linkedin facebook linkedin facebook nod32

Html, Xml, Xhtml, Wml belgili tillar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-09-02

Html, Xml, Xhtml, Wml belgili tillar

Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o‘rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo‘lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web- sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko‘rish imkoniyati mavjeddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilokalar) ta’minlashdan iborat.

HTML (HyperText Markup Language) Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML xujjatlarni ko‘rishga mo‘ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o‘xshash tizim bo‘lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o‘z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalvrni oladi. Xujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-xujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo‘llaganingizga qarab braueer oynasida ma’lumotlar turlicha ko‘rinadi. HTML xujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan, <p> va </p> teglari abzatsni tashkil etadi, <i> va </i> juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. SHu bilan birga gipermatnli ssilkalar teglari ham mavjud. Ushbu
elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa xujjatga bog‘lanish imkonini beradi.

XML (eXtensible Markup Language).XML tili ham HTML tiliga o‘xshash til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o‘zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasigama’lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.

XHTML. XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan xujjatning tashqi ko‘rinishi platformaga bog‘liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o‘zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo‘lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda qo‘llaniladi;

951 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: ruslan
Qo`shilgan sana: 2015-10-24

sizga raxmat

Foydalanuvchi ismi: ruslan
Qo`shilgan sana: 2015-10-24

sizga raxmat

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений