Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 23:41
Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar
Muallif: Mengliyev SH.
Qo`shilgan sana: 2014-09-02
Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar
Ayrim o‘zgarmaslarga global qiymatni berish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak bo‘ladi:
1.O‘zgarmas nomi kiritiladi.
2.Matematika panelidan Evaluation Toolbar (Baholash paneli) tugmasi bosiladi.
3.Ochilgan Evaluation (Baholash) oynasidan Global Definition (Global aniqlash) tugmasi bosiladi yoki Shift+~ tugmalari baravar bosiladi. Bunday aniqlanish barcha hujjatlar uchun ta’sir qiladi, ya’ni barcha hujjatlarda bu qiymatni ishlatish mumkin. Sonli hisoblashlardan tashqari Mathcad belgili (simvolli) hisoblashlarni ham amalga oshiradi. Bu degani hisoblashlar natijasini analitik ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Masalan, aniqmas integral, differensiallash va boshqa shu kabi masalalarni echishda uning echimini analitik ko‘rinishda tasvirlaydi. Bunday oddiy simvolli hisoblashlar 9-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Simvolli hisoblashlarni bajarish.
Simvolli hisoblashlarni bajarishda ikkita asosiy vosita mavjud:
Bu vositalar ancha murakkab simvolli hisoblashlarda qo‘llaniniladi. Hozir esa oddiy simvolli hisoblashni bajarishning eng sodda usuli, ya’ni tez-tez ishlatilib turiladigan usullardan biri - simvolli tenglik belgisi (.) usulini ko‘rib chiqamiz. Quyida bu usuldan foydalanishning ketma-ketlik tartibi berilgan:
1.Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi bosiladi.
2.Ochilgan panel oynasidan Calculus (Hisoblash) ni tanlab, aniqmas integralni sichqonchada chiqillatiladi (misol tariqasida aniqmas integral qaralayapdi).
3.Kiritish joylari to‘ldiriladi, ya’ni funksiya nomi va o‘zgaruvchi nomi kiritiladi.
4. Simvolli belgi tengligi (.) belgisi kiritiladi.
Simvolli hisoblash vositalari Jadval 1
Vosita |
SHablon |
Ta’rifi |
float |
· Float, · |
Siljuvchi nuqtani hisoblash |
complex |
· complex, · |
Kompleks son formasiga o‘tkazish |
expand |
· expand, · |
Bir necha o‘zgaruvchili yig‘indi, ko‘paytma va darajani ochish |
solve |
· solve, · |
Tenglama va tenglamalar tizimini echish |
simplify |
· simplify, · |
Ifodalarni ixchamlash |
substitute |
· substitute, · |
Ifodalarni hisoblash |
collect |
· collect, · |
Oddiy yig‘indida tasvirlangan palinom ko‘rinishdagi ifodani ixchamlash |
series |
· series, · |
Darajali qatorda ifodani yoyish |
assume |
· assume, · |
Aniq qiymat bilan yuborilgan o‘zgaruvchini hisoblash |
parfrac |
· parfrac, · |
Oddiy kasrga ifodalarni yoyish |
coeffs |
· coeffs, · |
Polinom koeffitsienti vektorini aniqlash |
factor |
· factor, · |
Ifodalarni ko‘paytuvchilarga yoyish |
fourier |
· fourier, · |
Fure to‘g‘ri almashtirishi |
laplace |
· laplace, · |
Laplas to‘g‘ri almashtirishi |
ztrans |
· ztrans, · |
To‘g‘ri z-almashtirish |
invfourier |
· invfourier, · |
Fure teskari almashtirishi |
invlaplace |
· invlaplace, · |
Laplas teskari almashtirishi |
invztrans |
· invztrans, · |
Teskari z-almashtirish |
MT |
· T |
Matritsani transponirlash |
M-1 |
· -1 |
Matritsaga murojaat |
|M| |
|·| |
Matritsa determinantini hisoblash |
Modifiers |
|
Modifier panelini chiqarish |
Limitlarni hisoblash. Mathcadda limitlarni hisoblashning uchta operatori bor.
1.Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi basilsa, Colculus (Hisoblash) paneli ochiladi. U erning pastki qismida limitlarni hisoblash operatorlarini kiritish uchun uchta tugmacha mavjud. Ularning birini bosish kerak.
2.lim so‘zining o‘ng tomonidagi kiritish joyiga ifoda kiritiladi.
3.lim so‘zining ostki qismiga o‘zgaruvchi nomi va uning intiladigan qiymati kiritiladi.
4.Barcha ifodalar burchakli kursorda yoki qora rangga ajratiladi.
5.Symbolics®Evaluate®Symbolically (Simvolli hisoblash® Baholash® Simvolli) buyruqlari beriladi. Mathcad agar limit mavjud bo‘lsa, limitning intilish qiymatini qaytaradi. Limitlarni hisoblashga doir misollar 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Limitlarni hisoblash.
4230 marta o`qildi.