linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-17

Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish

Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi ob’ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o‘lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.

Predmet sohasini tahlil qilish
Ixtiyoriy tipdagi MBni  loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi.  Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo‘lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog‘liq emas.
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq:
1. Konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
2. Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
3. Predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasin loyihalashtirish.
Konseptual talablar  va  axborot  extiyojlarini  tahlil qilishda qyidagi masalalarni hal qlish kerak:
·foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini  tahlil qilish (konsepsial talablar);
·MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish);
·kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).
·tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari  so‘rovlar bilan ularning intensivligi ko‘rsatilgan ro‘yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo‘lajak foydalanuvchilari bilan  suhbat o‘tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu erda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o‘zgartirishga bo‘lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so‘rovnomaning taxminiy tarkibini quramiz:
1-misol. Institut talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif qilinayapti.
Predmet sohasining tahlil qilish:
1.Institutda qancha talaba ta’lim oladi?
2.Institutda qancha fakultet va kafedralar bor?
3.Fakulьtet bo‘limlari va kurslari bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan?
4.O‘ar bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi?
5.Institutda qancha o‘qituvchi bor?
6.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy xonadonlarda (ijarachi sifatida) yashaydi?
8.Ma’ruza va amaliy mashQulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?
8.Va boshqa.
            Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot ob’ektlarini tanlash, har bir ob’ekt uchun  zarur  xossalarini  berish, ob’ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Masalan, axborot ob’ektlarini tanlayotganda quyidagi  savollarga  javob berish kerak bo‘ladi.:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
2.O‘ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.O‘ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?
Axborot ob’ektlarini aniqlash itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan  suhbat o‘tkazish  asosida amalga oshiriladi. Axborot ob’ektlarning tavsifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga  olgan  holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.
Har bir MB miqyosida konseptual talablar  konseptual  modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modelga bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan model ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati  uning yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma’lumki, har  bir  model  ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta  muammo  ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. Boshqa  muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi,  chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak. Predmet  sohasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan model xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Mantiqiy loyihalash.
MB yaratishning   eng   zaruriy   va mas’ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir.  Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan  iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda  amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi  qismlarni  real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat.
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Aniq bir MBBTni tanlash
2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish
3.Zarur kalitlarni tanlash
4.So‘rov tilini tavsiflash
Aniq bir  MBBTni  tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz.  MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda  katta  mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to‘liq  qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki  MBda  axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri tanlashdan boQliq bo‘ladi.
MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat.  SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan MBBTlarning  ko‘pchiligi,  odatda  ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda turibdi.
Ishning mazmuni bo‘yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq va ierarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi.
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p hollarda ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: quyi pog‘onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog‘onadagi til protsedurali, yuqori  poQonadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan  foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.
  Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash.
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot ob’ektlarini tanlash,  har bir ob’ekt uchun  zarur  xossalarini  berish, ob’ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat. 
Axborot ob’ektlarini tanlayotganda  quyidagi  savollarga  javob berishga harakat qilamiz:
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
2.O‘ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
3.O‘ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?
4.Tanlangan  tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?
Axborot ob’ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon.  U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan  suhbat  o‘tkazish  asosida amalga oshiriladi. Axborot ob’ektlarning tasifnomalari xam xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Keyin axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz.  Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:
1.Axborot ob’ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?
2.har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?
3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi mumkin?
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma’noga egami?
Ob’ektlarga, ularning tasiflariga va aloqalariga cheklanishlar berishga harakat qilamiz. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish zarur:
1.Sonli  tavsifnomalar  uchun qiymatlarning o‘zgarish sohasi qanday?
2.Bir axborot ob’ektning tavsiflari orasidagi qanday funksional boQlanishlar bor?
3.Har bir tur aloqalarga qanday  turdagi  akslantirishlar mos keladi?
Axborot ob’ektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI axborot ob’ektlarini qarash mumkin.

TALABA, SINOV_DAFTARI, FAKULTET,
O‘QITUVCHI axborot ob’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa

Axborot tuzilmalarini qurish
Premet sohasini  tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini (yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan  iboratdir. Predmet sohasini tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun maxsus yaratilgan modellardan  foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

Ko‘p hollarda konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy  agregatsiya va umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot ob’ektlari (ma’lumotlar  elementlari)  ularning  orasidagi semantik aloqalarga mos ravishda bir ob’ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus yo‘lovchilarni jo‘nash punktidan kelish punktiga tashiydi. Agregatsiya  usuli  bilan  quyidagi atributlarga ega bo‘lgan REYS axborot ob’ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo‘natish shaxobchasi", "kelish shaxobchasi", "avtobus reysi"

AVTOBUS REYSI axborot ob’ekti

Axborot ob’ektlarini (ma’lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh ob’ektlarga birlashtiriladi.

Axborot ob’ektlarini sinfdosh ob’ektlarga birlashtirish.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga  olgan  holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual  modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish  imkoniyatini beradi.  Obrazli  aytganda  konseptual model xuddi predmet sohasining “yuqorisiga ko‘tarilib” va uning har bir  elementini  qurish imkoniyatini beradi.  Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modeldan  bog‘liq  bo‘ladi.  Minimal imkoniyatlarga ega  bo‘lgan model ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati  uning yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma’lumki, har  bir  model  ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun  model  tanlashda,  real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta  muammo  ekanligini hisobga olish zarur.  Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari modelni  tanlash  uchun  asos bo‘ladi. Boshqa  muhim  talab  sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi,  chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak.
MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
1.Agar turli tadbiqlar  qandaydir  miqdorda  umumiy  axborot ob’ektlarini talb  qilsak,  ammo  hamma axborot ob’ektlari va ular orasidagi xamma aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo‘lmasa.
2.Agar axborot ob’ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning umumiy turiga ega bo‘lsa.
MB tizimining axborot tuzilmasini ko‘rishga misol sifatida avtomobilsozlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik  ishlarini axborot ta’minoti tizimining MB uchun axborot tuzilmasini ko‘rish jarayonini qaraymiz.
Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob’ektlari ajratildi:
1.Fizik  effektlar.  Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob’ektlarning ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko‘rsatiladi.
2.Texnik qarorlar.
Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda.
3.Mahsulot.
Masalan, dvigatel.
4.Mahsulotni oluvchi ob’ekt.
Masalan, dvigatel avtomashinaga o‘rnatiladi.
5.Usullar va uslubiyat.
6.Asboblar va stendlar.
8.Texnologik jarayonlar va uskunalar.
8.Tashkil qilish va mutaxassislar.
9.Me’yorlar.
Bu ob’ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma’lumotlarning aloqalarini aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi.

1890 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений