linkedin facebook linkedin facebook nod32

Sisiliancha himoya Karpov, R.Birn Gastings, 1971/72

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-06-07

Sisiliancha himoya Karpov,  R.Birn Gastings, 1971/72

1. e2 – e4   c7 – c5
2. Kg1 – f3  Kb8 – c6
3. d2 – d4   c5 : d4
4. Kf3 : d4   Kg8 – f6
5. Kb1 – c3  d7 – d6
6. Cc1 – g5  Cc8 – d7
7. Fd1 – d2  La8 – c8
8. 0 – 0 – 0  Kc6 : d4
9. Fd2 : d4   Fd8 – a5

Ma’lum nazariy pozisiya vujudga keldi.

10. f2 – f4 ....

Boshqa imkoniyat – 10. Fd2 dir.
10. ...     h7 – h6
Ilgarilari bu yerda 10. ... e6 11. e5 de 12. fe Cc6 o’ynalardi.
Sifat qurboni – 10. ... L : c3 unchalik to’g’ri emas, deb topilgan.

11. Cg5 – h4    g7 – g5
12.e4 – e5       ...

Bu pozisiya ham yangi emas. Yugoslaviyadagi bir turnirda keyin 12. ... Cg7 o’ynalganda, bu ulkan chigalliklarga olib kelgan edi. Bunda 13. Ce1 Kh5 14. Kd5 F : a2 15. K : e7 varianti oqlarning foydasiga bo’lsa kerak. Lekin qoralarning yurishi, har qalay, e’tiborga loyiq va tahlil uchun qiziqdir.

12.  ...     g5 : h4
13. e5 : f6    e7 – e6
14. Cf1 – e2 ...  

Kerakli yurish. Oq fil sharoitiga qarab f3 yoki h5 ga olib o’tilishi mumkin bo’lib, bu erda u muhum xonalarni nazorat qilib turadi.

14. ...   Cd7 – c6
15.  Lh1 – e1   Lh8 – g8
16.  Ce2 – f3! ...

Qoralarga javob yurishi unchalik oson bo’lmaydi, Birn bu yerda 20 minut o’ylanib qolgani ham bejiz emas. Oqlarnig bu pozisiyasi o’yini qanchalik oddiy bo’lsa, shunchalik ko’rkam hamdir.  <<f>>  liniyasida hujum mavjudligida qoralarning markazda o’ralashib qolgan shohiga ochiq liniyalar bo’ylab boshlanadigan hujum nihoyatda nohushdir.

16. ...       Kpe8 – d7

Qoralar shohni farzin flangiga olib o’tishni mo’ljallamoqda. Men yaqqol pozisiyaviy afzallikka olib boruvchi yo’lni tipishga muvoffaq bo’ldim. Partiyadan keyin biz 16. … Kpd8 ni tahlil qilib, bu biroz aniqroq ekan, degan xulosaga kelgan edik. Lekin o’shanda ham oqlar xavfli ustunlikka ega bo’lardi. 16. … C : f3 17. gf Lc5 bo’lsa, oqlar ajoyib 18. Le5! yurishiga ega : endi 19. L : c5  F : c5 20. F : c5 dc 21. Kb5 xavfi tug’ilib, motdan qutilish chorasi yo’q. 18. … L : e5 19. fe  F : e5 20. Fa4 + Kpd8 21. F : a7 esa, yaqqol oqlarning foydasiga.

17.  Le1 – e5!    Fa5 – b6
18.  Fd4 : b6    a7 : b6
19.  Cf3 – h5! ...   

Endi f7 piyodasini himoyalab bo’lmaydi. Majburiy o’yin boshlanib, har bir tomon iloji boricha raqibning ko’proq piyodasini <<yutish>>ga intiladi.

Oqlarning ustunligi shundan iboratki, ular <<piyodaxo’rlik>>ni raqib shohiga hujum qilish bilan birgalashtiradi.

19.  ...    Lg8 : g2
20.  Ch5 :f7    Lg2 : h2

e6 piyodasini ham qo’riqlab bo’lmas edi.

21.   Cf7 : e6 + Kpd7 – e7
22.   Le5 – e3    ...

Oqlarning pozisiyasi yaxshiroq, chunki ularning <<f>> liniyasidagi piyodalari chekka vertikaldagi qora piyodalarga qaraganda havfliroq. Bundan tashqari, qoralarning f8 dagi fili hozircha o’yinga aralasha olmaydi. Xozir qoralarning oldida : c8 dagi ruhni qayoqqa yurishi kerak edi? degan vazifa turibdi. Balki, uning a8 ga o’tishi kerakdir, lekin bunga jur’at qilish qiyin edi, chunki qora shoh b8 ga yo’l olib turibdi.

22.  ...    Lc8 – d8
23.  Kc3 – d5 + Cc6 : d5
24.  Ld1 : d5      ...

Fillar har xilligiga qaramay, oqlarning vaziyati yaqqol yaxshi : Qoralarning sochilib ketgan piyodalari juda bo’sh.

24....    Lh2 – f2

f4 piyodasining surilishiga erishib, qoralar filini h6 ga chiqishga tayyorlayapdi.

25.  ...  f4 – f5    h6 –h5
26.  Le3 – c3 + Kpc7 – b8

27.  a2 – a4    ....

 Men shohga hujum qilish plani to’g’riligiga unchalik amin emasman. Chamasi, raqibning oldi ochiq piyodalari bilan shug’ullanish kerak edi. Biroq bu yo’l menga juda uzoq tuyuladi.

27.  ....    Lf2 – f4
28.  a4 – a5    b6 : a5
29.  Ld5 : a5    Lf4 – g4
30.  Lc3 – a3    Kpb8 – c7
31.  La5 – b5    ...

b7 piyodasi xavf ostida va uni hech narsa bilan himoyalab bo’lmydi. Qoralarga qarshi o’yin beruvchi yagona yo’l 31 ... Lg1 + 31. Kpd2 Ch6 + dan iborat edi. Biroq, Birn birdaniga ikkinchi yurishdan boshlab oq shohga astagina a2 da yashirinish imkonini beradi.

31.  ...    Cf8 – h6 +
32.  Kpc1 – b1    Lg4 – g3
33.  La3 – a7    Ld8 – b8
34.  Ce6 – d5    Lg3 – g1 +
35.  Kpb1 – a2    Lg1 –f1
36.  La7 : b7 + Lb8 : b7
37.  Lb5 : b7 + Kpc7 – d8
38.  Cd5 – e6    h4 – h3

Oxirgi imkoniyat.

39.  Lb7 – d7 +     ....

Birn seytnotda 39. ... Kpc8 40. Lh7 + Kpd8 41. L : h6 h2 bo’lganda, oqlar 42. Cd5 yurishi bilan piyodani to’xtatishga ulgurishini ko’rib qoldi va

39.  ....    Kpd8 – e8

o’ynadi.

40.  Ld7 – c7.

Qoralar taslim bo’ldi.
Lc8 × majburiy.

1462 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений