linkedin facebook linkedin facebook nod32

Perl, ASP, PHP, JSP, SSI tillar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-09-02

Perl, ASP, PHP, JSP, SSI tillar

Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni qidirish va taxrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari bilan Perl tili Internet ning asosiy tillaridan biri bo‘lib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda Perl-interpretator o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perl ning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Ko‘pgina Web-serverlar UNIX da ishlaydi, Perl interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi.

ASP (Active Server Pages) ASP-ma’lumotlar bazalari tashkil etish va ular bilan ishlash vazifalarini bajarishda juda moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari server tomonida ishlaydi va HTML-kod va ssenariylar kabi foyllarni qayta ishlaydi. ASP texnologiyasi VBScript, Java va JavaScript tillarini qo‘llab quvvatlaydi. ASP-kod ixtiyoriy HTML-xujjatdan, shu bilan birga boshqa ASP-xujjatdan chavirilishi mumkin. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .asp bo‘ladi. ASP texnologiya Windows NT va Microsoft IIS Web-serveriga mo‘ljallangan hisoblanib, imkoniyatlari va samaradorligi yuqori bo‘lganligi bois ko‘pgina kompaniyalar o‘z vositalariga ASP ni qo‘llab quvvatlash imkoniyatlarini kiritmoqdalar. ASP-vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha yirik kompaniya Chillsoft Lider sredi nezavisimыx proizvoditeley ASP-sredstv – kompaniya Chillsoft UNIX ning bir qancha turi va turli Web-serverlardi ASP ni qo‘llash imkoniyatini kiritgan. Ko‘pgina HTML- muxarrirlar, masalan Adobe GoLive ham ASP ni qo‘llab quvvatlaydi. ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni o‘zida jamlagan: HTML-xujjatni dinamik generatsilaydi, formalarni qo‘llab quvvatlaydi, ma’lumotlar bazasiga ruxsatni tashkil etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash tili ham, ilova ham emas, u interaktiv Web-sahifa hosil qilish texnologiyasi.

PHP – bu serverda qayta ishlanuvchi ssenariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham bevosita HTML-xujjatni tarkibiga qo‘shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools so‘zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modernizatsiyalashtiraoladi.

JSP (JavaServerPage) texnologiyasi o‘zining funksional imkoniyatlariga ko‘ra ASP ga o‘xshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qo‘llanila oladi. SHunga qaramay JSP Java dan oldinroq qo‘llanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun etarli imkoniyatga ega.

SSI (Server Side Include) vositasi dastlab HTML-faylni dastlab serverda qayta ishlaydi va undan so‘ng uni klientga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida xujjatga dinamik generatsiya qilingan ma’lumotlar qo‘shiladi, masalan joriy vaqt haqidagi ma’lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qo‘shimcha qo‘llanmalar qo‘shishga mo‘ljallangan, HTMLning qismi hisoblanadi.

1107 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: sardor
Qo`shilgan sana: 2015-09-02

zor

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений