linkedin facebook linkedin facebook nod32

WEB dasturdagi asosiy tushunchalar

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-02

Web dasturlashdagi asosiy tushunchalar

1.1. WEB sahifalar

World Wide Web (Butun olam to`ri) Internetning eng progressiv va ko`p foydalaniladigan qismidir. Siz to`rda yurar ekansiz, undagi multimedia sahifalarini ko`rasiz. Bu sahifalar matn, rasm, ovoz va videodan tashkil topgan gipermatn ko`rinishida bo`ladi. To`r gipermatn orasidagi bog`lanishlardan foydalanadi va bu narsa to`rning bir joyidan ikkinchisiga o`tish imkonini beradi.
Gipermatn ko`rinishidagi Veb sahifalarni ko`rish va ular orasidagi bog`lanishlar imkonini beradigan til HTMLHypertext Markup Language (Gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataladi. To`r klient-server modeli asosida ishlaydi. Bunda klient kompyuterida ishlaydigan dasturiy ta'minot Web browser (brauzer deb o`qiladi va to`rni ko`rish darchasi, degan ma'noni anglatadi) deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti to`rning mezbon kompyuterlarida ishlaydi.
Butun olam to`ridan foydalanish uchun avval kompyuterni internetga ulash va Web browserni ishga tushirish kerak.

1.1.1.WWW ning tuzilishi

1. Butun olam to`ri Internetning eng innovatsion va eng ko`p ishlatiladigan qismidir. To`r bo`ylab yurar ekansiz, matn, grafika ovoz va videolardan tashkil topgan sahifalarni ko`rasiz. Bir sahifadan ikkinchisiga o`tish uchun gipermurojaatlardan foydalaniladi. Gipermurojaatlardan foydalanish imkonini beruvchi til HTMLHypertext Markup Language (gipermatnni hoshiyalash tili) deb ataladi.
2. Tarmoq klient-server modeli asosida ishlaydi. Klientning dasturiy ta'minoti veb brauzer deb ataladi. Server dasturiy ta'minoti mezbon kompyuterda ishlaydi. Tarmoqdan foydalanish uchun avval internet bilan bog`laniladi, so`ng veb brauzer ishga tushiriladi.
3. Veb brauzerda siz ko`rmoqchi bo`lgan resursning URL ini yozasiz yoki bu resursga tegishli gipermurojaatni tanlaysiz. Resurslarning joylashgan o`rni nomlari URL lardir. Sizning veb brauzeringiz URL li talabnomani HTTP (Hyper Text Transfer Protocol – gipermatnni uzatish protokoli) yordamida veb serverga uzatadi. Bu protokol veb brauzer va veb serverni bir-biri bilan bog`lash yo`lini aniqlaydi.
4. Veb server talab qilingan sayt, xujjat, ob'ekt yoki boshqa resursni qidirib topadi va uni klient kompyuteridagi veb brauzerga jo`natadi. qabul qilib olingan resurs klient kompyuteri ekranida veb brauzerda aks etadi. Shu bilan HTTP bog`lanish yopiladi va keyin yana qayta ochilishi mumkin.
5. HTTP yordamida veb serverga kelgan talabga ko`ra veb server qanday resurs so`ralayotgani va uning qaerda joylashganini aniqlab oladi.
6. Talabnoma Internetga jo`natiladi. Internetdagi marshrutizatorlar bu talabnoma qaysi serverga jo`natilishi kerakligini topadi. URL da http:// dan keyingi ma'lumot resurs qaerda joylashganligini bildiradi. Unga asosan marshrutizatorlar talabnomani kerakli serverga jo`natadi.

7. URL lar, masalan http://www.zn.uz/books/2057/html, odatda to`rttagacha qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qism http:// foydalaniladigan protokolni aniqlaydi. Ikkinchi qismi odatda www bo`ladi va Internetning qanday resursiga ulanish kerakliligini bildiradi. Uchinchi qismi ancha uzun bo`lishi mumkin (zn.uz) va qaysi serverga ulanish kerakligini ko`rsatadi. To`rtinchi qism serverdagi maxsus papkani, xujjatni, veb saytning bosh sahifasini yoki boshqa resursini bildiradi.

1.1.2. Web saytlarning tuzilishi

1. Bosh sahifa veb saytning birinchi sahifasidir. Veb sayt bitta sahifadan yoki o`nlab va hatto, yuzlab sahifadan iborat bo`lishi mumkin. Oxirgi holda bosh sahifa veb saytning mundarijasi vazifasini bajaradi va veb saytdagi ma'lumotlarni topishni osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
2. Bosh sahifada ajratilgan yoki ostiga chizilgan gipermurojaatlar joylashgan bo`ladi. Ular saytdagi boshqa sahifalarga o`tishga xizmat qiladi.
3. Serverda joylashgan va bir-biri bilan bog`langan xujjatlar birgalikda veb saytni tashkil etadi. Bitta serverda har biri alohida sohada (alohida papkada) joylashgan ko`plab saytlar bo`lishi mumkin. Ular bitta vinchesterda ko`plab papkalar joylashgani kabi joylashishadi. Ba'zi veb saytlar juda katta bo`ladi yoki ularga har doim ko`plab murojaatlar bo`ladi. Bunday saytlarni joylash uchun bitta server etarli bo`lmaydi. Bunday hollarda bitta sayt bir necha serverlarga yoki bir necha kompyuterlardan iborat serverga joylanadi.
4. Sayt yaratishda uning har bir sahifasidan orqaga va bosh sahifaga qaytish imkoni ko`zda tutilishi kerak. Bu usul foydalanuvchi uchun juda qulay bo`lib, u sayt ichida adashib qolmaydi. Foydalanuvchi har doim bosh sahifaga qaytib, boshqa yo`nalishda sayt bo`ylab yura oladi.

5. Sayt ichidagi sahifalarning har biri ixtiyoriy boshqa sahifa bilan bog`lana olishi mumkin. Lekin ko`pgina saytlar piramida, ya'ni daraxtsimon ko`rinishdagi tuzilishga ega bo`ladi. Bunday tuzilishga ega saytlarda foydalanuvchi adashib qolmaydi, chunki bunday saytning tuzilishi foydalanuvchi uchun tushunarli va uning saytda adashib qolishi mumkin emas.
6. Veb saytlar odatda uch xil tuzilishga ega. Birinchi tur chiziqli bo`lib, har bir sahifaga undan oldinda joylashganidan o`tiladi. Har bir kitob varaqlari shunday tuzilishga ega.
7. Ierarxik (piramida, daraxtsimon) tuzilishga ega saytlarda kerakli malumotlarni topish yanada osonroq. Bunda umumiyroq ma'lumotlardan ancha tor ma'lumotlarga o`tib boriladi. Kitoblarning mundarijalari shu tarzda tuzilgan. Kitob mundarijasida kerakli bobni, undan keraklipragrafni va undan kerakli sahifani topishimiz mumkin. Shunga o`xshash, elektronika bilan savdo qiluvchi internet do`kon veb sayti bosh sahifasida printerlarni, undan lazerli printerlarni, undan HP kompaniyasining printerlarini, undan esa HP-1200 printerini tanlashimiz mumkin.
8. Uchinchi usul tasodifiy deb ataladi. Bu turdagi tuzilmaga ega saytlarda sahifalarning bir biri bilan bog`lanishlarida qonuniyat topish qiyin. To`rda saytlar bir biri bilan aynan shu ko`rinishda bog`langan.

8519 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений