linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ispancha partiya Karpov va Gligorich Milan, 1975

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-10

Ispancha partiya Karpov va Gligorich Milan,  1975 

1. e2-e4             e7-e5
2. Kg1-f3            Kb8-c6
3. Cf1-b5           a7-a6
4. Cb5-a4        Kg8-f6
5.    0-0       Cf8-e7
6.  Lf1-e1          b7-b5
7.  Ca4-b3            0-0
8.  c2-c3           d7-d6
9.  h2-h3         Kc6-b8

Shunday bo’lyaptiki, biz C. Gligorich bilan o’ynagan barcha <oq> partiyalar <ispancha duel>ga aylanmoqda. Va har safar yugoslaviyalik grossmeyster shu yurish bilan boshlanuvchi variantni talayapti. Yugoslaviya shaxmatining dostoni jahon chempiyoni unvoniga ko’p marta talabgorlik qilgan bu ajoyib shaxmatchining jahonning hozirda o’ynab turgan va balki ilgari o’ynagan barcha yetakchi grossmeysterlari orasida qoralar bilan eng tor debyut repertuariga egalik diqqatni o’zigatortadi. Ko’p yillardan beri u 1. E4 ga javoban nuqul ispancha partiyani o’ynaydi. 1. d4 ga esa doima eski hind himoyasini tanlaydi.

10.                 d2-d4             .  .  .

Bizning o’rtamizda 1972 yili San-Antoniyada o’ynalgan 1-partiyada men odmigina 10. d2-d3 ni tanlagan edim. Leningraddagi zonalararo turnirda ,,plastinkani o’zgartirdim’’ va 10. d2-d4 ni yurdim. Ikkala partiyada ham menga g’alaba yor bo’lgan edi. Keyin biz 1975 yili Portorojdagi xalqaro turnirda durang qildik. Hozir mening raqibim, chamasi, variantni takrorlashga qarshi emasga o’xshaydi. Nima bo’pti, shunday ekan, maqsadlarimiz bir-biriga mos kelyapti.

10.         .  .  .                  Kb8-d7
11.       Kb1-d2                 Cc8-b7 
12.       Cb3-c7                 Lf8-e8   
13.       Kd2-f1                  Cc7-f8
14.       Kf1-g3                  g7-g6
15.       a2-a4                    c7-c5
16.       d4-d5                   Kd7-b6

Hammasi to’g’ri kelyapti. Potorojda ham shunday bo’lgan edi. U yerda men o’yinni 17. Kd2 tarzida davom ettirib, debyutdan aytarli hech narsa ololmagan edim. O’yin tezda during bo’lgan edi. O’shanda, o’yin paytidayoq men qiziq g’oya-17. Fe2 ni topgan, lekin uni sport jihatidan muhimroq keying uchrashuvga asrab qo’yishga qaror qilgan edim. Bor gapni yashirib nima qilaman, ko’p shaxmatchilar shunday qilishadi. Portorojda Gligorich bilan uchrashish oldidan men 1-o’rinni o’zimga naqd qilib qo’ygan va yutuqqa intilmagan edim. Milanda esa biz keyinchalik turnirda umumiy g’alaba yo’lida bahslashish imkonini beruvchi baxtli 1-to’rt o’rindan biri uchun bo’layotgan eng shiddatli kurash paytida uchrashib qoldik. 

17.      Fd1-e2            .  .  .

Yangilik! Va juda oz yangilik. Qoralar nima qilsin?
17.        .  .  .              c5-c7    bo’lgan taqdirda, oqlarda: Ce3, Kd2 va keyin ruxlarni  <<a>> liniyasida qavat qilishdek juda oddiy plan mavjud. Qoralarga esa farzin flangida muqobil o’yin qilish uchun kuchlarni mos guruppalashtirish juda qiyin bo’ladi, chunki va almashtiruvisiz f6 dagi ot a4-a5 tufayli d7 xonasini egallay olmaydi, almashtiruv esa farzin flangida muayyan zaifliklar barpo qiladi.
17.   .  .  .  Фd7 yo’li bilan piyodani himoyalash esa a5 xonasidan zarbani yo’qotadi va 18. a5  dan keyin otga endi c4 ga emas, balki c8 ga yurishga to’g’ri keladi.
17.  .  .  . b5-b4 yurishi haqida gapirmasa ham bo’ladi. Qoladigani yoqimsizroq, lekin, chamasi, birdan-bir ...

17.             .  .  .          Kb6  :  a4

yurishidir.

18.     Cc2  :  a4         b5  :  a4
19.     La1  :  a4            .  .  .

Debyut  jangiga yakun yasalar ekan, quyidagilarni ta’kidlash lozim:  oqlar markazni mustahkam egallab oldi va  f7-f5  yurishi bilan taqdirda d5  piyodasi  c3-c4  surilishi bilan quvvatlanishi mumkin; qoralar qarorgohida orolcha – a6 piyodasi va uning oqibati tariqasida zaif a5, c4
xonalari paydo bo’ldiki, ular ot bilan muvaffaqiyatli suratda egallanishi mumkin. To’g’ri, qoralarda ikki fil bor-u, lekin ushbu pozitsiyada bu afzallikdan ko’ra kamchilikka yaqinroq. f8 dagi fil << eski hindchasiga >> o’z piyodalariga tiralib turibdi va u eslab o’tilgan debyutdan farqli o’laroq, uni harakatga keltirish ancha murakkabroq. b7 dagi fil qoralarga juda zarur, lekin u oq piyodalarning kuchli markaziy ponasi bilan cheklanga, aktiv harakatlar boshlashdan ko’ra zaif piyodalar va xonalarni himoyalash uchun ko’roq zarur.
Yarim ochiq << a >> liniyasida ruxlarni qavat qilish, otni c4 ga olib o’tish va balki b2-b4 yo’li bilan qattiq mustahkamlangan c5 punktini qulatish oqlarning eng yaqin planlariga kiradi. Qoralar uchun kuchlarni boshqacha joylashtirish, binobarin yarim ochiq << b >> liniyasi bo’ylab tazyiq ko’rsatib, << a >> piyodasinig surilishini yoki programmadagi f7-f5 ni amalga oshirishga urinib ko’rish darkor.
1977 yili Yevropa komanda chempiyonatida men Chexoslavakiyalik grossmeyster Ya. Smeykal bilan shu temada yana bir partiya o’ynagan edim. Voqealar shunday rivojlangan edi: 19. L  :  a4 Cc8  20. b3 Lb8  21. La3  Le7  22.  c4  Leb7  22.  Фс2-oqlar biroz ustunlikka ega. 

19.          .  .  .        Cf8-g7

Bu ehtiyotkorona yurish ushbu pozitsiyada temp yo’qotish demak. Darhol farzin flangidagi o’z ishlari bilan shug’ullanish va 1-navbatda filni << b >> liniyasidan olib ketish  - 19 .  .  . Cc8!?  o’ynash kerak edi.

20.             c3-c4              .  .  .

Qoralar vaqtni boy berdi, shuning uchun oqlar a6 piyodasini to’sishga ulgurdi, b2-b4 o’pirishi esa keyinchalik ularga markazda piyodalar ustunligi yaratadi va qoralarning d6 dagi zaifligini oshkor qiladi.

20.                .  .  .             cb7-c8 
21.              Cc1-d2          La8-b8
22.              Le1-b1         . . .

Hozircha oqlar otni olib kela olganlaricha yo’q, b2-b4 ga hali vaqt bor. Piyodaning boshqacha himoyasi -22. Cc3, 22.   .  .  Ch6 dan keyin qoralarning filiga hiyolgina bo’lsada erk berib qo’yardi.

22.               .  .  .            Le8-e7

Hozir qoralar to’g’ri yo’lga tushib oldi. 7-gorizontal rux uchun juda yaxshi ba’zadir.

                                     

Bu yerdan u bir flangdan 2-flangga tezda olib o’tilishi mumkin.

23.          Kf3-e1          .  .  . 

Balki, bu noaniqlidir. 23. b2-b3 o’ynash va bu xonadagi piyodani yo farzin bilan yoki a4 dagi rux bilan himoyalash kerak edi. Men tanlagan variantda qoralar b2 piyodasini to’sishga muvaffaq bo’ladi, ruxni ketkizish esa avvaliga o’ylaganimdek, unchalik oson ish emas ekan. Shu paytdan buyog’iga men kalavaning uchini yo’qotib qo’ydim va vaziyat asta-sekin tenglasha boshlaydi.

23.           .  .  .           Le7-b7
24.       Ke1-d3          Lb7-b3
25.       Lb1-a1             .  .  .

<< b >> liniyasidagi qo’riqlanmagan rux oq sipohlarni qayta joylashtirishga halaqit berib turardi. Hozir men yo bitta ruxni almashtirmoqchi yoki ruxni b3 dan haydamoqchi edim. Afsuski bu plan ko’p vaqt talab qiladi va qoralar shoh flangida qarshi tahlikalar uyushtirishga ulguradi.

25.              .  .  .        Kf6-e8

f7-f5  yurish uchun yaqqol intilib.

26.        Cd2-c3        Фd8-h4

27.        Ke1  havfi tug’ilgan va rux qochadigan xona qolmas edi. Shuning uchun birdaniga  f7-f5  o’ynab bo’lmasdi. Qoralar farzinni  a5-d8 diagonalidan olib ketdi ba ayni vaqtda  e4  piyodasini nishonga oldi. 26.  .  .  Фу7  sustroq ko’rinardi.

27.           La4-a3          f7-f5
28.           Cc3-e1!         .  .  .

Almashtirish hech qayoqqa ketmaydi. Fil esa pistirmaga turib oladi! Farzin va filning bir diagonalda qarama-qarshi turishi  f2-f4  zarbasini yaratadi, shuning uchun farzinga juftakni rostlashga to’g’ri keladi.

28.           .  .  .           Фh4-e7

29.      .  .  f5-f4     yurishi shoh flangini berkitib qo’yar va qarama-qarshi flangda kurashishga oqlarga yo’I ochib berar edi. Qoralar piyodalar bilan hujum boshlashga kechikib qoldi.

29.         La3  :  b3         Lb8  :  b3 
30.          Kd3-c1             Lb3-b8
31.         Kc1-d3               .  .  .

Otning  ko’magisiz  b2-b4 qilish juda qiyinligiga ishonch hosil  etgach, oqlar uni oldingi joyiga qaytarmoqda.Vujudga kelgan xavf tufayli qoralarning javobi majburiy ko’rinadi.

31. . . . Lb8-b3
32. . . . F2-F3

Boshqa iloji yo’q, ruhini boshqacha usul bilan siqib chiqarishga to’g’ri keladi, xozircha esa umumustahkamlovchi extiyotkorona piyoda  surish bo’ladi. Ayni vatda <<F>> piyodasi bilan yorib o’tish havfi abadiy  tugatildiki, bu 3
2. FC2 Lb8 33.b4 cb34. c:b4 bo’lganda ro’y berishi mumkin edi.34….F4.35. Kf1 f3!

32. ……… Fe7- g5

Filni aktivlashtirish – 32. …Ch6 oqlarning strategic maqsadini amalgam oshirishga halakat bermasdi. G3 dagi ot –farzni  flangida maydon uchun bo’ladigan kurashdan chetga turgan yagona sipohdir. Uni F1orqala darxol  d2ga o’tkazish mening planimga kiradi. Bu holda qora shohning biroz ochiq vaziyati va c5,d6,e5, piodalari ponasining zaifligi tufayli  h6 dagi filni otga berish xavli bo’lib, bu (fil yo’qligida) c5 yoki e5 da sipoh qurbon qilish uchun sharoit yaratadi.
Farzin aktiv pozisiyaga  chiqib g3 dagi otning himoyasi bilan bog’liq  E1 dagi filni va otning o’zini ham to’xtatib turibdi.-33. KF1? Fe 34. fe c: h3. Ikkinchi tomondan, b3 dagi ruhga madad kerak va shu jihatdan 32…Kf6 katta e’tiborga loyiq ediki bu ham.
33. Kf1? ga to’sqinlik qilardi.-33…fe K:e4 35. F:e4 Cf5.

33. Kpg1-h2 . . .

Shoh birdaniga ikki vazifani bajardi. Birinchidan ot himoyalandi. Ikkinchidan esa ochmasdan qochdi.34.Fc2 yurishi qilinishi aniq bo’lib qoldi, Shuning uchun Gligorich shox flangida qarshi o’yin topishga urinib ko’rmoqchi.     

33. ……….. Ke8-f6
34. Fe2-c2  Lb3-b8
35. b2 –b4 . . .

Nihoyat oqlar uzoq kutilgan yurishni amalga oshirdi va markazda qoralar pozitsiyasini dabdala qilmoqchi.Lekin umumiy strategic jangni boy bersada qoralar o’z navbatida har qalay bevosita shoh qarshisida aktiv harakatlar yurishtirishga ulgurdi. Binobarin kurashning yangi –sof taktikaviy bosqichi boshlandi.

35. . . . f5:e4

35. ... cb 36. C:b4 almashuvidan keyin qoralarning bitta sipohini ayniqsa shunday xavfli otini almashtirish oqlarga foydalidir.

36. Kf6:e4 . . .

Qoralarning hujim qilayotgan bitta sipohni ayniqsa shunday xavfli otni almashtirish oqlarga foydalidir.

36. . . . Kf6:e4
37. f3:e4  Fg5-e5
38. b4:c5 . . .

Bu qoralarga amaliy imkonyatlar beradi. Oqlar 38. Cf2 F:e4 39. Le1 Ff5 4. G4 Ff3
41. Le3 va 42. Bc yo’li bilan majburiy ravishda kattagina ustunlikka erishar ekan.

38. . . . Fe3:e4

Birdan – bir yurish . Albatta 38… dc yamon, chunki 39. Cf2 F:e4 40. Le1Ff5. 41. G4 va hokozo

39. c5:d6   Cc8f5
40. La1-a3  Lb8-c8
41. La3-c3   cg7-f8
42. Ce1 –f2 . . .

42. .. c5 f:d5(albatta ,42… C:d6? Emas -43. Cd  L:c3 44. F:c3 F:d345.
F:d3 C:d3 46. D7  keyin d8f)dan keyin oqlarning piodalari to’xtab  qoladi va oq fil yo’qligi tufayli  ularni surish juda qiyinlashadi.  Shuning uchun farzniga chiqadigan xonada uzoqda  bo’lsada piyodalarning  c4. G4!? E’toborga loyiq edi.

42. . . . Cf8:d6
43. Fc2-a2? . . .

Men uzoq davom etgan va jiddiy o’yinda charchaganimdan xatoga yo’l qo’ymoqdamanki  bu oldingi  hamma harakatlarni puchga chiqarishi mumkin edi.
Xa buni –shaxmat deydilar ! juda yaxshi o’tgazilgan o’yin ko’plab ajoyib g’oyalar va keyin bitta ehtiyotsiz yurish-u g’ayri qonuniy natija . Shunga qarab keyin  ko’plar  muloxasasiz xulosalar chiqardi.
To’g’risi 43.c5! edi, endi,
43. …F:d5(43. ..C:c5 F d5 45. Kb4!) 44.cd L:c3. 45.F;c3C:d3 46. Fc8 +Kpg7
47. Fc7 +!Kph 6 48. Ce3+. 43.. Cf8 44. Fa2dan keyin esa partiyadagi g’oyalarga ega pozitsiya vujudga kelardi. Farqi shuki yurishlar tartibi o’zgarachoq bo’loardi, xolos. Charchab qolgan Gligorich ham duch kelib qolgan imkonyatidan foydalana olmadi va shunday o’ynadi.

43. . . . . a6-a5

Qoralarning ixtiyorida ajoyib taktikaviy zarba – 43. Fd4! Bor edi. :44. C:d4 ed+45. G3(shoxning chekinishi bazasi hollarda  qoralarga mot xavfini tug’dirish imkoni beradi.) 45….dc va oqlar durangini jadallashtirishga majbur: 46. F:a6 c2 47. F:d6c :d3 48. Fe6+Kpg7
49.Fe +kpg8 50. Fe6 va xokozo chunki 46. .. Lb8! Tufayli 46. Kc 1 xavfli .

44. c4-c5    Cf5-d7
45. Lc-a3  Cd7-b5

d6 dagi filni chekinish ham dursturoq emas. Partiyadagi  yurishga juda chiroyli yakuniy kombinatsiya bilan javob beriladi.  

46. c5:d6 Cb:d3
47. d6-d7 Lc8-d8
48. La3:d3! Fe4:d3
49. d5-d6 +Kpg8-h8
50. Fa2:a5.

Qoralar taslim bo’ldi.

2241 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений