linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sitsilancha ximoya Smeykal va Karpov Zonalararo turnir Leningrad 1973

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-08-05

Sitsilancha ximoya Smeykal va Karpov Zonalararo  turnir  Leningrad 1973

1.  e2---e4   .   .   .

Odatda  Ya.  Smeykal  oqlar  bilan yopiq debyutlarni o’ynashni  afzal ko’radi, lekin o’sha kuni faqat g’alaba qanoatlantiradi (shu  xoldagina  u  toj   talabgorlari  musobaqasiga  chiqish imkoniyatiga ega bo’lardi). CHamasi, chexoslavakaylik grossmeyster men ko’pincha qo’llaydigan Breyer variantida nimanidir tayyorlab qo’ygan edi.

1.          .   .   .       c7----c5

Men xam javoban raqibmni nima bilandir <garang> qilib qo’ygim keldi.

2. Kg1---f3       e7---e6
3. d2---d4       c5  :  d4
4. Kf3  :  d4    Kb8---c6
5. Kb1---c3      a7----a6
6. Cf1---e2     Fd8---c7
7. 0---0      Kg8----f7
8. Cc1---e3 Cf8---b4
9. Kc3---a4!         .    .   .

Moskvalik masterlikka nomzod E.  Spektorning   go’yasi. Qoralar ko’p yillardan beri ishonchli chora izlayapti, lekin qidiruv davom etiyapyi-yu, o’sha yo’l topilmayapti.

9.    .   .   .        0----0
10.  Kd4:c6     b7:c6
11.  Ka4----b6       .   .   .

11.  c4 ham uchrab turadi; bunga qoralar murakkab o’yingaolib keluvchi  11.  .   .Lb8  yoki 11.   .  . .Ce7   bilan javob beradi.

11.   .   .   .     La8----b8
12.   Kb6:c8   Lf8  : c8

Farzin bilan olish qoralarga teng imkoniyatlar brmaydi: 12.  .  .F  :  c8   13.e5   Kd5  14.   Cd4  c5   15. c4  va oqlar ustunlikka ega.

13.  Ce2  :  a6    Lc8---d8!?

Partiya o’ynalgan paytda bu yangilik bo’lgan edi. 12.  .  . Lf  : c8   Jinjixashvili----Taymanov partiyasidan (Leningrad, 1971 yil) keyin mashxur bo’lib ketgan va o’yin shunday davom etgan edi :   13.  C  : a6 Le8  14.   Cd3   cd6   15. f4   e5  16.  f5   L  : b2   17.  g4  h6  18.   h4 Cf8   19.  g5   Kd5!   Vatomonlarning imkoniyatlari teng.  Keyinchalik  Kochiyev---Ruderfer  parttiyasida (Odessa, 1972 yil) oqlar uchun kuchliroq yo’l topilgan edi: 15.  Kph1!   Ce5   16.  c3  L  :  b2  17.  Fc1!   Fb7   18.   f4   Cc7   19.  e5   Kd5  20.   CC5   Fb8  21.  c4   Ke7   22. Ca7!   Fb7   23.   Cd4    Lb4   24.  Cc5   La4   25.   C  : h7 + !  va   oqlar  yutadigan  pozitsiyaga ega.

14.   Ca6---d3     Cb4----d6
15.   Kpg1---h1 . . .

15.   f4  e5   16.  f5  L  :  b2  17. g4  Fa5   18.  Kph1  Cc5  dan keyin qoralar muvafaqqiyatli  suratda ximoyalanib oladi.

15.    .   .   .    Cd6----e5
16.  c2---c3     Lb8  :  b2
17.  Fd1---c1     Kf6---g4!

Biz keyin ko’rib chiqqanimizdek,  bu  qarshi  zarbani   rux  e8   da    turganda  berib bo’lmasdi.Xozir, albatta, 17.  F  :  b2  yaramaydi---17.  .   .C  :  c3.

18.    f2---f4   Kg4  :   e3
19.   Fc1  :   b2    .  . . 

19.   Fe    kuchsiz, chunki  19.  .   . Fb6---katta   ustunlik  bilan.

19.  .  .  .      Ce5:f4
20.   Fb2---f2! . . .

Agar oqlar sifatni qaytarib bermasa,qoralar boy o’yinga ega bo’ladio. Mana bu  kooprativ  variant qoralarning imkoniyatlarini ko’rsatib beradi : 20.  Lf3   Kg4  21. h3 (21. g3? Ke5!) 21. .  .CC1!! va  qoralar yutadi.

20.    .  .  .    Ke3  :  f1
21.   La1  :  f1    e6---e5

Keyinroq 21.  . .. g6---g5!?  sinab  ko’rildi, lekin tajribaning ko’rsatishicha, bu xolda xam qoralar tenglikka erisha olmaydi.

22.   g2---g3    Fc7---d6!
23.  Cd3----e2!     .   .   .

Eng yaxshi yurish. 23.  Cc4  bo’shroq.

23.    .  .  .    cf4---g5
24.  Ff2  :  f7  +  Kpg8---h8
25.  a2----a4!        .  .   .

Uy tahlilida ushbu pozitsiya qanoatlantirarli, deb  baholangan edi. Biroq bu unday emas. Smykal hozircha aniq o’ynayapti.

25.   .  . .  Cg5---e7
26. a4---a5  Ld8---f8
27. Ff7---c4    .  .   .

23. Ce2!  O’ynagan oqlarning tub maqsadi endigina ayon bo’lyapti. Fil farzinning chekinishi uchun c4 xonasini bo’sh qoldirgan ekan. SHu yerdamen Smeykal sha’niga maqtov so’zlari aytmay tura olmayman. Yan pozitsiyaning barcha noziklarini juda yaxshi payqay oldi va qoralarnin g turish-turmishini  shubxa ostiga qo’ydi. Men butun sovuqqonligim va topqirligimni ishga solibgina ximoyalanib qoldim.

27.    .  .  .    Lf8  :  f1+
28. Ce2:f1    Fd6---f6!

Faqat shunday! c5 da farzin bilan  f8  dan   turib  ximoyalangan  fil  turishi  kerak.

29. Kph1-g2   Ff6-f8  
30. Cf1-e2   Ce7-c5 
31. Ce2-g4!   Ff8-f2+ 

Birdaniga 31...d6 o’ynasa ham bo’lardi, lekin u holda oqlar 32. Fe6 yurishi bilan f2 dan kisht majbur etardi, chunki farzinlar c8 da almashtirilsa, filni va shipl qoralar uchun yutqizish demakdir.

32. Kpg2-h3   d7-d6 

Partiyadagi keskin payt. Smeykal barchadebyut  muammolarini hal qilishga ko’p vaqt sarflab qo’yib, seytnotga tushib qoldi va bu oqlarga eng yaxshi yo’llar topishga halaqit berdi. Hozir partiyaning hamma sharxchilari ko’rsatib o’tgan 33. Fe6 kuchliga o’xshaydi. Qoralar turlicha filli va shipl – 33...Ff1+  34. Kph4  Ff6+ 35. F : f6  gf ga o’ta olmaydi, chunki darhol  (36. Cd7 dan keyin ), bir piyodadan ajraydi, oqlarning shohi esa, yoriq piyodalar to’sig’i orasidan osongina o’tib boradi. Men 33...g6 34.Fe7! tarzida o’ynamoqchi edim. Bu yerda oqlarning g’alabasi bilan tugaydigan 34...h6  35.Ce6   Ff1+ 36. Kph6 ga o’xshash kopirativ variantlar keltirilgan edi. Lekin hech kim eng kuchli yurish -34...Ce3! ni topa olmagan: qoralar bevosita xavflardan himoyalanib olib, qarama qarshi o’yin barpo qiladi.
35. F:d6  Ff1+ 36.  Kph g5+ 37.   Kph5  Ff7+  38. Kph6 Fg7+ 39.  Kph5  Ff7 ham,  35.  Ce6  Ff1+ 36.  Kpg4  Fe2  (lekin aslo 36..h5+??  emas – 37.  Kph4)  37. Kph3  Ff1+ 38.   Kph4  g5+ 39.   Kph4  (39. Kph5?? dan keyin qoralar hatto  mot qiladi;  39...  Fe2+ 40.  Cg4 F:h2x ) Kph3   39...  Fe2+ 40. Kph3  Ff1+  ham  kishti-qoyimga olib keladi.  Oqlar oldi ochiq piyodasini olg’a sura olmaydi ham (35.a6), chunki 35... h6 (Ff1+va  Cg5+xavfini  tug’dirib )  dan keyin ularning o’zi kishti-qoyim e’lon qilishga majbur bo’lib qoladi. Bari shudir...  Biroq  oqlarning ixtiyorida  kuchli 35. Ce2! Javobi bor va kurash boshqatdan zo’rayib ketadi. (albatta, 35... F:e2?? Mumkin emas – 36.Ff8x).  33. Fe6 yurishi oqibatlarini (ayniqsa setnotda ) oldindan chamalash qiyin edi.
Smeykal c6 piyodasini yutib olib, xotorjam sharoitda erishilgan ustunlikdan foydalanish bilan shug’ullanmoqchi bo’ladi. Balki bu amaliy jihatdan to’g’ridir.

33.  Cg4 – d7    g7 – g6
34.  Cd7 : c6    Kph8 – g7
35.  Cc6 – b5    Ff2 – b2!

Bu nafis yurish bo’lib, Smeykal, chamasi, uning zamiriga yetmadi. Nogoh h2 piyodasiga xavf tug’ilib, qoldi, c3 dagi piyoda   ham, b5 dagi fil ham zarba ostida. Oqlarga c3 piyodasidan ajrashga to’g’ri keladi, lekin ularning oldi ochiq piyodasi juda xavfli. Qoralarning kulfati shundakin, ular hech qachon turli filli endshiplga o’ta olmaydi. Shu boisdan oqlar almashtirish xavffini tug’dirib, istagan paytda qora farzinni deyarli istagan xonadan  "jo’nang’" deyishi mumkin.

36. a5 – a6      Cc5 – g1
37. Fc4 – e2    Fb2 :  c3

Qoralar aniq yurishlar bilan vaziyatni deyarli tenglashtirib oldi-yu, lekin taxtada farzinlar borligi pozitsiyani o’zaro xavfli tarzda titib turadi.          

38.  Cb5 – c4    Cc5 - g1
39.  Fe2 – f1 ?

Kuchli seytnotga pozitsiyani soddalashtirishga bo’lgan tabiiy va tushunilishi oson intilish. To’g’risi 39.  Kpg2 edi. Endi qoralar ustunlikka erishadi.

39.  ...  Fc1 – h6+      
40.  Kph3 – g2    Fh6 – h2+
41.  Kpg2 – f3     Fh2 – h5+

Seytnot tugadi, lekin faqat smeykalga emas, balki menga ham tinchlanib olish zarur edi. Yurishlarnig takrorlanishi shundan.

42.  Kpf3 – g2 . . .

Shu yerda partiya kechiktirildi.  Tahlil, oqlar aniq o’ynasa durang  qilish imkoniyatiga ega ekanligini, biroq bunga erishish uchun ular katta qiyinchiliklarni yengishi kerakligini ko’rrsatdi.

42. . . .  Fh5 – h2 +
43. Kpg2 – f3    Cg1 – d4
44. Cc4 – d5     Cd4 – c5
45. Cd5 – c6     Cc5 – d4
46. Cc6 – b7?   ...

Oqlar tashlangan to’rga ilindi va raqibi vazifasini osonlashtirdi. 46. Cd5! to’g’riedi. Men bu yurishdan keyin oqlarning ishi joyida, demoqchi emasman aslo. Gap butunlay boshqa joyda. Kechiktirilgan pozitsiyada qoralar turlicha yo’llar bilan g’alaba qilishga urinib ko’rishi mumkin, lekin ularning har birida oqlarning himoyalanish resurslari mavjud.
Taxtada vujudga kelgan pozitsiya oqlar tomonidan sugsvang hususiyatiga ega. Shaxmat tufayli yagona bush xona – g4 ga  qadam bosa olmaydi. Oqlarning farzini va g2 ga,  na e2 ga  yura oladi, chunki bu holda  Fh5+  yo’li bilan g3 piyodasini surishga majbur etiladi va shohning pozitsiyasiga uzil-kesil putur yetkaziladi. Bundan chiqdi, faqat fil yura oladi. O’z navbatida qoralarga, pozitsiyani kuchaytirish planini topish darkor. Biz oldin ishonch hosil qilganimizdek, bu yerda oddiy kishtlar bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi. Men shoh flangidagi piyodalarni surish bilan bog’liq planni tanladim. Tahlil paytida o’yinni bunday davom ettirish yagona yo’l emasligi, lekin aytarli darajada samaraliligi aniqlangan edi. Qoralar uchun piyodalarni fil c5 yoki d4 daligida sura boshlash yaxshiroq, oqlarga esa o’z filini c5 yoki d5da saqlash maqulroq.  Ko’rib turibsizki, bir-biriga mos xonalar paydo bo’lib qoldi. Smeykal boshqa usuldan xavfsiragan va shunga qarab unga ko’proq tahlildan o’tkazgan, binobarin, mos xonalarni topa olmay, filini juda uzoqqa olib qochgan edi. Farqini men keyingi sharhlarda ko’rsatib o’taman.

46.   ...   g6 – g5!      


47.  Kpf3 – g4    h7 –h5
48.  Kpg4 – f5 . . .

Yagona yurish. 48. Kp : g5  yutqizar edi : 48...F:g3 49.  Kp : h5  (49. Kpf5 Fg4x ) 49 ... Cf2 va oqlar motdan qutula olmaydi.

48.  ...  Fh2 : g3 
49.  Kpf2 – e6    Fg3 – f2!
50.  Ff1 – b5 . . .

Farzinlarni almashtirish qoralarga ustunlikdan foydalanishni osonlashtiradi:  50.  F : f2  C : f2    51. Kp : d6  g4!  va fil piyodani f1 dan turib to’xtatishga  ulgura olmaydi. 52.  Cc8  Kpf2  bo’lganda esa, qoralar shoxini oldinga o’tib oladi.  Farq shundan iboratki, fil  b5 da  emas, balki d5 da  turgan bo’lganda, oqlar 50.  F : f2  C : f2    51. Kpf5!  g4  52.  Cc4!  O’ynay olar va oldi ochiq piyodalar to’silar, qoralarning shoxi esa ildinga o’ta olmas edi.

50.   ...   Ff2 – f6+
51.  Kpe6–d5    g5–g4
52.  Cb7-c8    Ff6-e7
53.  Cc8-f5  Kpg7-h6  
54.  Fb5-f1  Fe7-c7   
55.  Ff1-e2  Fc7-c5+
56.  Kpf5-e6  Kph6-g5
57.  Fe2-f1 Fc5-a3
58.  Ff1-e2 Cd4-c5
59.  Fe2-d2+ Fa3-e3
60.  Fd2-a5  Cc5-b6

Qoralar o’z kuchlarini qulay joylashtirib oldi va oqlarning qarshi o’yin barpo qilish yo’lidagi barcha urinishlarini osonlikcha daf qiladi.

61.  Fa5-a2    Fe3-f2
62.  Fa2-b1     g4-g3
63.  Cf5-h3 . . .

Oqlar oxirgi mudofa chizig’ini egalladi. Lekin bu qamal ham vaqtinchalik xususiyatga egadir.


63.  ... Kpg5-h4
64.  Ch3-g2   Ff2-g1

Qoralar farzinlarni almashtirishga majbur etyapti. Shundan keyin g’alabaga erishish yo’li qisqardi.

65.  Fb1:g1    cb6:g1
66.  Kpe5:d6 . . .

66. Kpf6  Cd4  67.  Cf1  g2!  68.  C:g2  Kpg3  va keyingi  h4 dan so’ng ajoyib yakun yuz berardi.

66.    ...  Cg1-d4
67.  a6-a7  Cd4:a7
68. Kpd6:e5 Kph4-g4
69.  Kpd5:d5  h5-h4
70.  e4-e5    h4-h3
71.  Cg2:h3+ Kpg4:h3
72.  e5-e6    Ca7-c5!

Oqlar taslim bo’ldi.

1273 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений