linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sitsiliancha himoya Karpov va Kuzmin oliy liga Moskva 1973

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-30

Sitsiliancha himoya Karpov va Kuzmin oliy liga Moskva 1973

1. e2-e4    c7-c5
2. Kg1-f3   d7-d6
3. d2-d4   c5:d4
4. Kf3:d4   Kg8-f6
5. Kb1-c3   a7-a6

Men doimo, sitsiliancha himoya oqlar uchun dastlabki yurishlardanoq o`ylamasdan majburiy variantlar qa’riga sho`ng`ish shart emas, degan fikrga amal qilib kelganman. Markazdagi ustunlik ularga muammolarni vazmin pozitsiyaviy vositalar bilan hal qilish imkoniyatini beradi.

6.    . . .    Fd8-c7

6. . .e5 ham anchagina keng tarqalgan yurishlardandir.

7. a2-a4    g7-g6

Bu yerda 7. . .e5 izchilroq ko`rinadi. Qoralar drakon sxemasiga o`tib, o`z ustiga muayyan mas’uliyat olmoqda, chunki ular muhim tempni (6…Fc7) ketkazib qo`yadi.

8. Kd4-f3   . . .

Durao –Smeykal partiyasida 8. Ce2 uchragan edi. 8. . .Cg7 9. Ce3 Kc6 10. 0-0   0-0 11. Kph1 Ka5 (11. . .e5 mantiqliroq) 12. Fd3! e5 13. Kb3  K:b3 14. cb Ce6 15. f5! Dan keyin oqlar ustunlikka erishgan edi. (agar 15. . .C:b3 bo`lsa, 16. La3). Lekin bu uchrashuvda qoralar juda keskin harakat qilgan, binobarin, ularning o`yiniga, shubhasiz, tuzatish kiritish mumkin.
Shuning uchun menda ushbu bellashuvda kuchlarning boshqacharoq joylashuvini sinab ko`rish ishtiyoqi tug`ilgan edi.

8.    . . .        Cc8-g4

Bu yurish-turish ko`rinishidan biroz barvaqtroq. 8. . .Cg7 (8. . .Kc6-9. Kd5 va qoralar qiyinchiliklar mintaqasiga tushib qolishi mumkin) 9. Cd3  0-0 10. 0-0  Kc6 bo`lganda, barcha qora sipohlar o`yinga chiqib bo`lar va oxiri navbat c8 dagi filga ham borib yetardi. Shundan keyin vujudga keluvchi pozitsiya bilan Ufimtsev himoyasi variantlaridan birida sodir bo`ladigan vaziyatni solishtirib ko`rish qiziqarli bo`ladi: 1. e4 d6 2. D4  Kf6 3. Kc3 g6 4. F4 Cg7 5. Kf3 c5 6. De  Fa5 7. Cd3  F:c5 va hakazo. Bu qiyoslash yana bir karra 8. . .Cg7 yurishi juda o`rinli bo`lardi, degan fikrga olib keladi. Chamasi, 8. . .Cg7 ga beriladigan javob-9. e5 yurish Kuzminni betinch qilgan ortiqcha foyda keltirmas edi: 9. e5 de 10. Fe Kg4 11. Kd5 (11. Cf4 K:e5 12. Kd5 Fd6 qoralarga xavfli emas) 11. . .Fc5 (11. . .Fd8 12. Cf4 Ce6! Yoki 11. . .fd8 12. La3?! Kc6 13. Ld3 Cf5 14. Kf6+ef 15. L:d8+L:d8 16. Fe2 Kb4 ham mumkin) 12. Fd4 F:d4   13. K:d4   0-0 14. K:e7+Kph8 15. K:c8 L:c8 16. Ce2 K:e5 17. 0-0  - endshpilda imkoniyatlar deyarli teng.

9.  Cf1-d3     . . .

O`z oqibatlariga ko`ra gambitli o`yin aslo ravshan emas: 9. e5 de 10. Fe C:f3 11. F:f3 F:e5+12.Ce2 Kc6 13.Cf4 Fe6 (13…Fa5 bo’lsa,14.b4!? bilan hisoblashmoq darkor-endi 14…K:b4 15.F:b7 singari 14…F:b4 15.Lb1 ham oqlarga hujum beradi.13…Fs5 14.Se3dan keyin qora farzin joyiga-e5ga qaytishi kerak, chunki 14…Fb4 15.0-0 Cg7 16.Kd5 Fa5 17.Cb5!ab 18.Cb6 Fd2 19.Kc7+yoki 14…Fb4 15. 0-0 Cg7 16.Kd5 Fd6 17.Lad1 bo’lganda qoralar qattiq xujum ostida qolishi mumkin) 14.0-0-0 Cg7 15.Lhe1 Fc8.

9.     . . .    Kb8-c6
10. h2-h3    . . .

10. ..Kd4 dan cho’chimay10. 0-0 qilish ham mumkin edi.10. …Kd4 ga samarador 11.Cb5+ bilan javob berilar edi. 10. 0-0 Cg7 11.Fe1 0-0   12.Fh4 dan keyin kurash biroz boshqacharoq yo’nalish olgan bo’lardi.

10.    . . .   Cg4:f3
11.   Fd1:f3   Cf8-g7

Dardkamiga qilinadigan 11.  ..Fb6 ga   12.a5! K:a5 13.e5 de 14.fe  Kd7 15.Kd5 Fd8
16.e6! fe 17.Fg3! ed 18.F:g6+ (mot bilan) o’ynash mumkin edi.

12. 0-0    0-0

Debyut ortda qoldi va qoralar safarbarlikni butkul tugatgan ekan,ular oldida muhim muammolar yo’qqa o’xshaydi.Lekin har holda oq filning yo’qligi bo’lajak mittlshpil operatsiyalarida qoralarning imkoniyatlarini toraytirib qo’yadi.

13. Cc1-d2  e7-e6

Yuzaga kelgan sharoitda  13. …e5 yaxshi bo’lmasa kerak,chunki 14. F5 (14.Lad1 yoki 14.Krh1 ham yomon emas) va oqlar d5 punktini egallab oladi. Balki qoralarga sipohlarni o’ynatishga alohida e’tibor berish kerak edi. 13. …Kb4 yoki 13. ..Kd7 shu maqsadga mos tushardi.

14. Kc3-e2    . . .

Endi 14. ..Kb4 ga javoban oqlar 15. Ce3! Va 15. C:b4 Fb6+16. Ff2 F:b4 17.c3 Fa5 (17. ..  F:b2? Emas-18.Fe3! va qora farzin qopqonda) 18.b4 Fc7 dan birini tanlashi mumkin.Ikkala holda ham oqlarning imkoniyatlari afzalroq. Lekin oq ot d5 punktidan uzoqlashgan ekan,ayni shu topda qoralar  14.  ..e5 yurishini o’ylab ko’rsa arzirdi, balki (15. f5-15. ..d5).

14.     . . .     La8-c8

Rux ‘s’liniyasida o’ziga ish topolmaydi va tez orada unga ‘propiska joyi’ni o’zgartirishga  to’g’ri keladi.

15 Kpd1-h1   . . .

Oqlarga farzin flangida keng imkoniyatlar (c2-c4,b2-b4,Cd2-e3 va boshqa) berivchi ixcham ehtiyotli yurish. Darvoqe,birdaniga 15.c4 o’ynash yaxshi bo’lmas edi,chunki 15.  ..Kb4 16.C:b4 (17. ..dc 18.Ce1 c4+19.Cf2-abjir fil hamma joyga ulguradi) 18.cd e5!19. fe Kd7 va qoralar bergan hamma narsasini qaytarib oladi va ajoyib pozitsiyaga erishadi.

15.  . . .  e6-e5

Ertami-kachmi qoralarga bu asosli strategic yurishni amalga oshirishga to’g’ri kelardi.

16.    Ke2-c3   . . .

Ot d5 punkti uchun  bo’ladigan jangda qatnashishi uchun c3 xonasiga qaytishga shoshilyapti. 16.f5 ga qoralar tag’in 16. ..d5 qarshi zarbasi bilan kavob bera olardi.

16. . . .  e5:f4

Qoralar 16. ..Kb4 hamlasidan taktik mulohazalar-17.Kb5!? va (17. ..Fc5 sifat ketishiga  olib boradi-18. Ce3) 18.C:b4 Kh5 (18… ef ga 19….ef) 19… Kf4 (qoralarga yaxshi qarshi o’yinga ega) tufayli emas,balki pozitsiyaviy 17. f5 borligi uchun voz kechishi kerak bo’ladi. Tekstdagi yurishdan tashqari,16… Lfe8 ham e’tiborga loyiq edi.Endi 17. f5 bo’lsa, 17…Kd4 18. Ff2 b5-qoralar juda maqbul pozitsiyaga ega.

17. Cd2:f4             Kc6-b4
18.Cf4-d2               Kf6-d7
19. Ff2-d3              Fc7-c6

Ikkala tomon ham raqib pozitsiyaga tazyiqni kuchaytirishga intilib, o’z sipoxlarini yaxshiroq joylashtirmoqda.Umuman olganda kichik maydoniy ustunlik oqlar tomonida qolmoqda.

20. Cd2-g5   . . .

20.Kb5 o’tmasdi,chunki 20.K:d3 Ka7 21.F:c2! 22.K:c8 L:c8.

20.  . . . Lc8-e8
21. La1-d1   Kd7-e5

Muhim fursat .e4 piyodasiga tazyiqni kuchaytiruvchi 21. .. Kc5ning yaxshiroqligi gumon. Endi 22. Fh4 Le5 (paytini topib d3 da almashtirish va f7-f5 o’ynash maqsadida )23.Cf4 (23.Ce7 Lfe8 24.L:f7 Kp:f7 25. Cc4+Ke6 bo’lganda qoralar qarshi xujumga o’tadi) 24.  .. Ce5 dan keyin qoralar mustaxkam pozitsiyaga ega bo’ladi.Biroq 21. .. Kc5 dan keyin oqlarga  “f” liniyasi bo’ylab o’yin qilish plani istiqbolliroq:
22. Fh4 Le5 23. Ce7 (23.Cf6 Le6 24. Kd5 Kc:d3 25.Ke7+L:e7 26. C:e7 F:c2 oqlarga xech narsa bermaydi)
23. .. Le8 24.Sf6-endi qoralar ehtiyot bo’lmog’i lozim. Qoralar uchun, balki, 21… h6 (filni f6 qurshov xonasidan chalg’itib ) eng aniq yurish edi:22.Cf4 va mana endi 22. ..Ke5.Bu holda tomonlarning imkoniyatlari taxminan baravarlashib qolardi.

22. Fd3-h4 Ke5:d3

Bu almashuv oqlarga yutuqga o’ynash uchun real asoslar beradi.To’g’risi 22. .. Le6 23.Ch6 bo’lib, qora fillar almashib ketgach, oqlar ‘f’ liniyasi bo’ylab biroz tazyiqga ega bo’lardi xolos.

23. c2:d3  Fc6-d7

Butun front bo’ylab chekinish boshlanmoqda.

24. Cd5-f6      a6-a5
25.  d3-d4        . . .

Oqlarning  pozitsiyaviy va maydoniy ustunligi xavfli tus olmoqda. Markazdagi jips oq piyodalar muhim punktlarni nazorat qilib turibdi, ayni vaqtda qoralar joylashuvida zaifliklar oz emas. Ularga ximoyalanish endi oson emas.

25.  . . .   Le8-e6                                     

26.  e4-e5!  . . .

Deyarli teng bo’lib turgan bir paytda shoxga xujum boshlanmoqda. 26.  ..de Fc6dan keyin qoralar hali himoyalansa bo’lardi, deb hisoblagan sharhchilar xaq emas edilar. Uncha murakkab bo’lmagan hisob shuni ko’rsatadiki,26.  ..de 27.Ke4!da (28.Kc5 kabi 28.Kd5 yoki 28.C:d7 Kp:d7 29. Kf6 xavfini ham tug’diradi) qoralar endi ko’pgina xavf-xatarlarni talafotsiz daf etishdan ojizlik qilib qoladi.

26.   . . . d6-d5
27. Cf6:d7 Kpd8 :d7
28. Lf1-f6     h7-h6
29. Ld1-f1    Le6:f6
30. Lf1:f6!   . . .

Bu 30. F:f6+Kpd8 31.Fb6 Fc6 32.Lf6 (31. F:a5 Fc4 bo’lganda,qoralarda qarshi o’yin alomatlari paydo bo’ladi) 32.  ..F:b6 33. L:b6 Lc8 ga qaraganda ancha aniqroq:yutuq ko’p qiyinchiliklar bilan bog’liq.

30.    . . . Lf8-e8
31. Kc3-e2  . . .

31.  .. Le6 ni 32. Kf4 L:f6 33.F:f6+ va  34.e5-e6 vositasi bilan daf etishni mo’ljallab.

31.   . . . Kb4-c6    
32. Lf6-d6  . . .

Balki 32. Kf4 yanada tezroq maqsadga eltardi: 32. ..K:d4 (32.  ..Ke7-33.e6) 33.K:d6 fd (33.  ..Ke6-34.Kf4)
34.F:d4 Fe7  (34. ..Kph7-35.Ff4; 34.  ..Le6-35. Fd4) 35. Fd3.Yoki 32.Kf4 Kd8 33.Fd3 Kph 34.K:d6 fd 35.F:d6+Kph8 36.e6!Fe7 37.Lf7 K:f7 38.ef Fe1+39.Kph2.

32.    . . . Fd7-f5     

32.  ..Fe7 bo’lganda oqlar o’yinni 33 Lf6 Fd7 34. Kf4 tarzida davom ettirar edi. Ayni vaqtda 33. F:e7 L:e7 34.L:d5?! f6 35. ef+Kp:f6  35. Kc3 Kpe6 qoralarda himoyalanish uchun ayrim umidlar tug’dirardi.

33. Ke2-d3  . . .

Balki, 33. Lf6 Fe4 34.Lf4 Fb1+35. Kph2 d5 36.Fd4 osonroq edi. Biroq endi ishga seytnot aralashib qolgandi.

33.  . . . Ff5-d3 
34. Ld6:d5 Le8-e6

Eng yaxshi imkoniyat!f4 xonasini mustahkam qo’riqlash darkor.

35. Fh4-f4    . . .

Farzini qo’riqlangan xonaga  (35 Fd4)qo’yish aniqroq bo’lardi.

35.   . . . Le6-e7

35.  ..Fc4 to’g’riroq bo’lib qoralarda himoyalanish imkoniyati tug’ilardi:36.Ld7 L:e5 (yoki 36.  ..K:e5).

36. Kpd1-h2 Kpd7-d8?

Ikkala tomon ham seytnotda!

37. Ff4:h6 Fd3-c4
38.Kg3-e4.

Qoralar taslim bo’ldi.

1043 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений