linkedin facebook linkedin facebook nod32

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida qonuni

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-08

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
11.12.2003 y.
N 562-II

 

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida

 

1-modda. Ushbu qonunning maqsadi
2-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar
4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini
davlat tomonidan tartibga solish
5-modda. Maxsus vakolatli organ
6-modda. Ro‘yxatga olish markazi
7-modda. Elektron raqamli imzo bilan qo‘lda o‘zi qo‘ygan imzoning
bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari
8-modda. Elektron raqamli imzo vositalari
9-modda. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlarini
va ochiq kalitlarini yaratish
10-modda. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi
11-modda. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining
javobgarligi
12-modda. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi
13-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati
14-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
15-modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal
qilishini to‘xtatib turish
16-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini
bekor qilish
17-modda. Elektron raqamli imzo kalitining
sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi
18-modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish
19-modda. CHet davlatlarning elektron raqamli imzolar
kalitlari sertifikatlaridan foydalanish
20-modda. Muhr o‘rnida ishlatish
21-modda. Nizolarni hal etish
22-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish soіasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

2-modda. Elektron raqamli imzo
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

 

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan іolda maxsus o‘zgartirish natijasida іosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan іolda xosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan іolda іosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining іar qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.

 

4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish
sohasini davlat tomonidan tartibga solish

Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.

 

5-modda. Maxsus vakolatli organ

Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi;
ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

6-modda. Ro‘yxatga olish markazi

Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.
Ro‘yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muіofaza qilinishini ta’minlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qoјoz hujjatlar shaklida beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalari berilishini, shuningdek elektron raqamli imzolar kalitlarining to‘xtatib turilgan va bekor qilingan sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzoli qoјozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan іollar іaqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalariga o‘qitish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ro‘yxatga olish markazi bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish markazining yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini saqlashi hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish maqsadiga to‘јri kelmaydigan ma’lumotlarni so‘rab olishi taqiqlanadi.
Ro‘yxatga olish markazlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

7-modda. Elektron raqamli imzo bilan qo‘lda o‘zi qo‘ygan
imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini
e’tirof etish shartlari

Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan takdirda qoјoz hujjatga qo‘lda o‘zi qo‘ygan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir, agar:
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan paytda yoki imzolash paytini belgilovchi dalillar bo‘lganda elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turgan bo‘lsa;
elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.

 

8-modda. Elektron raqamli imzo vositalari

Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.

 

9-modda. Elektron raqamli imzoning yopiq
kalitlarini va ochiq kalitlarini yaratish

Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlari va ochiq kalitlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoki ularning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo vositalari yordamida yaratilishi mumkin.

 

10-modda. Elektron raqamli imzoning
yopiq kaliti egasi

Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi:
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi eіtimoli borligi to‘g‘risidaxabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to‘g‘risidaro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart.

 

11-modda. Elektron raqamli imzo yopiq
kaliti egasining javobgarligi

Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli etkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo‘ladi.

 

12-modda. Elektron raqamli imzo
ochiq kalitining foydalanuvchisi

Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin.
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan іollar іaqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga іaqli.
Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muіofaza qilinishini ta’minlashi kerak.

 

13-modda. Elektron raqamli imzo
kalitining sertifikati

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qoјoz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi;
uning tartib raqami va amal qilish muddati;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;
mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;
elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reestrining elektron manzili.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma’lumotlar іam kiritilishi mumkin.

 

14-modda. Elektron raqamli imzo
kalitining sertifikatini berish

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi tomonidan beriladi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qoјoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning іar bir nusxasi ro‘yxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro‘yxatga olish markazi ning Muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa ro‘yxatga olish markazida saqlanadi.
Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro‘yxatga olish markazi tomonidan bepul ko‘rsatiladi.

 

15-modda. Elektron raqamli imzo kaliti
sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish

Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muіlatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga ro‘yxatga olish markazi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi tushganda ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o‘zida bu іaqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat ichida ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin.

 

16-modda. Elektron raqamli imzo
kalitining sertifikatini bekor qilish

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro‘yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan qatьi nazar, quyidagi іollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan іollar aniqlangan bo‘lsa.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash іaqida arizasi bo‘lmagan taqdirda іam elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor qilinishi kerak.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida bayon qilingan іolatlar yuzaga kelgan kunda ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuv ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga kiritilib, bu іaqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi xabardor qilinadi.

 

17-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini
ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi

Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestridan chiqariladi va arxivda saqlash rejimiga o‘tkaziladi.
Qoјoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi mumkin.

 

18-modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish

Ro‘yxatga olish markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risidaqaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy mobaynida bu іaqda maxsus vakolatli organga, shuningdek mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga saqlash uchun topshirilib, bu іaqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining foydalanuvchilari xabardor qilinadi.

 

19-modda. CHet davlatlarning elektron raqamli
imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish

CHet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

20-modda. Muhr o‘rnida ishlatish

Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qoјoz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.

 

21-modda. Nizolarni hal etish

Elektron raqamli imzodan foydalanish soіasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 

22-modda. Elektron raqamli imzo to‘јrisidagi
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov

 

975 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: salomurol
Qo`shilgan sana: 2015-12-08

Yaxshi narsalar bor.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений