linkedin facebook linkedin facebook nod32

AXBOROTLASHTIRISH TO‘GRISIDA QONUN

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI

11 dekabr 2003 yil 560-II-son

AXBOROTLASHTIRISH TO‘GRISIDA

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar
4-modda. Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati
5-modda. Axborotlashtirish soxasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Maxsus vakolatli organ
7-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarining xuquqiy rejimi
8-modda. Axborotni xujjatlashtirish
9-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi
10-modda. Davlat axborot resurslari
11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari
12-modda. Axborot resurslaridan foydalanish
13-modda. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taallukli ma’lumotlar to‘grisidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari
14-modda. O‘zlari to‘grisidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi
15-modda. Milliy axborot tizimi
16-modda. Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish
17-modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish
18-modda. Axborot tizimlarining tarmoqlararo boglanishi
19-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muxofaza qilish
20-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muxofaza kilinishini tashkil etish
21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish
22-modda. Nizolarni xal etish
23-modda. Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Karori 561-II-son 11 dekabr 2003 yil "AXBOROTLASHTIRISH TO‘GRISIDA" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xaqida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlari
Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun xujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari xamda axborot tizimlaridan foydalangan xolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iktisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi -qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan xukuklar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saklash, izlash, unga ishlov berish va uni tarkatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborot tizimi - axborotni to‘plash, saklash, izlash, unga ishlov berish xamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jixatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
4-modda. Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati
Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish xamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoyillarini xisobga olgan xolda milliy axborot tizimini yaratishga karatilgan.
Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
xar kimning axborotni erkin olish va tarkatishga doir konstitutsiyaviy xukuklarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va xududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik xamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jaxon axborot tarmogidan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish xamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chikarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy maxsulotlar ishlab chikarish rivojlantirilishini ragbatlantirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-kuvvatlash va ragbatlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun kulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadkikotlarni ragbatlantirish.
5-modda. Axborotlashtirish soxasini davlat tomonidan tartibga
solish
Axborotlashtirish soxasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
6-modda. Mahsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiklashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chikadi;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va xududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi;
axborotlashtirish soxasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chikadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari xamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari xamda axborot tizimlari muxofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiklashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
axborotlashtirish soxasida marketing tadkikotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning xukuklari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa kobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini xamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun xujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarining xuquqiy
rejimi
Axborot resurslari va axborot tizimlarining xuquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
axborotni xujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;
axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqini;
axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‘yicha toifasini;
axborot resurslari va axborot tizimlarini muxofaza qilish tartibini;
axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.
8-modda. Axborotni xujjatlashtirish
Axborotni xujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir. Axborotni xujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Axborot resurslarida saklanadigan va ishlov beriladigan, elektron rakamli imzo bilan tasdiklangan axborot elektron xujjat bo‘lib, kogoz xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Elektron xujjatni va elektron rakamli imzoni shakllantirish xamda ulardan foydalanish bilan boglik munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi.
9-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlariga
bo‘lgan mulk huquqi
O‘zbekiston Respublikasida axborot resurslari va axborot tizimlari ommaviy xamda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
axborot resurslari xamda axborot tizimlarining davlat byudjeti mablaglari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablaglari yoki qonun xujjatlari bilan takiklanmagan boshqa manbalar xisobidan yaratilishi;
axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqining o‘zga shaxsga o‘tishi shartlarini o‘z ichiga olgan oldi-sotdi shartnomasi yoki boshqa bitim;
meros olish.
Qonunda axborot resurslari va axborot tizimlariga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishining boshqa asoslari xam nazarda tutilishi mumkin.
10-modda. Davlat axborot resurslari
Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi:
davlat organlarining axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjeti mablaglari xisobidan yaratilgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari xamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda takdim etiladigan xujjatlashtirilgan axborotidan.
YUridik va jismoniy shaxslar xujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda takdim etishi shart.
YUridik va jismoniy shaxslarning xujjatlashtirilgan axborotni majburiy takdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish xamda ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat organlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni takdim etish tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha xamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab ko‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
CHeklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari xamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to‘grisidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab ko‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab ko‘yilgan axborot resurslariga kiradi.
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari xamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik xamda jismoniy shaxslarning teng xukuk asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.
Axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi.
12-modda. Axborot resurslaridan foydalanish
Axborot resurslaridan foydalanuvchilar axborot resurslaridan erkin foydalanishda teng xukuklarga ega, erkin foydalanilishi cheklab ko‘yilgan axborot resurslari bundan mustasno.
Axborot resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda xak olinishi mumkin.
Axborot bilan ta’minlashga doir axborot va xizmatlar ro‘yxatlarini, axborot resurslaridan erkin foydalanish tartibi xamda shartlari xaqidagi ma’lumotlarni axborot resurslarining mulkdorlari va egalari foydalanuvchilarga bepul takdim etadi.
YUridik va jismoniy shaxslar qonuniy asoslarda axborot resurslaridan o‘zlari olgan axborotdan axborot manbaini albatta xavola etgan xolda xosila axborot yaratish uchun foydalanishlari mumkin.
Axborot resurslaridan axborot olish tartibini axborot resurslarining mulkdori yoki egasi qonun xujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan xolda aniklaydi.
13-modda. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taallukli
ma’lumotlar to‘grisidagi axborotni o‘z ichiga
olgan axborot resurslari
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taallukli ma’lumotlar to‘grisidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taallukli ma’lumotlar to‘grisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi.
14-modda. O‘zlari to‘grisidagi ma’lumotlarni
ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik
va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi
YUridik va jismoniy shaxslar o‘zlari to‘grisidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur ma’lumotlarning to‘likligi xamda to‘griligini ta’minlash maqsadida ularga anikliklar kiritish huquqiga ega.
O‘zlari to‘grisidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin.
YUridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari to‘grisidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat kilinishi mumkin.
15-modda. Milliy axborot tizimi
Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va xududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik xamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.
Milliy axborot tizimi davlat byudjeti mablaglari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablaglari xamda qonun xujjatlarida takiklanmagan boshqa manbalar xisobidan yaratiladi.
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini xisobga olgan xolda yaratiladi.
Milliy axborot tizimidan foydalangan xolda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.
16-modda. Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish
YUridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.
17-modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini
sertifikatlashtirish
Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak.
Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va xududiy axborot tizimlarining, yuridik xamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborotni ishlovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari, shuningdek mazkur tizimlarni muxofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
18-modda. Axborot tizimlarining tarmoqlararo boglanishi
Axborot tizimlarining tarmoqlararo boglanishi turli axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi.
Belgilangan normalar va qoidalarga muvofik o‘zaro tarmoqlararo boglanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari ta’minlaydi.
Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo boglanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tarmoqlararo boglanishni amalga oshirish xamda turli axborot tizimlarining o‘zaro aloqada bo‘lish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
19-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini
muxofaza qilish
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muxofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash; axborot resurslarining tarkalib ketishi, o‘girlanishi, yo‘kotilishi, buzib talkin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, kalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo‘k qilish, to‘sib ko‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talkin etishga doir ruxsatsiz xarakatlarning xamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saklash.
20-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari
muxofaza kilinishini tashkil etish
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan gayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik xamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo‘lsa, muxofaza kilinishi
kerak.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari xamda maxfiy sirlar to‘grisidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muxofaza kilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muxofaza kilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustakil belgilanadi.
Davlat sirlari xamda maxfiy sirlar to‘grisidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muxofaza kilinishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o‘z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga xamda Internet jaxon axborot tarmogiga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.
Erkin foydalanilishi cheklab ko‘yilgan axborot resurslarini o‘z ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga xamda Internet jaxon axborot tarmogiga ulanishi fakat zarur muxofaza choralari ko‘rilganidan keyin amalga oshiriladi.
22-modda. Nizolarni xal etish
Axborotlashtirish soxasidagi nizolar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi.
23-modda. Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Axborotlashtirish to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. Karimov

1664 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений