linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ma’lumotlar bazasi va WWW

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-21

Ma’lumotlar Bazasi va  WWW

Ma’lumotlar bazasi o‘ta tez rivojlangan xamda MySQL va mSQL o‘zini ko‘rsatgan soxa, Internet uchun dasturlar yaratishdir. Internet uchun murakkab va ishonchli dasturlarga extiyoj oshgan sari ma’lumotlar bazasiga extiyoj xam oshibbormoqda. Server ma’lumotlar bazasi Internetda ko‘p funksiyalarni qo‘llashi mumkin. Xar qanday veb- saxifa ma’lumotlar bazasi tomonidan boshqarilishi mumkin.
Misol tariqasida o‘z katalogini WWW da e’lon qilmoqchi bo‘lgan va Internet orqali buyurtmalar qabul qilmoqchi bo‘lgan katalog bo‘yicha sotuvchini ko‘raylik.
Agar katalogni HTML-fayla shaklida e’lon qilinsa yangi tovar qo‘shilganda yoki narx o‘zgarganda kimdir katalogni taxrirlashi lozim bo‘ladi Agar buning o‘rniga katalog ma’lumotlarini relyasion ma’lumotlar bazasida saqlansa katalogdagi o‘zgarishlarni ma’lumotlar bazasidagi tovar yoki narx xaqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yo‘li Bilan real vaqt masshtabida e’lon qilish imkoniyati tug‘iladi.
Bundan tashqari katalogni mavjud buyurtmalarni qayta ishlash elektron tizimlari Bilan integratsiya qilish imkoniyati tug‘iladi. SHunday qilib bunday veb-saytni boshqarish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish sotuvchiga xam oluvchiga xam qulayliklar tug‘diradi.
SHu tarzda veb- saxifa ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanadi. Ma’lumotlar bazasi sizni  veb-serveringizda yoki sizni  serveringiz ma’lumot almashishi mumkin bo‘lgan boshqa mashinada joylashgan bo‘lishi mumkin.( yaxshi MBBT bunday vazifalarni taqsimlashni oson tashkil qila oladi). Siz o‘zingizning veb-saxifangizga forma joylashtirasiz va foydalanuvchi uzatish kerak bo‘lgan so‘rov yoki ma’lumotni shu formaga kiritadi. Formani serverga uzatgandan so‘ng,  server siz yozgan dasturni ishga tushiradi va bu dastur foydalanuvchi uzatgan ma’lumotlarni ajratib oladi. Bu dasturlar ko‘pincha CGI-ssenariylar yoki Java da server dasturlari shaklida yaratiladi, lekin dasturni HTML-saxifaga to‘g‘ridan to‘g‘ri joylashtirish xam mumkin.
Endi sizni dasturingiz foydalanuvchiga qanday ma’lumotlar kerak va u ma’lumotlar bazasiga nima kiritmoqchiligini biladi. Dastur ma’lumotlarni tanlash yoki o‘zgartirish uchun SQL komanda yaratadi, ma’lumotlar bazasi bo‘lsa qolganini bajaradi. Ma’lumotlar bazasidan olingan natijalarni sizni dasturingiz yangi HTML-saxifa shakliga keltirib qaytadan foydalanuvchiga yuboradi.
CGI xaqida tushuncha
Ko‘pgina akronimlar kabi, Common Gateway Interface (CGI - umuiy shlyuzli interfeys) moxiyat xaqida xech narsa demaydi. Interfeys nima bilan? Qaerda bu shlyuz? Qanday umuiylik xaqida so‘z bormoqda? Bu savollarga javobberish uchun orqaga qaytamiz va WWW ga nazar tashlaymiz.
Tim Berners-Li, CERN da ishlovchi fizik, Web ni 1990 yilda ishlab chiqdi, lekin reja 1988 yaraldi. G‘oya elementar zarralar fizikasi soxasidagi olimlarga Internet orqali tez va engil mulьtimediya ma’lumotlari - matn, tasvir va tovush Bilan almashishdan iborat edi. WWW uchta asosiy qismdan iborat: HTML, URL va HTTP. HTML –Web da saqlanayotgan ma’lumotlarni tasvirlash uchun mo‘ljallangan formatlash tili. URL - bu ma’lumotni veb-serverdan HTML formada (yoki boshqa bir) olish uchun ishlatiladigan adre. Va, nixoyat, HTTP - bu veb-serverga tanish bo‘lgan va klientlarga serverdan xujjatlarni olishga imkon beradigan tildir.

Internet orqali xamma turdagi ma’lumotni uzatish imkoniyati revolyusiya edi, lekin tez orada boshqa imkoniyat aniqlandi. Agar Internet orqali ixtiyoriy ma’lumotni uzatish mumkin bo‘lsa tayyor fayldan olingani emas dastur tomondan yaratilgan matnni yuborish mumkin emas? Bu Bilan juda keng imkoniyatlar yaratiladi. Sodda misol: joriy vaqtni chiqaruvchi dasturdan shunday foydalanish mumkinki, o‘quvchi saxifani xar bir ko‘qishda to‘g‘ri vaqtni ko‘radi. National Center for Supercomputing Applications (Superkompyutlar uchun dasturlar yaratish Milliy markazi -NCSA), veb-server yaratish bilan shug‘ullanayotgan xodimlari, bu imkoniyatni ko‘ra bildilar va tez orada CGI paydo bo‘ldi.

CGI - bu serverdagi dasturlar veb-server oqali klientlarga uzatishni belgilovchi qoidalar to‘plamidir. CGI Spetsifikatsiya HTML va HTTP, Larga yangi xarakteristikalar, ya’ni formalar kiritilishiga olib keldi.
Agar CGI dasturlarga klientlarga ma’lumotlar yuborish imkonini bersa, forma klientga dasturlar uchun ma’lumot yuborishga imkon beradi. Endi foydalanuvchi joriy vaqtni ko‘rib qolmasdan o‘zgartirishi xam mumkin! CGI formalari Web dunyosida chinakam interaktivlik uchun eshik ochdi. Keng tarqalgan CGI Amaliy dasturlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Dinamik HTML. Butun bir saytlar bitta  CGI-pdastur tomonidan generatsiya qilinishi mumkin.

2. Foydalanuvchi bergan so‘zlar asosida xujjatlarni topishga imkon beruvchi qidiruv mexanizmlari.

3. Mexmonlar kitoblari va foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarni qoldirishi mumkin bo‘lgan e’lonlar taxtalari.

4. Buyurtmalar blanklari.

5. Anketalar.

6. Serverda joylashtirilgan ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotni ajratib olish.

Keyinchalik biz CGI ma’lumotlar bazalari Bilan bog‘lanishga imkon beruvchi bu CGI-dasturlarni ko‘rib chiqamiz.

1218 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений