linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sisilancha himoya Karpov va Mayls London 1982

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-17

Sisilancha himoya Karpov va Mayls London 1982

Bu Angliya kompaniyalaridan biri va katta shahar kengashi tashkil etgan oltinchi halqaro turnir edi. O’yin Temza daryosining narigi betide joylashgan katta  shahar kengashi zallaridan birida o’tkazildi. Zal parlament muyilishida, Angliya poytaxtining << diqqatga sazovor >> joylaridan yana biri – Skotlend Yarddan unchalik uzoqda emas. Ushbu turnir qiyinligi – kuchliligi jihatidan 14-kategoriyaga mansub bo’lib, ishtirokchilarning o’rtacha reyting-darajasi 2585 edi. Kuniga ishtirokchilar o’yinning o’ziga 5-7 soatdan, agar unga tayyorgarlik ko’rish,kechiktirilganlik partiyalarni tahlil qilishni ham hisobga olinsa,10—12 soatdan vaqt sarfladilar.
<<Oldiniga turnir,—deydi Karpov,— mening uchun muvaffaqiyatsiz,hatto aytish mumkinki,qiyin kechdi.  Birinchi turda g’alaba uchun yaxshi imkoniyatlarim bo’la turib, angliyalik yosh talantli master N.Short bilan during qilib qo’ydim >>.  Avval U.Andersson bilan  L.Portish oldinga o’tib olishdi.Bir vaqt Portish xuddi Argentinada bo’lganidek ketma-ket beshta g’alaba qozonib,birinchi o’rin taqdirini hal qilgandek bo’ldi.Lekin keyinchalik qattiq qoqildi.Xullas,turnir davomida peshqadamlar safi deyarli kuniga o’zgarib turdi.A.Karpov dastlabki to’rt durangdan so’ng nihoyat D.Mestel ustidan birinchi g’alabani nishonladi. Yan Timman  bilan bo’lgan uchrashuv uch marta kechiktirilib Karpovning ozmuncha  kuchini olmadi.  Avvaliga u yutadigan vaziyatga erishdi. Endshpilda siqib qo’yib, keyin biroz shoshiladi. Vaziyat o’zgarib, endi Korpov during qilish yo;lini axtarishga tushdi. Bu yerda esa u shoshilish o’rniga sustlik qilgani bilinib qoldi. Natijada butun mahoratini ishga solib yarim ochkoni arang oldi.
Hozir ko’rib chiqiladigan partiya toqqizinchi turda o’ynalib, unda “drakon” variant qo’llandi. E. Mayls bu debyutning mutaxasislaridan hisoblanadi. Shu yerda yana e’tiborga loyiq voqeani eslatib o’tmoqchimiz. XIX asr o’rtalarida jahonning shahmat markazlaridan biri bo’lgan Anglya birinchi rasmiy xalqaro turnir (1851 yil) tashkilotchisi hamdir. Lekin 1970 yillarning o’rtalarigacha u yerda bitta ham grossmeyster etishib chiqmadi, buyirik mamlakat vakillari xalqaro turnirlarda ham, jahon olimpiadalarida ham o’z mavqelariga yarasha joy ololmay keldilar. Shunda ashaddiy shaxmatchi banker Sleyter, angiliyaliklardan kim birinchi bo’lib grossmеistеrlik darajasiga ko`tarilsa, unga bеsh ming dollar bеrishga va'da qildi. Uni Entoni Mayls olishga muyassar buldi. Kеyinchalik Angliyada shaxmat ishlari avj olib kеtdi, kator grossmеystеrlar еtishib chitsdi. Endilikda bu mamlakat yana еtakchi shaxmat markazlaridan biriga aylandi.
Ushbu turyirning eng yosh ishtirokchisi 16 yoshli N. Short angliyaliklarniyg umidvor shaxmatchilaridan biri. Bi- rinchi tur da u A. Karpov bi- lan uchrashib, qiyinroq ahvolda soldi. Lеkin ratsibi xiyol noanshushkka yul suyishi bi- lan N. Short marlubiyatdan iny- tilish chorasini topib kеtdi. Dar qanday grossmеystеr ham Karpov iskanjasiga tushib, undan osonlikcha chitsib kеta olmaydi.

1. е2—е4     c7—c5
2. Kgl— f3 d7—d6
3. d2—d4 c5 : d4
4. Kf3 : d4 Kg8—f6
5. Kb1—c3 g7—g6
6. Ccl—e3 Cf8—g7
7. f2—f3      0—0
8. Fdl—d2 Kb8—c6
9. g2—g4 Cc8—e6
10. 0—0—0 Kc6 : d4
11. Ce3 : d4 Dd8—a5
12. a2—a3 La8—b8
13. h2—h4 Lf8—c8
14. Kc3—d5 Fa5 : d2+
15. Ldl : d2 Ce6 : d5

15. . .K ; d5 16. ed C : d417. L : d4 Cd7 dan kеyin ham oqlarning vaziyati xiyol yaxshiroq bo`lardi.

16. е4 : d5 a7—a6
17. Cf1-e2   . . .

«Mеn ikki imkoniyat—17. Cе2 bilan 17. Ch3 dan birin- chisini tanladim. Lеkin ular- dan saysi biri afzalrots ekanligiga hozir ham ishonchim ko mil emas», dеb yozgan edi o`shanda A. Karpov.

17.    ...         Kf6— d7
18. f2—f4 Kd7—c5
19. Lhl—h3 Lc8—c7
20. Lh3—е3 b7—b5
21. Cd4—g7 Kpg8 : g7
22. Ld2—d4 a6—a5


23. b2—b4!   . . .

O`z vaqtida bеrilgan bu qarshi zarbadan so’ng qoralarning pozitsiyasida doimiy «og`riq» — 5 piyodasi paydo bo`ladi.

23. ... Kc5—a4

Yoki 23. . .ab bo`lsa, 24. L :b4.

24. b4 : a5 Ka4—c3
25. Cе2—f 1 Kpg7—f8
26. Kpc1—b2 Lb8—c8
27. Kpb2—b3 Lc7—c5
28. a5—a6 Kc3 : d5
29. Ld4 : d5! Cc5 : d5
30. Lе3—c3 Lc8—d8
31. Lc3—c7! . . .

31.Cg2? xato, chunki 31. . .Ld4 32. a7 d5 yoki 31. a7 bo’lsa, 31. ..b4 32. ab Ld1 33. Ca6 Lal 34. b5 La8.

31.    . . .         Ld5—dl
32. Cfl : b5       e7—e5
33. ab—a7 e5 : f4
34. Lc7—b7         Ldl—bl+
35. Kpb3—a4      Lb1 : b5
36. Lb7 : b5               f4—f3
37. Lb5—b8        f3—f2
38. Lb8 : d8+.

Qoralar taslim bo`ldi.

O`n birynchi turda Karpov yada bir muhim ralaba suchib, nihoyat L. Portishga еtib oldi. Bir nеcha tur oldin buni orzu qilish ham qiyin edi, chunki jahon chеmpioni undan ikki ochko ortda borardi. Marraga yaqin qolganda pеshqadamlar safida chinakam to`s-to`polon boshlanib kеtdi. Dеyarlik hеch kim, jumladan Karpov ham mag`lubiyatdan qochib qutila olmadi. Har kuni pеshtsadam o`zgarib turdi. Oxirgisidan oldingi turda Karpov Portishni yutib, mavqеini mustahkamlab oldi. Agar o`sha oqshom Mayls Andеrsson bilan bo`lgan uchrashuvda naqd yutuqni qo`ldan chiqarib yubormaganda Karpov sof birinchi o`ringa ko`tarilib olardi. Biroq An­dеrsson yarim ochkoni qutqarib qoldi va ular tеnglashdilar. Endi dеyarli hamma narsani Andеrsson bilan Mеstеl va Karpov bilan Spasskiy o’rtalaridagi uchrashuvlar hal qilardi.

455 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений