linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internetga ulanish tartibi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-14

Internetga ulanish tartibi

Internetga bog‘lanish  uchun nima qilish kerak? Internetga bog‘lanish uchun avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma ta’minotiga ega bo‘lish kerak. Provayder telefon raqamlarini olish, hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi (Login) va narol (Rassword)ga ega bo‘lish zarur.
Internetga ulanish tartibini aniq bir misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Faraz qilaylik, O‘zbekistonda Internet xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlardan biri bo‘lgan "Simus" orqali  siz Internetga ulanmoqchisiz. Buning uchun siz avvalo kompyuteringizdagi Сетевое окружениеtizim tarikibiga kiruvchi Сетевые подключения  (tarmoqqa ulanish) standart programmasi yordamida kompyuteringizni provayder serveriga avtomatik tarzda ulanish uchun sharoit yaratib olishingiz kerak. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Windows  XP ish stolidan Сетевое окружениеbelgisini izlab topasiz va sichqoncha ning chap tugmachasini unda ketma-ket ikki marta bosasiz. Natijada kompyuter ekranida Сетевое окружениеdarchasi ochiladi (1-rasm).

1-rasm

Bu darchada kompyuteringiz tarmoqqa ulangan bo‘lsa va tarmoqdagi qaysidir kompyuterladan ma’lumot almashgan bo‘lsangiz, o‘sha kompyuterlarning IP adreslari mavjud bo‘ladi.
2. Ekranda paydo bo‘lgan Сетевое окружениеdarchasining chap tarafidan Otobrazitь Сетевые подключения  belgisini topasiz va sichqonchaning chap tugmachasini unda bir marta bosasiz. Natijada kompyuter ekranida Сетевые подключения  darchasi paydo bo‘ladi (2-rasm).

2-rasm

Ushbu darchada Создание нового подключения yozuvi va belgisini topasiz. Agar oldindan bog‘lanishlar tashkil etilgan bo‘lsa, u holda bu darchada bu bog‘lanishlarning belgilari bo‘lishi mumkin.

3. Создание нового подключения belgisida sichqoncha  chap tugmachasini bir marta bosasiz. Kompyuter ekranida muloqot tarzida ishlovchi quyidagi Мастер новых подключений darchasi paydo bo‘ladi (3 - rasm).

3-rasm

4. Ushbu darchadagi Далее tugmasini bosamiz va hosil bo‘lgan Tarmoqning ulanish turi oynasidan Подключить к Internetу (Internetga ulanish) bo‘limini tanlaymiz hamda Далее tugmasini bosamiz (4-rasm).

4-rasm

5. Darchaning Установить подключение вручную (Foydalanuvchi tomonidan ulanishni yuklash) bo‘limi tanlanib Далее tugmasi bosiladi (5 - rasm).

5-rasm

6. Internetga ulanish darchasidagi Через обычный модем (Oddiy modem orqali) bo‘limini tanlab, Далее tugmasi bosiladi.

6-rasm

7. Ulanish nomi bo‘limida piktogrammani nomi kiritiladi, masalan, Simus deb, so‘ngra yana Далее tugmasi bosiladi.

7-rasm

8.  Provayder telfonni kiritib, masalan, 228060, Далее tugmasi bosiladi.

8-rasm

9. Hosil bo‘lgan quyidagi oynada kerakli parametrlar kiritiladi, masalan,
Имя пользователя: Umarov Sh
Пароль:                    159753
Подтверждение:     159753
Izoh: Parol kiritilayotganda uning o‘rnida nuqtalar hosil bo‘ladi, sababi sizning parolingizni boshqa bir foydalanuvchi bilib olmasligi uchun.So‘ngra yana Далее tugmasi bosiladi.

11524 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений