’y berish ehtimoliga bog’liq tasodifiy usulda) yoki deyterministli (urug’ urf-odatlari bo’yicha, masalan kuyov faqat kelinning aka-ukasi bo’lmagan holdagina kelin uyida yashaydi) usullar bilan hal etilishi mumkin. Yuqorida tasvirlanga protseduralar soni  dexqon xo’jaligi hayotining bizni qiziqtiruvchi barcha jabhalarini aks ettirishga imkon beruvchi miqdorda bo’lishi liozim.Bularga har bir oilada tug’iladigan avlodlar soni,xo’jalikning bo’linishi, erning yillik qayta ishlanishi, hosil yig’im-terimi, soliqlar kabilar kiradi.Shulardan don ekinlaridan birining hosildorligini aniqlash protsedurasini ko’rib o’tamiz. Bizning mahsulotimiz bug’doy deb hisoblaymiz.Ushbu mahsulot urug’lik normasi va o’rtacha hosildorlik xarakteristikalariga ega. Don ekiladigan er uchastkasi unumdorlik xarakteristikasiga ega. Unumdorlik xarakteristikasi bir necha qiymatga ega bo’lishi mumkin: unumsiz, o’rtacha unumdorlikka ega va unumdor.Shuning uchun hosildorlik donning ekilgan joyi xarakteristikasiga qarab, turli uchta qiymatga ega bo’ladi.Shuningdek protsedurada iqlim faktorini ham hisobga olmoq zarur bo’ladi. Yilning  unumdor yoki aksincha bo’lishini bir necha diskret sonlar (yomon yil, o’rtacha yil va yaxshi yil) ni teng taqsimlangan tasodifiy miqdor yordamida tanlash orqali modellashtirish mumkin.Bundan tashqari yilning iqlim sharoitini normal(Gauss) qonun yordamida aniqlanadigan tasodifiy son yordamida modellashtirish mumkin.Barcha kerakli protseduralar ishlab chiqilgach, asossiy boshqaruvchi dastur (dasturiy modul) yoziladi. Uning vazifasi barcha protseduralar bajarilish tartibini belgilab, ulardan olingan   xarakteristikalarning  kerakli qiymatlarini saqlab qolishdan iboratdir.Ushbu dastur barcha ob’ektlar va protseduralar majmuasi bilan birgalikda dexqon natural xo’jaligining kompyuter modelidan iborat bo’ladi.

11099 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений