Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 196
Bugun: 26.1.2021
Soat: 16:58
MathCad da matritsa operatorlari
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2015-05-27
MathCad da matritsa operatorlari
Matritsa operatorlari. Matritsa operatorlari vektor va matritsalar ustida turli amallar bajarish uchun mo`ljallangan. Bularga transponerlash, qo`shish, ayirish, ko`paytirish operatorlari kiradi (Rasm 1).
Rasm 1.
Matritsa bilan ishlash.
Mathcad dasturi imkoniyatlariga matritsa bilan ishlash amallari ham kiradi. Mathcad tizimida sonli yoki simvolli yechimga ega bo`lish uchun matritsali ifodalarni oddiy usulda yozish ( klaviatura orqali) yetarli bo`ladi.
Matritsalarni yaratish. Vektor yoki matritsani yaratish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo`ladi:
1. Matritsa nomi va (:=) o`zlashtirish operatori kiritiladi;
2. Matematik uskunalar panelidan Vector and Matrix tool bar ( Панель векторь и матриц) tugmasi tanlanadi (sichqoncha orqali). Ochilgan Matrix (Matritsa) panelida Matrix or Vector (Матрица или Вектор) tugmasi tanlanadi (bazida Ctrl+M klavishlar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin). Ochilgan muloqot oynasida satrlar va ustunlar soni kiritilib OK tugmasi tanlanadi. Ekranda matritsa shabloni paydo bo`ladi.
3.Shablondagi hamma kiritish joylari sonlar yoki harfiy ifodalar bilan to`ldiriladi.
Shablon yordamida 200 dan ko`p bo`lmagan elementli matritsa yaratish mumkin. Vektor esa 1 ustundan iborat bo`lgan matritsadir.
4092 marta o`qildi.
![]() |
![]() |