linkedin facebook linkedin facebook nod32

Tenglamalarni sonli va simvolli echish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-03

Tenglamalarni sonli va simvolli echish

Mathcad har qanday tenglamani, hamda ko‘pgina differensial va integral tenglamalarni echish imkoniyatini beradi. Misol uchun kvadrat tenlamanining oldin simvolli echimini topishni keyin esa sonli echimini topishni qarab chiqamiz.

         Simvolli echish. Tenglamaning simvolli echimini topish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
1.Echiladigan tenglamani kiritish va tenglama echimi bo‘lgan o‘zgaruvchini kursorning ko‘k burchagida ajratish.
2.Bosh menyudan Symbolics®Variable®Solve (Simvolli ifoda®O‘zgaruvchi® Echish) buyrug‘ini tanlash. Tenglamani echish 1-rasmda keltirilgan.  

         Sonli echish. Algebraik tenglamalarni echish uchun Mathcadda bir necha funksiyalar mavjud. Ulardan Root funksiyasini ko‘rib chiqamiz. Bu funksiyaga murojaat quyidagicha:
Root(f(x),x).

1-rasm. Tenglamani simvolli echish.

Root funksiyasi iteratsiya usuli sekuщix bilan echadi va sabab boshlang‘ich qiymat oldindan talab etilmaydi. 2-rasmda tenglamani sonli echish va uning ekstremumini topish keltirilgan.
Tenglamani echish uchun odlin uning grafigi quriladi va keyin uning sonli echimi izlanadi. Funksiyaga murojaat qilishdan oldin echimga yaqin qiymat beriladi va keyin Root funksiya kiritilib, x0= beriladi.

2-rasm. Tenglamani sonli echish va uning grafigini qurish.

Root funksiyasi yordamida funksiya hosilasini nulga tenglashtirib uning ekstremumini ham topish mumkin. Funksiya ekstremumini topish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
1.Ekstremum nuqtasiga boshlang‘ich yaqinlashishni berish kerak.
2.Root funksiyasini yozib uning ichiga birinchi tartibli differensialni va o‘zgaruvchini kiritish.
3.O‘zgaruvchini yozib teng belgisini kiritish.
4.Funksiyani yozib teng belgisini kiritish.
Root funksiyasi yordamida tenglamaning simvolli echimini ham olish mumkin. Buning uchun boshlang‘ich yaqinlashish talab etilmaydi. Root funksiya ichiga oluvchi ifodani kiritish kifoyadir (masalan, Root(2h2+h-bb,h)). Keyin Ctrl+. klavishasini birgalikda bosish kerak. Agrar simvolli echim mavjud bo‘lsa,  u paydo bo‘ladi. 

3674 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений