linkedin facebook linkedin facebook nod32

Model sinflari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-10

Model sinflari

Fizik modellar. Modellarni sinflarga ajratishga asos qilib, modelni orginaldan abstraksiyalash (mavxumlash) darajasi olingan. Dastlab xamma modellarni ikki guruxga ajratish mumkin. Moddiy (fizik) va abstrak (matematik).
Fizik model deb orginalga ekvivolent yoki o‘xshash bo‘lgan tizimlar tushiniladi. Boshqacha aytganda ishlash jarayoni orginalga o‘xshash bo‘lgan u yoki bu fizik tabiatga ega bulgan tizimlarga aytiladi. Fizik madellarni quyidagi turlarini kursatish mumkin: naturali, kvazinaturaviy, masshtab va analog modellar.
Natural modellar - bu real tadqiq etilayotgan tizmlardir. Ularni maketlar yoki tajriba ko‘rinishi deyiladi. Bunday modellar tizim orginallarga to‘la adekvat bo‘ladi va natijada modellashtirish natijalarini yuqori aniqligini va ishonchliligini ta’minlaydi. Xisoblash tizmlarini loyixalash jarayoni tajriba ko‘rinishlarini sinash bilan yakunlanadi.
Kvazinaturaviy modellar naturaviy va matematik modellar majmuasidan iborat.
Masshtab modellar - bu orgenallik qanday fizik tabiatga ega bo‘lsab shunday tabiatli tizim bo‘lib, faqat masshtablari bilan farqlanadigan tizmdir. Masshtab modellashtirishni uslubiyat asosi bo‘lib, o‘xshashlik nazariyasi  olingan. Bu nazariya buyicha  orginal bilan model geometrik o‘xshashlik saqlanishi  lozim va ularni parametlari mos masshtablarda bo‘lishi lozim.
Analog modellar - deb shunday modellarga aytiladiki, orginaldan fizik tabiatga nisbatan farq qiluvchi, ammo ishlash jarayoni orginalga o‘xshash bo‘lgan modellarga aytiladi. Bunday modellarda asosiy shartlardan biri bu o‘rganilayotgan ob’ekt bilan model parametrlari orasida bir qiymatli mos kelishlik bo‘lishi, xamda bu tizmlardagi jarayonlarni o‘lchamga ega bo‘lmagan matematik yozilishi ayniyat shaklida bo‘lishi zarur. Analog modellarni yaratish uchun o‘rganilayotgan tizimlarni matematik tavsiflash zarur. Analog modellar sifatida mexanik, gidravlik, pnevmatik tizimlar ishlatilishi mumkin. Ammo ko‘pgina xollarda elektr va elektron analog modellar keng qo‘llaniladi. CHunki tokni kuchi va kuchlanish boshqa tabiatga ega bo‘lgan fizik kattaliklar analogi bo‘ladi. Analog modellarni asosiy xususiyatlari parametrlarni miqdoriy o‘zgarishi va o‘lchamlariga adaptatsiya (moslashtirish) qilinishi sodda va tezkordir. Analog modellar xisoblash texnikasini vositalarini mantiqan elementlar va elektr zanjirlari satxida tadqiqot o‘tkazishda yoki tizim satxida tizimlar ishlashi, masalan: differensional yoki algebrik tengliklar yordamida yozilish satxida foydalaniladi.
Matematik modellar matematik model tizmini abstrakt tilda formal tavsiflashdan  iborat. Masalan, xususan tizimni ishlashini matematik ifodalar yordamida modelni yaratish uchun ixtiyoriy matematik vositalar - algebrik, differensial va integral xisoblash, to‘plamlar nazariyasi, algoritmlar nazariyasi va boshqalar ishlatilishi mumkin. Mohiyati bo‘yicha xamma matematika ob’ekt va jarayonlarni modellarini yaratish va tadqiq etish uchun yaratilgan.
Modellashtirish maqsadi - o`rginalning xarakterli tomonlari modellarni jixatlarini va ularni tadqiq etish usullarini aniqlaydi. Masalan: matematik modellarni deterministik va extimollik (staxastik) sinflarga ajratish mumkin. Birinchisi modelni xarakteristikasi va parametrlari orasidagi o‘zaro mos kelishlikni aniqlasa, ikkinchisi bu kattaliklarni statistik qiymatlari orasidagi moslikni aniqlaydi. U yoki bu turdagi modelni tanlash tasodifiy faktorlarni xisobga olish zarurligi darajasiga asoslangan. Matematik modellarni tadqiq etish usullari qo‘yidagi turlarga bulinadi; analitik, sonli, imitatsion.
Analitik model  deb tizimni shunday formal tavsiflashga aytiladiki, ma’lum matematik apparatdan foydalanilgan holda tenglama echimini yaqqol ko‘rinishda olish imkonini beradi.
Sonli model  shunday turdagi bog‘lanish bilan xarakterlanadiki, aniq boshlang‘ich sharoitlar va modelni miqdoriy parametrlari uchun faqat xususiy echimlarini topish imkonini beradi.
Imitatsion model - bu tashqi va ichki ta’sirlar ostidagi tizmlarni yozish majmuasi va tashqi ta’sirlar, tizimning ishlash algoritmlari yoki tizimni xolatlarini o‘zgarish qoidasidan iborat. Bu algoritm va qoidalar mavjud bo‘lgan analitik va sonli echimlarni 
aniqlashni imkonini bermaydi, ammo tizimni ishlash jarayonini imitatsiya qilish (kuchirish) va qiziqtirayotgan xarakteristikalarni (ko‘rsatkichlarni) o‘lchash yoki aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion modellar analitik va sonli modellardan farqliroq keng sinfdagi ob’ekt va jarayonlar uchun yaratilishi mumkin. Imitatsion modellardan foydalanish uchun odatda imitatsion modellarni tasvirlash (yozish) vositalari universal yoki maxsus algoritmik  tillar hizmat qiladi. Imitatsion modellar ko‘proq darajada xisoblash tizimlarini pog‘onada tadqiq etishga  mo‘ljallangan.

995 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: UMRZOQ
Qo`shilgan sana: 2015-06-05

VIDEO ROLIKLARIDAN QO`YING

Foydalanuvchi ismi: Nuriddin Jumaev
Qo`shilgan sana: 2015-06-11

malumot juda yaxshi va aniq berilgan

Foydalanuvchi ismi: Sardor
Qo`shilgan sana: 2015-06-25

saytning ishlash tezligi juda yahshi

Foydalanuvchi ismi: TURSUNOV SHAXZOD
Qo`shilgan sana: 2016-02-15

RAXMAT

Foydalanuvchi ismi: TURSUNOV SHAXZOD
Qo`shilgan sana: 2016-02-15

RAXMAT

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений