linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sql da jadvallar bilan ishlash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-19

Sql da jadvallar bilan ishlash

Jadvallarni yaratish.
Jadvallar CREATE TABLE komandasi bilan yaratiladi. Bu komanda qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. CREATE TABLE komandasi jadval nomini va jadval o‘zini ma’lum tartibda ko‘rsatilgan ustunlar nomlari ketma – ketligi ta’rifi ko‘rinishida aniqlaydi. U ma’lumotlar tiplari va ustunlar o‘lchovini aniqlaydi. Xar bir jadval juda bo‘lmaganda bitta ustunga ega bo‘lishi kerak.
CREATE TABLE    komandasi sintaksisi:
    CREATE TABLE <table-name >
         ( <column name> <data type>[(<size>)],
           <column name> <data type>[(<size>)], ... );
Argument qiymati kattaligi ma’lumot turiga bog‘liqdir. Agar siz maxssus ko‘rsatmasangiz, tizim avtomatik qiymatni o‘rnatadi.
Bundan buyon quyida keltirilgan 3 ta jadvaldan iborat ma’lumotlar bazasini ko‘ramiz.
Jadval Sotuvchilar (Salepeople):


Snum

Sname

City

Comm

11

Peel

London

0.12

12

Serres

San Jose

0.13

14

Motika

London

0.11

 SNum – xarbir sotuvchi unikal nomeri,
SName – sotuvchi nomi,
City – sotuvchi adresi ( shaxar ),
Comm – sotuvchilarning o‘nli shakldagi   komission foydasi.
Jadval Buyurtmachilar (Customers):


Cnum

Cname

City

Rating

SNum

21

Hoffman

London

100

11

22

Giovanni

Rome

200

13

23

Liu

SanJose

200

12

 CNum – xar bir buyurtmachi unikal nomeri,
CName – buyurtmachi nomi,
City – buyurtmachi adresi ( shaxar ),
Rating – buyurtmachining boshqalardan ustunlik darajasini ko‘rsatuvchi kod
( reyting ),
SNum – shu buyurtmachiga tayinlangan sotuvchi nomeri.
Jadval Buyurtma (Orders):


Onum

AMT

Odate

CNum

Snum

38

4723.00

1990/10/05

26

11

310

1309.95

1990/10/06

24

12

 ONum – xar bir sotib olish unikal nomeri,
AMT – sotib olish summasi qiymati,
ODate – sotib olish sanasi,
CNum – sotib oluvchi buyurtmachi nomeri,
SNum – sotuvchining nomeri.
Misol uchun sotuvchilar jadvalini yaratishni ko‘rib chiqamiz:
CREATE TABLE Salepeople
      ( SNum    integer,
        SName   char (10),
        City       char (10),
        Comm   decimal );

Jadvallarni o‘chirish.
Jadvalni o‘chirish imkoniga ega bo‘lish uchun, jadval egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo‘lishingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o‘chirish mumkin. Qatorlarga ega bo‘lgan, to‘ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo‘lishi kerak. Jadvalni o‘chirish komandasi quyidagi ko‘rinishga ega:
  DROP TABLE < table name >;
Masalan: DROP TABLE Salepeople;

Jadvalni yaratilgandan so‘ng o‘zgartirish.
Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE komandasidan foydalaniladi. Bu komanda jadvalga YAngi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish,xamda cheklanishlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu komanda ANSI standarti qismi emas, shuning uchun xar xil tizimlarda xar xil imkoniyatlarga ega.
Jadvalga ustun qo‘shish uchun komandaning tipik sintaksisi:
 ALTER TABLE <table name> ADD <column name>
                             <data type> <size>;
  Masalan:
  ALTER TABLE Salepeople ADD Phone CHAR(7);

812 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений