Ma`lumotlar : 1092
Xabarlar soni: 591
Bugun: 16.11.2026
Soat: 21:21
Borland C++ Builder da ko'rsatkichlar bilan ishlash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2016-04-08
Borland C++ Builder da ko'rsatkichlar bilan ishlash
Ko'rsatkich. O'zining qiymati sifatida xotira manziliini ko'rsatuvchi (saqlovchi) o'zgaruvchilarga - ko'rsatkich o'zgaruvchilar deyiladi.
Masalan : Ko'rsatkichning qiymati
1) 0x22ff40
2) 0x22ff33
3) va xakazo kabi xotiraning aniq qismi bo'lishi mumkin.
Boshqa o'zgaruvchilar kabi, ko'rsatkichlardan foydalanish uchun ularni e'lon qilish, toifasini aniqlash shart.
int *countPtr, count;
bu yerda countPtr - int toifasidagi ob'ektga ko'rsatkich, count esa oddiy butun (int) toifasidagi o'zgaruvchi. Ko'rsatkichlarni e'lon qilishda har bir o'zgaruvchi oldigan * qo'yilishi shart.
Misol 1: Ko'rsatkich ko'rsatayotgan manzili qiymatini dasturi
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int n = 5;
int * nPtr;
// & manzilini olish amali
nPtr = &n;
*nPtr = 15;
Edit1->Text=IntToStr(n);
Edit2->Text=IntToStr(nPtr);
Edit3->Text=IntToStr(*nPtr);
}
Natija:

Misol 2: Ko'rsatkich - joylashgan manzili dasturi
void __fastcall TForm1::Button1Click(TObject *Sender)
{
int n = 5;
int * nPtr;
nPtr = &n;
Edit1->Text=IntToStr(n);
Edit2->Text=IntToStr(&n);
Edit3->Text=IntToStr(nPtr);
Edit4->Text=IntToStr(*nPtr);
}
Natija:

Ekranda quyidagicha natija chiqariladi:
Murоjaatlar
Murоjaatlar e’lоnda ko’rsatilgan nоmning sinоnimi sifatida ishlatiladi, yani bitta o’zgaruvchiga хar хil nоm bilan murоjaat qilish mumkin. Murоjaatni dоimiy qiymatga ega bo’lgan ko’rsatkich dеb qarash mumkin bo’ladi. Murоjaat quyidagicha e’lоn qilinadi:
<toifa> & <nоm>;
Bu yеrda <toifa> – murоjaat ko’rsatuvchi qiymatning toifasi, ‘&’ bеlgisi, undan kеyin yozilgan <nоm>- murоjaat toifasidagi nоm ekanligini bildiruvchi оpеratоr.
Bоshqacha aytganda ‘&’ bеlgisiga adrеsni оlish amali dеyiladi.
Namuna:
int k;
int & p = k;
// p murоjaati - k o’zgaruvchisining altеrnativ nоmi
6990 marta o`qildi.