Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 17.11.2026
Soat: 0:42
Sinflar va obektlar
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-09-15
Sinflar va ob’ektlar
Object Pascal ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tilidir. Ob’ektga yo‘naltirilgan tilga yig‘ilgan imkoniyatlarga dasturlash tilining ob’ekt modellari deyiladi. Object Pascalda ob’ekt modellari ishlatilishining amaliy natijasi komponentalarni yaratish va ularni qo‘llab quvvatlashdir.
Ma’lumki, Delphi dasturiy vositasi Object Pascal ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tilini ishlatadi. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) – bu dastur ishlab chiqish usulikasi bo‘lib, uning asosida real dunyo ob’ekti va uning holatini ifodalovchi ma’lum strukturaga ega ob’ekt tushunchasi yotadi. Object Pascalda ob’ekt modelining qo‘llanilish natijasi bu komponentalarni qo‘llash va yaratishdir. Object Pascal ob’ekt modelining asosi sinf va ob’ekt tushunchalaridir.
Sinf
Sinf - bu Object Pascalda maxsus turlar bo‘lib, o‘zida maydon, usullar va xossalarni mujassamlashtiradi.
Pascal sinfik tili dasturchiga o‘zining murakkab ma’lumotlar turlari - yozuvlar (records) kiritishga imkon beradi. Ob’ektli dasturlash konsepsiyasiga asoslangan Delphi tili, sinflar kiritishga imkon beradi. Sinf murakkab struktura bo‘lib, ma’lumotlar ta’riflaridan tashqari, protsedura va funksiyalar ta’riflarini o‘z ichiga oladi.
Sodda sinf ta’rifiga misol:
TPerson = class
private
fname: string[15]; faddress: string[35];
public
procedure Show;
end;
Sinf ma’lumotlari maydonlar, protsedura va funksiyalar usullar deb ataladi.
Keltirilgan misolda TPerson - sinf nomi, fname va faddress – maydonlar nomlari, show - usul nomi.
Maydon - bu sinfga birlashtirilgan ma’lumotlardir. Sinfga qarashli maydonlar oddiy yozuv maydoni kabi bo‘lib, ularning farqi har xil turda bo‘lishidir. Masalan,
Type
TchildClass=Class
Fore: Integer;
Ftwo: String;
Fthree: Tobject;
End;
Maydonlarga murojaat qilish sinf xossalari va usullari yordamida amalga oshiriladi. Maydonga murojaat qilish uchun oldin sinf nomi yozilib, keyin ajratuvchi nuqta qo‘yilib maydon nomi yoziladi. Masalan,
Var
MyObject: TchildClass;
Begin
MyObject.Fone:=16;
MyObject.Ftwo:=’qator qiymati’;
End;
Maydon nomi unga mos xossa nomining birinchi harfi “F” bo‘lishi bilan farqlanadi.
Delphi da qabul qilingan kelishuv bo‘yicha maydonlar nomlari f (field — maydon so‘zidan) harfidan boshlanishi lozim.
Sinf ta’rifi dasturda turlar ta’rifi bulimiga joylashtiriladi (type).
Usullar. Sinfga birlashtirilgan protsedura va funksiyalarga usullar deyiladi. Masalan:
Type
TchildClass=Class
Fore: Integer;
Ftwo: String;
Fthree: Tobject;
Function FirstFunc(x:Real):Real;
Procedure SecondProc;
End;
Sinf usullari (sinf ta’rifiga kiritilgan protsedura va funksiyalar) sinf ob’ektlari ustida amal bajaradi. Usul bajarilishi uchun ob’ekt nomi va nuktadan sung usul nomi ko‘rsatilishi lozim. Masalan:
professor. Show;
Sinf usuli ta’riflanganda sinf nomi va usul nomi ko‘rsatiladi. Masalan:
// TPerson sinfi Show usuli
procedure TPerson.Show;
begin
Write ( 'Nom:' + fname + #13+ 'Adres:' + faddress );
end;
Usul tanasida ob’ekt maydonlariga murojaat kilinganda ob’ekt nomi ko‘rsatilmaydi.
Usulga murojaat qilish dasturda uning nomini ko‘rsatish bilan bajariladi. Masalan:
Var
MyObject: TchildClass;
y: Real;
Begin
. . . . . . . . . . . . . . .
MyObject. SecondProc;
y:=MyObject.FirstFunc(3.14);
End;
Sinfda aniqlangan usullarni statistik, virtual (Virtual), dinamik (Dynamic) yoki abstrakt turlarga bo‘lish mumkin. Agar usul turi ko‘rsatilmasa, u avtomatik ravishda statistik turni oladi. Masalan:
Type
TBase=Class
Procedure MyJoy; Virtual;
End;
Tdescedant=Class(TBase)
Procedure MyJoy; Override;
End;
Var
FirstObject: TBase;
SecondObject: TDescedant;
Begin
. . . . . . . . . . . . .
FirstObject.MyJoy;
SecondObject.MyJoy;
. . . . . . . . . . . . .
End;
Sinf davomchisida ishlatiladigan usul uchun Override kalit so‘zi ko‘rsatilishi lozim.
Agar Tbase sinfida MyJoy usuli dinamik bo‘lsa, Virtual so‘zi Dynamic so‘ziga almashtiriladi. Ularning asosiy farqi murojaat qilinganda Virtual usul vaqt jihatdan ancha effektiv bo‘lsa, Dynamic usul esa operativ xotiradan ratsional foydalanish imkonini beradi.
Ob’ekt
Ob’ekt - bu sinfning real nusxasi bo‘lib, ma’lumotlar va funksiyalardan tashkil topadi. U dasturning Var bo‘limida e’lon qilinadi.
Ob’ektlar sinflar vakillari sifatida dasturda var bo‘limida ta’riflanadi, masalan:
var
student: TPerson; professor: TPerson;
Delphi da ob’ekt - bu dinamik strukturadir. O‘zgaruvchi-ob’ekt ma’lumotlarni emas, ob’ekt ma’lumotlariga ilovani o‘z ichiga oladi. SHuning uchun dasturchi bu ma’lumotlarga xotiradan joy ajratishni ko‘zda tutishi lozim.
Joy ajratish sinf maxsus usuli - konstruktor yordamida amalga oshiriladi. Bu usul odatda Create (yaratish) nomiga ega bo‘ladi. Sinf ta’rifida konstruktor uchun procedure so‘zi o‘rniga constructor so‘zi ishlatiladi.
Quyida tarkibida konstruktor qatnashgan TPerson sinfi ta’rifi keltirilgan:
TPerson = class private
fname: string [ 15 ];
faddress: string[35];
constructor Cireate; // konstruktor
public
procedure show; // usul
end;
Xotiradan joy ajratish konstruktor sinfga qo‘llash natijasini qiymat sifatida berish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun
professor := TPerson.Create;
instruksiyasi bajarilishi natijasida professor ob’ektga xotiradan joy ajratiladi. Xotiradan joy ajratishdan tashqari konstruktor, odatda ob’ekt maydonlariga boshlang‘ich qiymatlar berish ya’ni ob’ekt initsializatsiyasi vazifasini ham bajaradi. Quyida TPerson ob’ekti uchun konstruktor misoli keltirilgan:
constructor TPerson.Create;
begin
fname := '';
faddress := '';
end;
Ob’ekt maydoniga murojaat kilish uchun ob’ekt nomi va nuqtadan so‘ng maydon nomi kursatiladi. Masalan:
professor.fname
Ob’ektga ajratilgan xotira qismini bo‘shatish uchun maxsus usul destruktor Free. ishlatiladi. Masalan, professor.Free;
5891 marta o`qildi.