Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 17.11.2026
Soat: 0:48
Dinamik strukturalar va ko`rsatkich
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-09-16
Dinamik strukturalar va ko‘rsatkich
Ko‘rsatkich deb qiymati boshqa o‘zgaruvchi yoki ma’lumotlar strukturasi adresiga teng bo‘lgan o‘zgaruvchiga aytiladi.
Ko‘rsatkichlar quyidagicha ta’riflanadi:
Nom: ^ Tur;
Masalan:
p1: ^integer; r2: ^real;
Agar ko‘rsatkich hech narsaga ko‘rsatilmasa uning kiymati NIL ga teng deyiladi.
Ko‘rsatkichga biror o‘zgaruvchi adresi qiymat sifatida berilsa @ adres olish operatoridan foydalaniladi. Masalan
r := @n;
Ko‘rsatkichga boshqa ko‘rsatkich qiymatini berish mumkin, agar ular bir turli bulsa. Masalan
p2 := p1;
Agar ko‘rsatkich i o‘zgaruvchiga ko‘rsatayotgan bo‘lsa,
r^ : = 5;
instruksiya bajarilgandan so‘ng i qiymati 5 ga teng bo‘ladi.
Dinamik o‘zgaruvchilar
Dinamik o‘zgaruvchi deb dastur bajarilish jarayonida xotira ajratiladigan o‘zgaruvchiga aytiladi. Xotira ajratish new potsedurasini chaqirish orqali amalga oshiriladi. Dinamik xotiraga faqat ko‘rsatkich yordamida murojaat qilish mumkin.
Dinamik o‘zgaruvchini yo‘qotish, ya’ni bu o‘zgaruvchi egallagan xotirani ozod qilish uchun Dispose protsedurasi ishlatiladi.
Quyidagi protsedurada dinamik o‘zgaruvchilarni yaratish va yo‘qotish ko‘rsatilgan
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var
p1,p2,p3: Integer; begin
New(p1);
New(p2);
New(p3);
r1^ := 5;
r2^ := 3;
r3^ := r1^ + r2^;
ShowMessage('Summa barobar ' + IntToStr(r3^));
Dispose(p1);
Dispose(r2);
Dispose(r3);
end;
4127 marta o`qildi.