linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ma’lumotlar modellari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-08

Ma’lumotlar  modellari

Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantikiy va fizik pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiliy tashkil etish xakidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina "tashuvchisi"da ma’lumotlarni mantikiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muxitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma’lumotlarni tashkil etishning mantikiy usuli foydalanilayotgan ma’lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orkali qullaniladigan  modelning shakli aniqlanadi.
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida  foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bulib, u ko‘plab omillardan bog‘liq. Bu omillar qatoriga  mavjud texnik va dasturiy ta’minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi.
Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi.
2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. Ular ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi. YAxshi ma’lumotlar tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur.
3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:

TALABA


Familiyasi I.O.

Tug‘ilgan sana

Bosqich

Mutaxassisligi

Karimova M.N.

15/01/1979

4

menejement

Boltayev A.V

03/11/1978

4

Buxgalteriya.

Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi. Bizning misolimizdagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi:  TALABA  (Familiyasi I.O., Tug‘ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi)

Ma’lumotlarning relyasion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya’ni jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:

 

Fayl

Jadval

 

Munosabat

Mazmuni

Yozuv
Maydon

Satr
Ustun

kortej
atribut

 

mazmunning nusxasi atribut

Jadval hamma uchun juda qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma’lumotlarni manipulyasiya qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir:, ya’ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo‘yicha guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlash.
Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu esa ba’zi bir operatsiyalarni bajarishda ma’lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma’lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma’lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga (jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda kompьyuter xotirasini tejash zarur bo‘lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlarning relyasion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
-to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya’ni to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
-maxsus relyasion operatsiyalar, ya’ni proeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi. Relyasion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyasion algebra tili (RAT) va relyasion hisob tili (RHT).
RAT relyasion algebraga (Kodd algebrasiga, a-algebraga) asoslangan. Ma’lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar to‘plamini beradi. Bunday so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. SHuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.

Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyasion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” demakdir.
Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni  birlashtirgan. Piter CHen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyasion ma’lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib hisoblanadi.

Mohiyat -bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan  biror real yoki tasavvur qilingan ob’ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.

5784 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений