linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sql da maydonlar qiymatlarini kiritish, o‘chirish va o‘zgartirish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-19

Sql da maydonlar qiymatlarini kiritish, o‘chirish va o‘zgartirish

Qiymatlarni kiritish.
Xamma satrlar SQLda  INSERT komandasi yordamida kiritiladi. INSERT quyidagi formatlar biriga ega bo‘lishi mumkin:
  INSERT  INTO   <table name | view name> [(column [,column] ...)]
                  VALUES ( <value> [,<value>] ... );
yoki
  INSERT  INTO   <table name | view name> [(column [,column] ...)]
ostkiso‘rov;
Masalan, sotuvchilar jadvaliga satr kiritish uchun quyidagi shartdan foydalanishingiz mumkin:
INSERT INTO Salepeople
               VALUES (11, 'Peel', 'London', .12);
Siz nom kiritish uchun ustunlar ko‘rsatishingiz mumkin. Bu nomlarni ixtiyoriy tartibda kiritishga imkon beradi. Masalan:
INSERT INTO Salepeople (Sname, Comm, SNum)
               VALUES ('Peel', .12, 11);
E’tibor bering City ustuni tashlab yuborilgan, chunki unga ko‘zda tutilgan qiymat kiritiladi.
Siz     INSERT komandasidan bir jadvaldan qiymat tanlab, so‘rov bilan ishlatish uchun, ikkinchisiga joylashishda foydalanishingiz mumkin. Buning uchun siz VALUES ifordasini (oldingi misoldagi) mos so‘rovga almapshtiringiz kerak:
  INSERT INTO Londonstaff
                 SELECT * FROM Salespeople
                     WHERE City = 'London';

   Satrlarni o‘chirish.
Satrlarni jadvaldan  DELETE komandasi bilan o‘chirish mumkin. U aloxida qiymatlarni emas faqat satrlarni o‘chiradi. DELETE quyidagi formatga ega:
  DELETE  FROM  <table name | view name>
                   [WHERE search-condition];
Masalan, Sotuvchilar jadvalidagi xamma satrlarni o‘chirish uchun, quyidagi shartni kiritish mumkin:
  DELETE FROM Salepeople;
Ma’lum satrlarni o‘chirish uchun predikatdan foydalaniladi. Masalan, jadvaldan Axelrod sotuvchini o‘chirish uchun:
  DELETE FROM Salepeople
                    WHERE SNum = 13;

    Maydon qiymatlarini o‘zgartirish.
Bu o‘zgartirish UPDATE komandasi yordamida bajariladi. Bu komandada UPDATE ifodasidan so‘ng jadval nomi va SET ifodasidan so‘ng ma’lum ustun uchun o‘zgartirish ko‘rsatiladi. UPDATE ikki formatga ega. Ulardan birinchisi:
  UPDATE  <table name | view name>
                   SET column = expression [, column = expression] ...
                   [WHERE search-condition]
bu erda expression - bu ustun | ifoda | konstanta | o‘zgaruvchi.
Ikkinchi variant:
UPDATE  <table name>
                 SET  column = expression, ...
                 [ FROM  table-list ]
                 [ WHERE search-condition ]
Masalan, xamma buyurtmachilar baxosini 200 ga o‘zgartirish uchun quyidagini kiritishingiz mumkin:
  UPDATE Customers
                   SET Rating = 200;
Ma’lum satrlarni o‘zgartirish uchun DELETE dagi kabi predikatdan foydalanish kerak. Masalan Peel ( imeyuщego SNum=11 ) sotuvchining xamma buyurtmachilari uchun bir xil o‘zgartirishni quyidagicha kiritish mumkin vыpolnitь:
  UPDATE Customers
                   SET Rating = 200
                   WHERE SNum = 11;
SET vergulь bilan ajratilgan ixtiyoriy sondagi ustunlarga qiymat tayinlashi mumkin. Ixtiyoriy jadval satrlari uchun qiymat tayinlanishi mumkin, lekin bir vaqtning o‘zida faqat bitta satrga qiymat tayinlanadi. Masalan:
  UPDATE Salepeople
                   SET SName = 'Gibson', City = 'Boston', Comm = .10
                   WHERE SNum = 14;
Siz UPDATE komandasining SET jumlasida skalyar ifodalardan o‘zgartirilayotgan maydon ifodasiga qo‘shgan xolda foydalanishingiz mumkin. Masalan:
  UPDATE Salepeople
                   SET Comm = Comm * 2;

588 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений