linkedin facebook linkedin facebook nod32

StarBoard interaktiv doskada amallar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-12

StarBoard interaktiv doskada amallar

Salomlashish oynasi
StarBoard Software ishga tushirilganda quyidagi ekran namoyon bo‘ladi.

Bu ekran ish rejimini tanlash imkonini beradi. Misol uchun interaktiv doskadan foydalanish uchun [Интерактивная доска] tanlanadi.
Uskunalar paneli
StarBoard Software Uskunalar Paneli rejimi ishga tushirilganda quyidagi ekran hosil bo‘ladi.

Uskunalar Paneli yordamida barcha amallar bajariladi.

CHizish / O‘chirish

[Перо] chiziq chizishda foydalaniladi. O‘chirish uchun Uskunalar panelidagi [Ластик] dan foydalaniladi. Ekranni to‘liq tozalash uchun [Очистить] tugmasidan foydalaniladi. Pero rangini o‘zgartirish uchun [Палитра] tanlanadi. CHiziq qalinligini o‘zgartirish uchun tugmasidan foydalaniladi.

Siljitish Sahifani siljitish uchun [Прокрутка] tugmasini bosgan holatda tepaga/pastga o‘tkaziladi. [Навигация] tugmasi ham o‘tkazish uchun ishlatiladi. Uni bosgan holatda quyidagi muloqot oynasi chiqadi

Sahifa qo‘shish YAngi sahifa qo‘shish uchun tugmasi bosiladi. SHuningdek, [Шаблон...] tugmasi yordamida ham yangi sahifa yaratish mumkin. Ixtiyoriy shablon tanlab sahifa yaratish mumkin.

Sahifaga o‘tish Bir nechta sahifadan iborat hujjatda sahifalararo oldinga va orqaga o‘tish mumkin: orqaga – [Назад] oldinga – [Вперед] SHuningdek, sahifalar ro‘yxati orqali ham o‘tish mumkin: Список Страниц]

Saqlash / Ma’lumotlarni chop etish
YAngi ma’lumotni saqlash dasturdan chiqish vaqtida amalga oshiriladi. Ayni vaqtdagi holatni saqlash uchun Uskunalar panelidagi [Сохранить] tugmasi bosiladi. [Список Страниц] muloqot oynasida ma’lumotni xohlagan vaqtda saqlash mumkin.

Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi. Ma’lumotni chop etish uchun [Печать] tugmasi bosiladi.

Ishni tugatish Ishni tugatish uchun [Выход] tugmasi bosiladi.

Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi.

Berilgan sozlamalar bilan dasturni yuklash
"Экран приветствия" rejimida salomlashuv ekrani ishga tushadi.
"Доска" rejimida interaktiv doska ishga tushadi.
"Панель Инструментов" rejimida uskunalar paneli ishga tushadi.
"Значок панели задач" rejimida StarBoard piktogrammasi masalalar panelida chiqadi. Dastur ishga tushishi uchun piktogramma bosiladi.

Amalni bekor qilish / Amalni takrorlash Amalni bekor qilish uchun [Отменить] tugmasi bosiladi. Bekor qilingan amalni takrorlash uchun [Отменить] tugmasi bosiladi. [Умное Перо] dan foydalanish vaqtida [Отменить] tugmasi bosilsa qo‘lda chizilgan rasm holiga qaytadi.

CHizish / Figura va matnni o‘chirish Geometrik figurani chizish uchun menyusidagi amallardan foydalaniladi. Matn kiritish uchun [Текст] tugmasidan foydalaniladi. Matnli ob’ektni klaviaturadan matn terish yo‘li bilan ham yaratish mumkin. Figura va matnni [Ластик] orqali o‘chirish mumkin emas. Ularni o‘chirish uchun [Выбрать] yordamida belgilab [Удалить] tugmasi bosiladi.

Ob’ekt yaratish
Tasvir, matn, peroda chizilgan barcha ma’lumotlar ob’ekt hisoblanadi. Ob’ektni siljitish, tarsformatsiya qilish mumkin. Ob’ektni belgilash uchun [Выбрать] ni bosing va kerakli ob’ekt ustiga bosing. Belgilangan ob’ektni xohlagan joyga surib qo‘yish mumkin. Ob’ektni trasformatsiya qilish aylantirish uchun chegaralaridagi markerdan foydalaniladi.

Bir nechta ob’ektni belgilash uchun [Выбрать] tugmasi tanlanadi va kerakli ob’ektlar belgilanadi. SHuningdek, [Выбрать несколько] tugmasidan foydalanib ob’ektlarni belgilashimiz mumkin. Bir necha ob’ektni guruhlash uchun [Группировать] tugmasidan foydalaniladi. Guruhlangan ob’ektlarni ajratish uchun [Разгруппировать] tugmasidan foydalaniladi.

Nusxa ko‘chirish va qo‘yish Belgilangan ob’ektdan nusxa ko‘chirish uchun [Копировать] bosiladi. Nusxasi olingan ob’ektni qo‘yish uchun [Вставить] bosiladi. Belgilangan ob’ektdan kesib olish uchun [Вырезать] bosiladi. [Клон] yordamida belgilangan ob’ekt nusxasini yaratish mumkin. Belgilangan ob’ektni o‘chirish uchun [Удалить] bosiladi.

Vaqtinchalik menyu

Ob’ekt belgilanganda yonida vaqtinchalik menyu chiqadi. Bu menyu orqali turli xil amallarni bajarish mumkin.

Qo‘lyozma matnni belgilab menyudan grafik matnga aylantirish mumkin.

[Заблокировать] amalidan belgilangan ob’ektni himoyalash uchun foydalaniladi.

[Разблокировать] amali ximoya qo‘yilgan ob’ektni himoyadan chiqarish uchun ishlatiladi

[Искать в Google/Wikipedia] belgilangan matnni Google/Wikipedia qidirish imkonini beradi.

[Разбить текст] belgilangan matnni so‘zlarga va qatorlarga bo‘lish imkonini beradi.

Gipermurojaat qo‘yish uchun [Редактирование гиперссылки] amalidan foydalaniladi.

Matnni tahrirlash uchun [Редактировать текст] amalidan foydalaniladi.

Ob’ekt nusxasini ko‘chirish uchun [Копировать] amalidan foydalaniladi.

Ob’ektni kesib olish uchun [Вырезать] amalidan foydalaniladi.

[Klon] amali ob’ektni nusxasini olish uchun ishlatiladi.

Ob’ektni o‘chirish uchun [Удалить] amalidan foydalaniladi.

Vaqtinchalik menyu yordamida ob’ektlarni guruhlash va ajratish mumkin.

Ob’ektni Clip Art grafik fragmenti sifatida saqlash uchun [Зарегистрировать как картинку] ni tanlang.

[Выровнять] amali orqali ob’ektlarni aylantirish va ma’lum chegaraga to‘g‘rilash mumkin.

[Упорядочить] amali ob’ektlarni ustma-ust joylashishini o‘zgartirish imkonini beradi.

Ob’ekt tarkibini o‘zgartirish uchun [Свойства объекта] amalidan foydalaniladi.

Hujjat qo‘shish Grafik tasvir va slaydlardan foydalangan holda sahifa yaratish uchun "Избранное" amalidan foydalaniladi. Bu holatda quyidagi muloqot oynasi ekranga chiqadi:

Ushbu muloqot oynasidan hujjat turi tanlaniladi. Hujjatni tahrirlash uchun [Просмотр] amalidan foydalaniladi.

Amallar ro‘yxati Ish vaqtida turli formatdagi hujjatlarga o‘tish uchun [Список Задач] tanlanadi. Bu holatda quyidagi muloqot oynasi ekranga chiqadi:

Hujjatlarga o‘tish ketma-ketligi tanlanadi.

Aqlli pero (Умное перо)
Ixtiyoriy chizilgan figura aniq geometrik figura ko‘rinishiga keladi. Misol uchun:

va h.k. Ob’ektni o‘chirish uchun uning ustiga X shaklini chiziladi.

Ob’ektni chiljitish ular orasiga > yoki < shakli chiziladi.

Rejimlarga o‘tish Quyida turli xil rejimlar keltirilgan:

PK Ekrani PK ga o‘tish rejimi

Videoni ishga tushirish Tashqi qurilmalardan videotasvirni ishga tushiradi.

Hujjatlar Slaydlarni ochish, videoni ko‘rsatish, hujjatlarni ko‘rish va tahrirlash imkonini beradi.

Konferensiya Telekonferensiyani ishga tushiradi.

Matnni import qilish
StarBoard da matnni turli ko‘rinishda import qilish mumkin. Matnni yagona ob’ekt ko‘rinishida va qator yoki so‘zlarga bo‘lgan holda import qilish mumkin. Alohida matnli ob’ektlarni keyinchalik tahrirlab odatiy ko‘rinishda qo‘yish mumkin. SHuningdek, tahrirlangan matnni ham formatlarini saqlagan holda (masalan matnning shrifti) import qilish mumkin.
Matnni ikki xil usul bilan import qilish mumkin:
Matndan nusxa ko‘chirib StarBoard ga qo‘yiladi.
Microsoft Word yoki boshqa matn muharriridan StarBoard oynasiga surib qo‘yish mumkin. Qo‘yish vaqtida matni import qilish oynasi chiqadi.
Matni import qilish oynasidan quyida keltirilgan rejimlardan birini tanlash mumkin:

Rejim

Izoh

Единый текстовый объект

Matn tahrirlash mumkin bo‘lgan yagona matnli ob’ekt sifatida qo‘yiladi.

Разбить на слова

Matn so‘zlarga bo‘lingan holda qo‘yiladi.

Разбить на строки

Agar matn ikkita va undan ko‘p qatorlardan iborat bo‘lsa, qatorlarga bo‘lingan holda qo‘yiladi.

Формат Windows

Tahrirlash imkoni mavjud bo‘lmagan yagona ob’ekt sifatida

Meta File

qo‘yiladi. Bu holatda matn formati saqlanib qoladi.

Tezkor tugmalar

«Interakiv doska»da quyidagi tezkor tugmalardan foydalanish mumkin:

Tugmalar

Vazifasi

Ctrl+C

Nusxa ko‘chirish

Ctrl+V

Qo‘yish

Ctrl+X

Kesib olish

Ctrl+P

CHop etish

Ctrl+A

Hammasini belgilash

Ctrl+Z

Bekor qilish

Ctrl+Y

Qaytarish

Ctrl+G

Guruhlash

Ctrl+U

Guruhni ajratish

Ctrl+T

YAngi matnli ob’ekt

Del

O‘chirish

Ctrl+N

YAngi sahifa

Ctrl+O

Fayl ochish

PgDown

Keyingi sahifa

PgUp

Oldingi sahifa

Ctrl+L

Sahifalar ro‘yxatini ko‘rsatish

Alt+Enter

Tasvirni to‘liqligicha ekranga tushirish

Hujjatga fayl biriktirish StarBoard hujjatiga videofilьm, audiofayllar kabi tashqi resurslarni biriktirish mumkin. Документ

menyusidagi Вложения tugmasi ekranga quyidagi muloqot oynasini chiqaradi.

Открыть – tanlangan faylni yangi saqifada ochadi.
Открыть – biriktirilgan fayl StarBoard hujjatidan qattiq diskka yoziladi.
Добавить – YAngi fayl biriktirish.
Удалить – biriktirilgan faylni o‘chiradi.
Закрыть – Oynani yopish.

Gipermurojaat qo‘shish
Gipermurojaat qo‘yish uchun ob’ektni belgilab vaqtinchalik menyudanРедактирование гиперссылки amalidan foydalaniladi.

Gipermurojaat turi
Gipermurojaat turlari: 'Нет', 'Вложение, 'Fayl' yoki 'Web-страница'.
Не установлена – har qanday murojaatni o‘chiradi.
Вложение – faylni biriktirish.
Файл – faylga ssыlka berish.
Web-страница – web-sahifaga murojaat qo‘yish.
Страница документа – hujjatdagi sahifaga ssыlka berish.

Videoni ishga tushirish StarBoard Software ni ishga tushirgan vaqtda quyidagi ekran chiqadi:

[Interaktiv ekran] dan [Видео] tanlanadi va kerakli video fayl tanlanadi. Tashqi qurilmadan videoni ishga tushirish uchun [Внешнее видео устройство] tanlanadi. Video rejimi quyidagi ko‘rinishga ega:

Ishga tushirish / to‘xtatish [Воспроизведение] ishga tushirish. [Пауза] to‘xtatish.

CHizish / O‘chirish Video ustiga ixtiyoriy chiziq chizish mumkin. CHiziq chizish uchun [Pero] dan foydalaniladi. O‘chirish uchun [Ластик] dan foydalaniladi. [Очистить] yordamida chizilgan barcha chiziqlarni tozalash mumkin.

Ekran rasmini import qilish [Фото экрана] video va unga qo‘yilgan barcha ma’lumotlarni izoh sifatida saqlash imkonini beradi.

Slaydlarni ishga tushirish

Salomlashish oynasidan [Interaktiv ekran] ni tanlab PowerPoint fayli ishga tushiriladi.
Faylni tahrirlash uchun [Просмотр] tanlanadi. Slaydni ishga tushirgan vaqtda ekran quyidagicha ko‘rinish oladi:

Amallar uskunalar paneli orqali bajariladi.

PK Ekrani PK Ekrani ko‘rinishi

YUqoridagi oynadan [Управление ПК] tanlanadi. Kompьyuter boshqaruvi rejimi ishga tushirilgan vaqtda uskunalar paneli ko‘rinadi.

Bu rejim kompьyuterni boshqarish imkonini beradi. Ishni boshlash uchun sichqonchaning chap tugmasi o‘rta tugmasi

, o‘ng tugmasi yoki chap tugmasi ikki marta bosilishi tanlab olinadi.

3203 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений