Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 21:44
Windows 10/8/7 kompyuter parolini USB fleshka bilan olib tashlash
Muallif: Mengliyev SH.A.
Qo`shilgan sana: 2022-03-15
Windows 10/8/7 kompyuter parolini USB fleshka bilan olib tashlash
Biz o`zimiz bilmagan holda kompyuterimiz parolini yoddan chiqarishimiz yoki bo`lmasa biror kishi administratorning parolini o`zgartirib ketishi mumkin, bunday hollarda kompyuterga qaytadan Windows 10/8/7 OS o`rnatish shart emas (rasm 1). Buning uchun bizga “HBCD_PE_x64.iso” dasturi yordam beradi. Bu dasturni https://www.hirensbootcd.org/download/ havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
rasm 1.
Qadam 1. Bu dasturni yuklab olishgandan so`ng usb fleshkaga yuklaymiz uchun http://isotousb.com/ saytdan isotousb_setup.exe faylni yuklab yuklangan faylni o`rnatib fleshkaga HBCD_PE_x64.iso yuklab olamiz (rasm 2).

rasm 2.
Qadam 2. Kompyuterni qayta yuklaymiz va Boot Menu orqali USB diskni yuklab olamiz (rasm 3).

rasm 3.
Qadam 3. Windows OS yuklanadi undan pusk menyudan Security dan Passwords bo`limidan NT Password Editni ishga tushuramiz (rasm 4).

rasm 4.
Qadam 4. . NTPWEdit 0.7 ishga tushirib berilgan administrator ni tanlab Change password orqali yangi parol yoki parolni shunchaki yozmasdan olib tashlash mumkin. Sizda parol turgan foydalanuvchi(administrator) boshqa nomda bo`lishi mumkin. Save charges tugmasini bosamiz va o`zgarishlarni saqlaymiz (rasm 5).

rasm 5.
Etiboringiz uchun rahmat.
31332 marta o`qildi.