Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 23:59
Differensial tenglamalarni echish
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-09-04
Differensial tenglamalarni echish
Differensial tenglamalarni echish ancha murakkab. SHu sabab Mathcadda barcha differnsial tenglamalarni ma’lum chegaralanishlarsiz to‘g‘idan-to‘g‘ri echish imkoniyati mavjud emas. Mathcadda differensiallar tenglama va tizimlarini echishning bir necha usullari mavjud. Bu usullardan biri Odesolve funksiyasi yordamida echish bo‘lib, bu usul boshqa usullarga nisbatan eng soddasidir. Bu funksiya Mathcad 2000 da birinchi bor yaratildi va u birinchi bor differensial tenglamani echdi. Mathcad 2001da bu funksiya yanada kengaytirildi. Odesolve funksiyasida differensial tenglamalar tizimini ham echish mumkin. Mathcad differensial tenglamalarni echish uchun yana ko‘pgina qurilgan funksiyalarga ega. Odesolve funksiyasidan tashqari ularning barchasida, berilgan tenglama formasini yozishda ancha murakkablik mavjud. Odesolve funksiyasi tenglamani kiritish blokida oddiy differensial tenglamani o‘z shaklida, xuddi qog‘ozga yozgandek yozishga imkon yaratadi (1-rasm). Odesolve funksiyasi yordamida differensial tenglamalarni boshlang‘ich shart va chegaraviy shartlar bilan ham echish mumkin.

1-rasm. Differensial tenglamalarni echish.
Berilgan tenglamani yozishda xuddi differensiallash operatorini ishlatgan holda ham yoki shtrixlar bilan ham yozish mumkin. Boshlang‘ich shartni yozishda esa faqat shtrix bilan yozish kerak va uni kiritish uchun Ctrl+F7 klavishilarni baravar bosish kerak.
Odesolve funksiyasiga murojaat uch qismdan iborat hisoblash bloki yozuvini talab qiladi:
Differensial tenglamalar tizimini echish uchun Odesolve funksiyasi ko‘rinishi quyidagicha: Odesolve( <noma’lumlar vektori>, x, xk, n)
8296 marta o`qildi.