linkedin facebook linkedin facebook nod32

Slaviyancha himoya Karpov va Portish Portporoj, 1975

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-10

         Slaviyancha himoya Karpov va Portish Portporoj,  1975

O’yin haqida bevosita hikoya boshlashdan oldin unga hamroh bo’lgan ba’zi momentlarga to’xtab o’tishni istardim . Jaxon chempioni  darajasida men birinchi marta xalqaro turnirda qatnashayotgan edim. Birinchi o’rinni egallashga bo’lgan intilishimni tushunsa bo’ladi, lekin bu musobaqada qatnashgan o’n   nafar grosmester juda jiddiy raqobat qilib turardi. Bu raqibim ham qonuniy ravishda sardorlardan biri hisoblanardi. Bunga shu narsani ham qo’shimcha qilish kerakki Vengriyalik  grossmester 1975-yilgacha men bilan shaxsiy uchrashuvlarda ustunroq natijaga ega bo’lgan shaxmatchilardan biri edi. Endi, turnerda g’alaba uchun bo’ladigan kurashda xavfli raqibni chetlatishga va ayni vaqtda eski  <<alamlar>>  uchun undan o’ch olishga qanchalik qatiy bel bog’laganim kitobxonga ayon.

1. Kg1---f3                  d7---d5
2.d5---d4            . . .

L. Portish 2.c4 d4 dan keyin vujudga keluvchi pozitsiyalarni jon-dili bilan o’ynaydi.Shuning uchun men ayni yuqoridagi yurushni tanladim.

2.      . . .                       Kg8---f6
3. c2---c4                 c7---c6
4. Kb1---c3             d5 : c4
5. a2---a4                . . .

Har xil tashvishlarsiz piyodani qaytarib olish niyatida. Bu yurish sipohlarning erkinroq joylashganligi  tufayli oqlarga kichik afzalikni taminlaydi. Lekin u doimiy kamchilikga ega ekanligini nazarda tutish zarur----b4 xonasi butkul qoralar ixtiyoriga berib qo’yiladi .

5.           . . .              Cc8---f5

Slavyancha himoyaning asosiy g’oyasi uni farzin gambiti va riantlaridan qulay farqlovchi c8---h3 diagonalining oq fil uchun ochiqligi va uning istagan xonaga chiqa olishidir.

6. e2---e3                e7---e6
7. Cf1  :  c4             Cf8---b4
8. 0---0                    0---0
9. Kf3---h4             . . .

Oqlar  faqat shunday yo’l bilan debyut afzalligi uchun kurashishi mumkin. Fil ovi boshlanmoqda. Oqlar ertami-kechmi uni otga almashtiradi vapozitsiyaning yopiq xususiyatga egaligi tufayli kichkkina afzallik beruvchi badnom ikki fil ustunligiga ega bo’ladi.

9. . . .              Cf5---g4
10. f2---f3      Cg4---h5

10. . .Kd5 11 .fg F : h4  12.  Ff3!  (12. . .K : c3  13.bc C : c3  14. Lb1 va Ca3 dan qo’rqmay ) ham o’ynaydilar. Shuning uchun qoralar hovuridan tushib, 12. . .Kd7 13. Cd2 a5 ga qo’nish kerak. Qoralar partiyadagi yurish bilan  <<o’zini o’tga tashlamoqda>>  .Qabul qilingan qaror, albatta, ikkala tomon uchun ham keskindir: yo piyodalar qoralarning sipohlarini hisobga oladi yoki ularning o’zi obyekti bo’lib qoladi.

11. g2---g4              Ch5---g6
12. Kh4 : g6             . . .

Almashuvni biroz kechiktirsa ham bo’lardi bari bir fil hech qayoqqa qochib ketmas edi.

12.     . . .              h7 : g6
13. Fd1---b3           . . .

Nafaqat debyut bosqichi, balki  butun partiyaning natijasi anashu va keying bir qator yurushlarga bog’liqdir. Oqlarning asosiy muammosi—c1 dagi fil. Oqlar bu felni o’yinga chiqarishni o’ylar ekan , piyodalari uzoqqa surilib qolgani va markazdagi istagan qarshi zarba ular uchun katta ko’ngilsizliklarga aylanib ketishini ham esdan chiqara olmaydi. Qoralarning planiga programmaviy  c6---c5 yurishi kiradi: bu oqlarning markazdagi poydevorini qulatadi, b4 dagi filni mustahkamlaydi va otning aktiv pozitsiyasiga (Kc6) chiqishini tayorlaydi.
Oqlar birinchi navbatda  surat bilan farzinni olib ketmoqda va ayni vaqtda d1 xonasini ruxga bo’shatmoqda. Qora fil esa keta olmaydi, chunki vujudi bilan b7 piyodasini to’sib turibdi.

13.         . . .              Fd8---e7

13. . . Fb6 ham mumkin bunga javoban darhol filning haydashning  oqlarga foydasi yo’q  --- 14.  Ka2?  Ce7 binobarin yo’qotilgan vaqt tufayli  ular endshipilda raqib uchun muammolar barpo qilishga ulgura olmaydi. Hammasidan ko’ra  14. Ld1 o’ynash maqsadaga muvofiqdir :d4 punkti yana bir bor himoyalanadi va piodalarning surilishi –g4—g5 hamda e3—e4 tayyorlanadi.

14.  g4—g5       . . .      

Otni  f6 xonasidan haydap , d5 punktini o’z nazoratiga olish va bo’lishi mumkin (deyarli tayyorlab qo’yilgan ) c6—c5 yuz berib qolgan taqdirda d4—d5 javobini berish uchun

14. . . . Kf6-d5

Voqealarni jadallashtiradi 14. . .Kfd7   15. e4 dan keyin qoralar otini b6 ga yurishga sirayam majbur emas. Balki , Portish  15. F4 ko’magidagi pozitsiyaviy suquvdan  xavsiragan bo’lsa kerak , bu endi qoralar uchun sira xavfli emas.

15.    e3—e4                Kd5—b6  

    

Oqlarning markazini mustahkamlaydida – 15. . . K: c3 16. bc.

16.    Kc3—a2!            . . .

O’zining oldindagi yurishini o’ylar ekan ,  qoralar asosan ularga c6—c5 yurishi uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan muhim temp yutish imkonyatini  beruvchi c4 dagi filning chekinishini ko’rib chiqqanga o’xshaydi  . Oqlarning oraliq yurishi ularning planini buzadi. Endi esa qoralarga vaqt sarflashga va filini chekinishga to’g’ri keladi, chunki 16. . . K : c4 noqulay :   17. K : b4 va oqlar qat’iy ravishda ravishda maydonni egallab oladi.

16.             . . .              Cb4—a5

Filning mumkin bo’lgan yagona chekinishi . 16. . . Cd6 17. Ce2 dan keyin qoralar b6 dagi otni chekintiruvchi "a" piyodasining keyingi surilishini daf eta olmaydi.

17. Cc4-e2 e6-e5

Farzin flangida o’ralashib  qolgan yengil spohlarning xavotirli vaiyati qoralarni shoshilinch choralar ko’rishga majbur etyabdi.
17. . .c5, odiygina 18. dc (ko’rinib turgan 18. Fb5 <<yonga o’q o’zardi >>--18. . . Kc6!  19. F : c5 F : c5 20. dc K : a4 yoki 19. dc---19. . . a6 ! ) 18. . .F : c5 + 19. Ce3 tufayli yengillik bermasdi.

18.  Fb3—c2! . . .

Fil ovi davom etmoqda ! Farzin "b" piyodasiga yo’l ochib, ayni vaqtda  ikkinchi gorizntalni , e4 piyodasini himoyaladi va c5 xonasini nazorat ostiga oldi.

18.             . . .              Kb6—d7

18. . . ed 19. b4 ! C : b4 20. K : b4 F : b4 21. Ca3 Fa5 22. C : f8 F : g5 + ( 22. . . Kp : f8 23. f4 va piyodalarning surilishi masalani hal qiladia ) . 23. Kph1 Kp : f8 bo’lganda vujudga keluvchi chigaliklardan keyin qoralar ( qo’lni burunga tiqib qolaverardi ) –24. a5 Kbd7 25. Fb2 Kc5 26. F : d4 .

19. d4:e5 Fe7:e5
20. Kpg1—h1   . . .


Ehtiyot qiluvchi foydali yurish . Shox xavfli orlaiq kishtlarga duch kelmaslik maqsadida ochiq  a7—g1 diagonalini tark etdi .
Ikkala raqibning ham keyingi harakatlarini belgilovchisi f3—f4 tahlikasidir . Oqlar hamisha shu yurishini tayorlayveradi , qoralar esa turli yo’l bilan bunga qarshilik  qilar ekan , shu asnoda kurashning boshqa uchastkalarida  ( oz-ozdan ) yon beraveradi .

20.    . . .              Lf8—e8
21. Ce2—c4                 . . .

Fil uchun d3 xonasi ko’ngildagidekka o’xshaydi-yu , lekin darhol uni egallab bo’lmaydi , chunki 21. . . Kc5. Otni chalg’itish uchun men qo’rqinchliroq  tahlika –Fb3 ni o’ylab topdim , bundan himoyalanar ekan , Portish d3 xonasini bir pas qarovsiz qoldirishga majbur , lekin shuning o’zi yetarli bo’lib chiqdi .

21.    . . .              Kd7—b6
22.Cc4 —d3      . . . 

Optimistik 22. . . Kbd7 yurishiga javoban men qiziq taktikaviy zarba tayorlab qo’ygan edim .        23. b4 !  F : a1 24. va Kc8 (24. . . K : a4 ga 25. Ce3 Fb2 26. F : a4 oraliq yurishlari bor ) 25. Cb2 F : a2 26. Cc4 va farzin tuzoqda !

22.    . . .              Kb8—a6

Haqiqatdan ham , havf uni ijro qilishdan kuchliqroq !   f4 va b4 dan himoyalanar ekan , qoralar farzin flagidagi piyodalarning vaziyatiga putur yetkazmoqda . Lekin bu yerda , albatta , hamma narsa bunchalik jo’n emas . Oqlarga o’zining qora filini biror yerga joylashtirish hamon qiyin , shu tufayli ular a1 dagi ruhini ham o’yinga chiqara olmayapti . Hozircha qoralar rivojlanishda raqibidan o’zib turibdi va bu holatdan qat’iy suratda foydalanmoqchi .

23. Cb3 : a6       b7 : a6
24. Lf1—d1!     . . .

Ko’zga chalinmaydigan yurish  . Oqlarning  ixtiyorida bir qancha boshqa  davomlar ham bor edi-yu , lekin ularning hammasi ancha kuchsizroq . Misol uchun , 24. Lb1 c5 va qoralar hech narsaning tashvishini qilmaydi . 24. Kc3 farzinning <<c>> leniyasidagi harakatini to’sadi , buning natijasida 24.  .  .  c5 dan


Keyin 25.C3 yurib bo’lmaydi,chunki 25. .  . Kc4. Fil ham darhol o’yinga kira olmaydi: 24. Ce3?---24. . .Kd5! Partiya qilingan yurishning kuchi “d” linyasini nazorat ostiga olosh bilan birga  javob zarbasi: 24.  .  .Lad8  25.  Ce3  Kd5  26.  Cd4! Ni tayyorlashda hamdir.

24.      .  .  .      c6----c5
25.  Cc1----e3      .  .  .                           

Oqlar barcha  mummularni hal qilgani va debyutdan afzallik  bilan chiqqanligi endigina yaqqol ko’rinyapdi.Lekin hech kim partiyada yana bor yo’g’I yeti yurish qilinadi, deb o’ylamagan bo’lsa kerak!

25.    .  .  .  La8----c8
26.  Ka2---c3

26. Kc3  va keyinchalik  otni d3 yoki e2 ga  o’tkazish ham e’tiborga loyiq edi, lekin oqlar d5 punkitini egallashdek o’z g’oyasiga ega.

26.    .  .  .    Kb6---c4
27. Ce3-c1   . . .

Fil tez orada qaytib kelish uchun  vaqtincha chekinmoqda. Voqialarning tez va kutilmagan  tarzda  rivojlanayotganidan xafa bo’lgan Portish navbatdagi yurishda mag’lubiyatga eltuvchi jiddiy  xatoga yo’l qo’ydi.

27.      .  .  .     Lc8--- b8?

Shu paytda Portish nimalarni o’ylagani, qanday variantlarni hisoblab chiqqani, nimaga ishonganini  aytib berish qiyin. CHamasi u, d5 punkitini faqat ruh (temp bilan) emas balki  ot ham (hal qiluvchi samara bilan) egallashi mumkinligini nazardan qochirgan ko’rinadi.SHu asnoda majburiy  27.  .  .  .C : c3 29. Bc.
Balki Vengiryalik grossmeyster oradagi  28. Ld5  ni xavfli deb bilgandir, chunki farzin chekingach, oqlar yaqqol avzallikka erishadi (F  : c3).Ha agar 28.Ld5 o’tganda edi, u holda … Lekin qoralarning ixtiyorida ajoyib javob  --- 28.  .  . F : d5! 29.ed  Le1+ 30. Kpg2
C: b2 31. F  : c4  C : a1  mavjud: o’yin kimning foydasiga ekanligi noma’lum shuning uchun men o’z etirozlarimni endishpilda bildirmoqchi edim.

28.  Kc3---d5     . . .

Aslini olganda hozir qoralar vijdon azobiga tushmay qarshilikni  to’xtatsa bo’lardi. Portish beixtiyor yana bir necha yurish qildi.

28.    .  .  .  Kc4:b2
29.   Cc1----f4       Fe5----e6
30.    Ld1----b1        Fe6----h3
31.    Cf4:b8  Le8 : b8
32.   Lb1 : b2.

Qoralar taslim bo’ldi.

G’alaba qozonildi. Alam olinildi.Lekin ijodiy jihatdan nimadir meni qoniqtirmasdi.Kamina debyut nozikliklarini to’la to’kis payqay olmagandek, qayerdadir nimanidir qo’ldan chiqarib yuborgandek tuyulardi menga . G’alati tuyuluvchi fakt sodir bo’ldi ---jaxon chempioni darajasida men turner praktikasida birinchi marta  slavyancha himoyaga qarshi kurashgan edim!! Hozir partiyani yana bir ko’rib ,ko’plab davonlarni tahlil qilib, variantlar jin ko’chalarida adashib yurgach: bu partiya menga bellashuvdan keying qo’l siquv paytidagidan ko’ra ancha ko’proq yoqdi, deb takidlay olaman.Stratigik jihatdan chiqur,murosasiz,taktikaviy zarba hamda nishtarlarga boy kurash bo’ldi.27-yurishda Portish yo’l qo’ygan xato o’kinch (ijodiy) tug’diradi xolos.

1521 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений