linkedin facebook linkedin facebook nod32

Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisida qonun

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI

12 dekabr 2002 yil 439-II-sonli

Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari to‘grisida

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisidagi qonun xujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar
4-modda. Axborot erkinligi
5-modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
7-modda. Axborotdan xamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning xakkoniyligi
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari
9-modda. Axborot olish tartibi
10-modda. Axborot berishni rad etish
11-modda. Axborotni muxofaza etish
12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash soxasidagi davlat siyosati
13-modda. SHaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori 12 dekabr 2002 yil 440-II-sonli "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xakida
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, xar kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarkatish, foydalanish va saqlash xuquqlari ro‘yobga chikarilishini, shuningdek axborotning muxofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘grisidagi qonun xujjatlari
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisidagi qonun xujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun xujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda kuyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qatiy nazar shaxslar, predetlar, faktlar, vokealar, xodisalar va jarayonlar to‘grisidagi ma’lumotlar;
axborot mulkdori - o‘z mablagiga yoki boshqa qonuniy yo‘l Bilan olingan axborotga egalik kiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborotni muxofaza etish - axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning okibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari;
axborot resurslari - aloxida xujjatlar, xujjatlarning aloxida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklardagi va boshqa axborot tizimlaridagi) xujjatlar va xujjatlarning to‘plamlari;
axborot soxasi - sub’kutlarning axborotni yaratish, kayta ishlash va undan foydalanish bilan boglik faoliyati soxasi;
axborot borasidagi xavfsizlik - axborot soxasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ximoyalanganlik xolati;
axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan xuquqlar doirasida axborotga egalik kiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
maxfiy axborot - foydalanilishi qonun xujjatlariga muvofik cheklab ko‘yiladigan xujjatlashtirilgan axborot;
ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan xujjatldashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizualь hamda boshqa xabarlar va materiallar;
xujjatlashtirilgan axborot - identifikatsiya kilish imkonini beruvchi rekvizitlari ko‘yilgan xolda moddiy jismda kayd etilgan axborot.
4-modda. Axborot erkinligi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofik xar Kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarkatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Axborot olish faqat qonunga muvofik hamda inson xuquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy saloxiyatini muxofaza kilish, xavfsizligini ta’minlash orqalida cheklanishi mumkin.
5-modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari
Ochiqlik va oshkoralik, xamma erkin foydalanishi mumkinligi va xakkoniyligi axborot erkinligining asosiy prinsiplaridir.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga kuyidagilar kirmaydi:
fuqarolarning xuquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chikarish tartibi to‘grisidagi, shuningdek davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining xuquqiy makomini belgilovchi qonun xujjatlari;
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favkulodda vaziyatlar to‘grisidagi ma’lumotlar hamda axolining, axolii punktlarining, ishlab chikarish ob’ektlari va kommunikatsiyalarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
kutubxonalarning, arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarining o‘zini o‘zig boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taallukli vokealar, faktlar, xodisalar va jarayonlar to‘grisida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
7-modda. Axborotdan xamma erkin foydalanishi
mumkinligi va uning xakkoniyligi
Axborot undan xamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va xakkoniy bo‘lishi kerak.
Axborotni buzib talkin etish va soxtalashtirish takiklanadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarkatayotgan axborotning xakkoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Axborot mulkdori, egasi axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari
Davlat xar kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarkatish, undan foydalanish va uni saqlash xuquqini ximoya kiladi. Jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chikishi, e’tikodi, shaxsiy va ijtimoiy mavkeiga karab axborot olish xuquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xar kimga o‘zining xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chikish imkoniyatini ta’minlab berishga, makbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning xuquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga, taallukli boshqa masalalar yuzasidan axborot Bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9-modda. Axborot olish tartibi
Xar kim axborot olish uchun bevosita yoki vakillari orkali yozma yoxud ogzaki so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega.
YOzma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili (yuridik shaxslarning esa rekvizitlari) hamda so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatili lozim. So‘rovlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
YOzma so‘rovga imkon kadar kiska muddatda, agar qonun xujjatlarida boshqacha koida nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay javob kaytarilishi lozim.
Ogzaki so‘rovga, imkoniyatga karab, darxol javob berilishi kerak.
So‘ralayotgan axborotni ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi kismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etishning iloji bo‘lmagan takdirda axborot olish uchun murojaat etgan shaxsga uni taqdim etish kechiktirilganligi to‘grisida xabar yuboriladi.
So‘ralayotgan axborotni taqdim etishni kechiktirish so‘rov berilgan sanadan e’tiboran ikki oydan ortib ketmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilganligi to‘grisida xabar axborot so‘rab murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran bir xafta muddat ichida yuboriladi.
Taqdim etish kechiktirilganligi to‘grisidagi xabarda kuyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
so‘ralayotgan axborotni vaktida taqdim eta olmaslik sabablari;
Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, axborot so‘rab murojjat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu xakda bu xakda ma’lum qilishi shart.
Axborot berganlik uchun belgilangan tartibda xak olinishi mumkin.
10-modda. Axborot berishni rad etish
Agar so‘ralayotgan axborot maxfiy bo‘lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning xuquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etishi mumkin bo‘lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So‘ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to‘grisidagi xabar so‘rov bilan murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish to‘grisidagi xabarda so‘ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko‘rsatili kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‘grisida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z so‘roviga xakkoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga etkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda koplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.
11-modda. Axborotni muxofaza etish
Xar kanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar etkazishi mumkin bo‘lsa, muxofaza etilmogi kerak.
Axborotni muxofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot soxasidagi xavfsizligiga taxdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarkalishi, o‘girlanishi, yo‘kotilishining oldini olish;
axbrotning buzib talkin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish orqalida amalga oshiriladi.
12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash soxasidagi
davlat siyosati
Axborot xavfsizligini ta’minlash soxasidagi davlat siyosati axborot soxasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga karatilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash soxasida davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning, fuqarolarning o‘rni va axamiyatini belgilaydi.
13-modda. SHaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
SHaxsining axborot borasidagi xavfsizligini uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy xayotiga taallukli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruxiy ta’sir ko‘rsatilishidan ximoya kilish yo‘li Bilan ta’minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taallukli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy xayotiga taallukli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy xayotiga taallukli sirini, yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa mulokot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, kayta ishlashga, tarkatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan xollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to‘grisidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon etkazish, shuningdek ularning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chikarilishiga to‘skinlik kilish orqalida foydalanish takiklanadi.
Fuqarolar to‘grisida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik kiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini ko‘ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga xaqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi
Jamiyatning axborot borasidagi xavfizligiga kuyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini ta’minlash;
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruxiy ta’sir ko‘rsatishga, uni chalgitishga yo‘l qo‘ymaslik;
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy saloxiyatini asrash hamda rivojlantirish;
milliy o‘zlikni anglashni izdan chikarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bekarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga karatilgan axborot ekspansiyasiga karshi xarakat tizimini barpo etish.
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi kuyidagi yo‘llar Bilan ta’minlanadi:
axborot soxasidagi xavfsizlikka taxdidlarga karshi xarakatlar yuzasidan iktisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan muxofaza kilish;
O‘zbekiston Respublikasining jaxon axborot makoniga va zamonaviy telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi;
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzimini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, xududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, xokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab ko‘yilgan yoxud tayinlangan xokimiyat vakillarini xokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga karshi boshqacha tajovuz kilishga ochiqdan-ochiq davlat etishni o‘z ichiga olgan axborot tarkatilishidan ximoya kilish;
urushni va zo‘ravonlikni, shafkatsizlikni targib kilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uygotishga karatilgan terrorizm va diniy ekstremizm goyalarini yoyishni o‘z ichiga olgan axborot tarkatilishiga karshi xarakatlar kilish.
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik.
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘grisidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

 

1362 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: dilmurod
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: dilmurod
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: dilmurod
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений