linkedin facebook linkedin facebook nod32

Axborotlarni himoyalashda ochiq va yopiq kalitlardan foydalanish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-17

Axborotlarni himoyalashda ochiq va yopiq kalitlardan foydalanish

Hozirda kompiyuter “bezorilari” tomonidan kompiyuter tizimlari va tarmoqlariga uyushtirilgan hujum va xavflarni boshqarish, xolatlarini tahlil qilish, ularning oldini olish vositalarini ishlab chiqarish axborot xavsizligining dolzarp muammosidir. INTERNET tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, axborotlarni tez va sifatli boshqarishni ta’minlash jarayonlarini rivojlantirib bormoqda. Axborotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, axborotlarni asli holidan o’zgartirilgan holda, ya’ni shifrlangan holda saqlashva uzatish masalalarining muhim ekanligiga shubha yo’qdir.
Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga INTERNET xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuterlar tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib ketadi.
Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos-maxfiy, 1ogos-ilm) shug‘ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o’zaro qarama-qarshi bo’lgan ikki yo’nalishga ega - kriptotaxlil va kriptografiya.
Kriptotaxlil shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan matnning asli holatini topish uslublari bilan shug‘ullanadi.
Kriptografiya axborotlarni aslidan o’zgartirilgan holatga o’tkazishlarning matematik uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.
Dastlabki tizimlashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U biror ma’lumotni maxfiy holda biror kishiga etkazmoqchi bo’lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning beshinchisi harfi bilan, ikkinchisini oltinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib, matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o’tkazgan.

Kriptografik tizimlar yo’nashidagi izlanishlar, ayniqsa, birinchi va ikkinchi jahon urushi yillari davrida muhim ahamiyat kasb etdi va jadal rivojlandi. Urushdan keyingi yillarda hisoblash texnikasining yaratilishi va takomillashib, insoniyat faoliyatining barcha sohalariga chukur va keng ma’noda kirib borishi, kriptografik uslublarni tabiiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishini taqozo etmoqda.O`zbekistonda kriptografiyani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, bunga misol tariqasida  prizidentimiz I.A.Karimovning 22-moddadan iborat elektron raqamli imzo to`g`risidagi qonunini keltirishimiz mumkin.
Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti davrida tijorat ma`lumotlari kompiyuter tili ko`rinishida saqlanmoqda va ommaviy elektron kanallar orqali uzatilmoqda. Shuning uchun ham ma`lumotlarni himoyalash masalasi tijorat tashkilotlarida ham katta qiziqish uyg`otmoqda. Axborotni himoyalash vositalarining aksariyati kriptografik shifrlarga va shifrlash –qayta shifrlash jarayonlariga asoslangan.
Hakkerlar haqida juda ko`p eshitganmiz, ular turli mamlakatlardagi rivojlangan banklarning hisob raqamlarida saqlanayotgan pul mablag`larini o`zlashtirib ketilganligi to`g`risida ham ko`p eshitganmiz. Xo`sh bunga nima sabab bo`lgan bo`lishi mumkin? Albatta bunga bank tizimida bank mijozlarining omonatlari to`g`risidagi sirlarning saqlanish muxofazasi sust yani past darajada ekanligi bilan baxolash mumkin.  Hozirda o`sha bank tizimlarida ham kriptografik dasturlarga bo`lgan ehtiyoj yuzaga kelyapdi.
Zamonaviy axborot texnologiyasidan bo`lgan lokal va kompiyuter tarmoqlarining keng tarqalishi axborotni himoyalash zarurligi to`g`risidagi muammoni keltirib chiqarmoqda. Axborotni himoyalash masalasining yechilishi uning o`zgartirilish, ko`paytirilish yoki yo`qolish extimolligining kamayishini ta`minlaydi.

Formula m-ta simvol uchun:

E={a0,a1,...,am-1}

E2={a0a0,a1a1,...,am-1am-1} (1)

..............................................

En={a0,a0,...,am-1,a1,a1,...,am-1,....,an,an,...,am-1}

k1t+k(mod m)=Ek(t)

k1t+k(mod m2)=E2k(t) (2)

.............................

k1t+k(mod mn)=Enk(t)

(2) Formula uchun bu yerda k1, k – butun sonlar

0<k1 va 0<k kalit EKUB(k1,m)=1

Biz yaratgan dasturni takomillashtirish uchun juda ko`p mehnat talab etiladi. Kelajakda dasturning rivojlangan versiyalarini yaratish uchun biz yuqori malakali tilshunos mutaxasisarni jalb qilmoqchimiz.
Endilikda mamlakatimizda boshqa mamlakatlarning himoya tiziminiga asoslangan dasturlarni ishlatgandan ko`ra o`zimizning milliy himoya tizimimizni yaratgan ko`p taraflama ma`qul, shuning uchun ham men bu sohada dastlabki qadamlarimni qo`ydim.

Bugungi kunda kriptografiya fani jadal suratlar bilan rivojlanib kopchilik tomonidan katta qiziqish bilan o`rganilmoqda. Bunga misol tariqasida yevropa va amerika mamlakatlarining bank tizimini olishimiz mumkin. Ularda qog`ozbozlik bilan hal qilinadigan ishlar deyarli qolmadi, barcha ishlar elektron variantdagi hujjatlar va imzolar bilan hal qilinadigan bo`ldi. Bu esa o`z navbatida bank tizimidagi ma`lumotlarni muxofazasini ya`ni maxfiyligini ta`minlash shartlarini talab etadi.
Mamlakatimiz ham raqamli imzo va hujjatlar tizimiga to`la va to`kis o`tildi. Bizning yaratgan dasturimiz bank tizimi va qolgan ijtimoiy sohalardagi kerakli axborotlarni muxofazasini ta`minlaydi.
Agar biz yaratgan dasturning muhofaza tizimi bo`lmaganda edi, uning oqibatlari ancha ayanchli tarzda tugagan bo`lardi. Buning oqibatlariga misol keltiradigan bo`lsak, bularga: mamlakatda bank tizimidagi islohotlarga salbiy tasir ko`rsatishi mumkin, bank tizimida ko`pdan-ko`p qaroqchilik holatlari bo`lishi mumkin, ta`magirlikga yo`l qo`yilishi mumkin, begona shaxslarning bank faoliyatiga to`g`ridan-to`g`ri aralashish hollari kuzatilishi mumkin va bank mijozlarining omonatlari muhofazasining susuayishiga olib kelishi mumkin. Bu holatlarning  eng yomon tomoni shundaki, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Hozir biz faqatgina bank tizimi nuqtai nazaridan kelib chiqib shunday xulosaga kelyapmiz. Agar jamiyatning boshqa sohalaridan kelib chiqib gapirganimizda edi, uning oqibatlari anchagina ayanchli bo`lardi.
Bizning yaratgan dastur kriptografiyaning  matematik ko`rinishini mukammallashtirilgan xolda ishlab chiqildi. Ushbu dasturning imkoniyatlariga keladigan bolsak, bizda lotin alfavitining  kichik va katta harflari , krill alfavitining kichik va katta harflari, ASC II standart jadvalining 256 ta belgisi va so`zlarni shifrlash ustida ishlar olib bormoqdamiz.
Yuqorida takidlab o`tganimizdek mamlakatimiz ham electron variantdagi imzo va hujjtlar tizimiga o`tildi, bu o`tish davrini  esa biz munosib darajada kutib olishimiz kerak. O`ylaymanki bizning dasturimiz jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladi. Bu to`grisida prizidentimiz I.Karimovning 2003-yil 30 mayda qabul qilingan elektron imzo haqidagi qarori bunga yaqqol misol bo`la oladi.

1922 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений