linkedin facebook linkedin facebook nod32

Denwer dasturini o'rnatish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-10-30

Denwer dasturini o'rnatish

Video darslik

Denwer distributivini o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Denwer sayt tayyorlash uchun php dasturini mysql bilan bog`laydigan dastur yani phpmyadmin baza qismi mavjud. 

O‘rnatishni boshlaymiz. Dastlab distributivni oxirgi versiyasini ko‘chirib olamiz va ko‘chirilgan faylni ishga tushiramiz.

“ДА” tugmasini bosib, o‘rnatilishni boshlaymiz.

Denwer ni ishga tushirishni tayyorladi. So`ngra quyida oynada Brovzer oynasini yopishni so`raydi.

Brovzerni yopgandan so`ng quyidagi oyna ham avtomatik yopiladi.

Quyidagi oynada c diskga webservers katalogini hosil qilishni so`raydi. Agar siz boshqa katalog nomini kiritishni hohlasangiz unda [C:\WebServers]: dan keyin C:\WServerx yoki ihtiyoriy nom kiritish mumkin WServerx katalogi hosil bo`ladi.

ENTER tugmasini bosamiz.

Katalogni o`rnatish uchun y kiritib Enter tugmasini bosing.

Yana Enter tugmasini bosishni so`raydi.

ENTER Yaratiladigan virtual disk uchun harf tanlash kerakligi eslatiladi va sizdan biror harf tanlash kerakligi so‘raladi(Z) ihtiyoriy harf kiritish mumkin.

ENTER Fayllar ko‘chirilish boshlanishi haqida ma'lumot chiqadi.

WServerx katalogini hosil qilish jarayoni.

1 tanlasangiz virtul disk kompyuter yoqilganda paydo bo‘ladi, agar 2 tanlasangiz virtul disk qachonki serverni ishga tushirganingizda paydo bo‘ladi. Biz uchun 1 yaxshiroq variant(rus tilida shu hodisa tushuntirilib o‘tilgan).

Y tanlab ENTER Ish stolida denwerni boshqaradigan “ярлык”lar hosil qilish kerakligi so‘raladi(start, stop, restart). Y Oxirida dastur xatosiz o‘rnatganligi haqida ma'lumot chiqadi Va ish stolida quyidagi “ярлык” lar paydo bo‘ladi.
Dastur o`rnatilgani haqida habar beradi.

Dastur to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshiramiz. Uning uchun, ish stolidagi  Start Denwer “ярлык”ini ishga tushiramiz va barcha xizmatlar( mysql, apache) ishga tushayotganini ko‘ramiz. Undan so‘ng biror bir brouzerni ishga tushirib(opera, Mozilla, IE, Chrome), adres yoziladigan joyga localhost deb yozamiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa, quyidagi ma'lumot ekranga chiqadi. Disklar ro‘yxatini qarasangiz, yangi K nomli disk paydo bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. Bu disk ichidagi ma'lumotlar, K:\WServerx ichidagi ma'lumotlar bilan bir hil. Ya'ni bu disk adresga link(ko‘rsatkich) hisoblanadi.

Agar siz Win+R yoki пуск dan “Выпольнить” tanlab http://localhost deb yozib Enterni bossangiz.

Brovzerda quyigagi hosil bo`ladi.

Brovzerda faqat manzilni ishlatmoqchi bo`lsangiz. WServerx ichida home katalogi ichki qismiga nom masalan: tami.uz katalogi va uning ichki qismiga WWW katalogini hosil qilib yaratiladigan katalogning ichki qismiga Index.php yoki .php kengaytmali faylni kiritib chiqing. Brovzerda faqat katalogning nomini kiritishingiz mumkin. Masalan tami.uz
C:\WServerx\home\localhost\ katalogning ichki qismiga katalog yaratsangiz masalan tami.uz Brovzerga localhost\tami.uz nom bilan kiritib ishga tushurish kerak.

Manzil kiritsangiz baza bilan ishlash katalogidir.

Siz o`z bazangizni yaratishingiz mumkin PhpMyAdmin bo`limida.

2148 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений