Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 196
Bugun: 21.1.2021
Soat: 7:36
Php da cookie ni o‘rnatish
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-08-26
Php da cookie ni o‘rnatish
Cookie — klient kompyuterida saqlanuvchi va u har safar serverga murojaat qilayotganda web-serverga yuboriladigan matn satridir. Shu tariqa ma’lumotlar turli skriptlar aro formalar yoki URL adreslarsiz uzatilishi mumkin. Cookie qiymatini o‘rnatish uchun quyidagi sintaksisdan iborat bo‘lgan setcookie funksiyasidan foydalaniladi:
bool setcookie (string name [, string value [, int expire [, string
path [, string domain [, bool securej]]]])
Funksiya klient kompyuterida saqlanuvchi cookie larni tasnif etadi. Quyida
ushbu funksiya parametrlarining tasnifi ketirilgan:
· name. Cookie ning nomi.
· value. Cookie ning qiymati.
· expire. Cookie ning amal qilish muddati. Agar u berilsa, u tugagach cookie o‘chirib
tashlanadi. Agar ko‘rsatilmasa, cookie brauzer oynasi yopilgandan so‘ng o‘chirib tashlanadi.
· path. Serverdagi cookie ga ruxsat etilgan adres.
· domain. cookie ga ruxsat etilgan domen.
· secure. HTTPS protokol orqali bog‘lanishda cookie ning havfsizlik belgisi. Standart
holatda cookie HTTPS uchun ham HTTP dagi kabi ishlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, cookie HTTP-so‘rovning qismi hisoblanadi va u brauzerga
yuboriladi. SHu sabab HTML-kod ormalashtirishdan oldin uning qiymati o‘rnatilishi
kerak. Bu shuni anglatadiki, setcookie funksiyasining qiymati HTML-tegdan oldin va
echo operatorigacha o‘rnatiladi.
Agar bu qoida saqlanmasa setcookie funksiyasini chaqirish FALSE qiymat
qaytaradi va bu cookie formirovka qilinishida xatolik bo‘lganligini anglatadi. cookie ning to‘g‘ri formirovka qilinishi funksiyaning TRUE qiymat qaytarishiga olib keladi.
Bu cookie klientga qabul qilindi degani emas albatta. CHunki brauzerni sozlashda cookie
o‘chirib tashlash yoki serverga jo‘natmaslik parametrlari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Cookie ni o‘qish
cookie qiymati o‘rnatilganidan so‘ng, sahifa qayta yuklanmagunicha darhol
undagi skript uchun cookie ga ruxsat mavjud bo‘lmaydi. CHunki cookie foydalanuvchi
kompyuterida saqlanadi va brauzer orqali web-serverga jo‘natiladi. Bundan tashqari,
cookie qachonki uning domeni server domeni bilan mos tushgandagina jo‘natiladi.
cookie ga ruxsatni olish uchun maxsus $_COOKIE superglobal massividan
foydalaniladi. Massivning qiymati sifatida oldin ishlatilgan cookie nomi olinadi.
Massiv odatda skript yuklanayotgan vaqtda $_GET, $_POST va $_REQUEST massivlari
bilan avtomatik tarzda to‘ldiriladi
cookie dan foydalanishdan oldin uning qiymati o‘rnatilganligiga ishonch hosil
qiling. Buning uchun isset funksiyasidan foydalanish juda qulay. Quyidagi misolda
message nomli cookie ning qiymati tekshirilishi va ko‘rsatilishi keltirilgan.
Misol:
<HTML>
<HEAD> <TITLE> Cookie ning qiymatini o‘qish </TTTLE> </HEAD>
<BODY>
<CENTER>
<N1> Cookie ning qiymatini o‘qish </Hl>
Cookie ning qiymati:
<?php
if (isset ($_COOKIE ['message']))
{
echo Cookie ning qiymati:' . $_COOKIE ['message' ] ;
}
else
{
echo 'Cookie o‘rnatilmagan' ;
}
?>
</CENTER;.
<BODY>
</HTML>
Cookie massivlarda ham tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Masalan quyida uchta cookie
o‘rnatilgan:
setcookie ("cookie[one]" , "Bugun");
setcookie ("cookie[two] ", "Hayot");
setcookie ("cookie[three] ", "go‘zal!") ;
Natijada $_COOKIE['cookie'] massiv qiymatlari quyidagi tarzda bosmaga chiqarilishi
mumkin:
if (isset ($_COOKIE ['cookie'])) {
foreach ($_COOKIE'['cookie'] as $data)
{
echo "$data <BR>";
…
FTP
Quyida FTP ning ba’zi atamalarini ko‘rib chiqamiz:
1. FTP
File Transfer Protocol (fayllarni almashish protokoli); tarmoq orqali (xususan Internet)
fayllarni uzatish protokoli. Buni bir kompyuterdan boshkasiga fayl nusxasini
ko‘chirish kabi tushunish mumkin.
2. FTP Server
Bu faylni junatilishi so‘rovini kutuvchi kompyuter yoki server.
3. FTP Client
Bu FTP serverga so‘rov jo‘natuvchi kompyuter. So‘rov tekshiruvi yoki tasdiqlanishidan
so‘ng FTP klient kompyuteri ma’lumotlarni serverga yuklashi yoki serverdan yuklab
olishi mumkin.
4. Anonim FTP
Ushbu serverga FTP klient kompyuteri orqali avtorizatsiyadan o‘tmasdan bog‘lanishi
mumkin. Bunday imkoniyatni bir nechta veb saytlarda ko‘rishimiz mumkin, qaysiki
ro‘yxatdan o‘tmasdan ma’lum fayllarni yuklab olish imkoniyatini beradi.
5. FTP Host Ushbu xizmat FTP sayt sifatida, ya’ni saytda ro‘yxatdan o‘tib, saytda keltirilgan
ma’lumotlar fayllarini yuklab olish imkoniyatini beruvchi kompyuter. Bu
foydalanuvchilar soni cheklangan pullik xizmat hisoblanadi.
6. FTP sayt
FTP xost kompyuteri tasarrufidagi foydalanuvchi login paroli talab qilinuvchi veb
sahifa. Xost serverda bir nechta veb-sahifa joylanishi mumkin, bunda har bir sayt uchun
alohida foydalanuvchi avtorizatsiyasi mavjud.
7. FTP Proxy
FTP Proxy bu shunaqa server kompyuterki, bunda so‘rov FTP serverga jo‘natiladi, ushbu
so‘rov proksi orqali o‘tib, keyin zarur manzilga yo‘naltiriladi.
1920 marta o`qildi.
![]() |
![]() |