Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 22:58
Delphi sonli berilganlarni grafik tasvirlash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-04-02
Delphi sonli berilganlarni grafik tasvirlash
Sonli berilganlarni grafik tasvirlash uchun Chart komponentidan foydalaniladi.Ushbu komponent Additional sahifasida joylashgan.Komponent ko’p sonli maxsus xossalarga, hodisa va metodlarga ega. Eng sodda metod bo’lgan Sin(x) funksiya grafigini qurishni ko’rib o’tamiz.Birinch komponent formaga joylashtiriladi. Uning ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosilib, yordamchi menyu chaqiriladi.Ushbu menyuning Edit Chart opsiyasi yordamida komponent redaktorining ko’p sahifali oynasi chaqiriladi.
Rasm 1.
Rasm 1. ni ustiga sichqoncha bilan bosib rasm 2. ni xosil qilamiz.

rasm 2.
Ushbu oynaning Series zakladkasi TcharSeries sinfi ob’ektlariga murojaat imkoniyatini beradi.Ular sonlarni grafik tasvirlash vazifasini bajaradi. Berilganlarni tasvirlash uchun eng kamida bitta seriya yaratilishi kerak.Buning uchun redaktor oynasida Add tugmasi bosiladi va grafikning mos tipi tanlanadi.

rasm 3.

rasm 4.
Redaktor yopilgandan so’ng komponent grafikning taxminiy ko’rinishiga ega bo’ladi.

rasm 5.
Ammo uning haqiqiy ko’rinishi ishlayotgan dastur da yaratilyvchi berilganlarga bog’liq bo’ladi va seriyaga TCharSeries ob’ektining AddX, AddY, yoki AddXY metodlari qo’shiladi (seriyaga murojaat qilish uchun Series[n] indekslangan xossadan foydalanish mumkin.Birinchi yaratilgan seriya 0 indeksga, ikkinchisi 1 va hokazo indeksga ega.Quyida sin(x) funksiyasi grafigini yaratish formasining OnActivate hodisasini qayta ishlovchi prosedurasini ko’rib o’tamiz.
Misol 1. sin(x) grafigi.

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;
begin
for i:= 1 to 10 do
Chart1.Series[0].AddXY(i,sin(x));
end;
end.
3230 marta o`qildi.