linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet va Intranet

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-07

Internet va Intranet

Internet – bu yagona standart asosida faoliyat kursatuvchi jaxon global komьyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U maxalliy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizim bo`lib, o`zining aloxida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xar bir mijozi boshqa shaxar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jaxon bo`ylab yoyilib ketgan yuz milyardlab yagona axborot muxitga biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil qiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkoniyatini yaratib beruvchi  «axborot magistral» vazifasini  o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muxim vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
Internet va unga bog`lanishning umumiy shakli bilasiz. Unga asosan internetga bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati «internet profayderlari» yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog`i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.
Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro bog`lovchi lokal tarmoqlardir.
Internet aloxida kompyuterlar orasida aloqa urnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro birlashtirish imkonini xam beradi. Agar biror –bir maxalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo`lsa, u xolda mazkur tarmoqning xar bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishta ulangan kompyuterlar xam mavjud. Ularni xost-kompyuterlar xam deb atashadi. Tarmoqa ulangan xar bir kompyuter o`z adresiga ega va uning yordamida jaxonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.
Intranet- internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, xamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishta ishlash imkonini beruvchi korxona miqyosidagi yagona axborot muhitni tashkil qiluvchi kompyuter tarmog`idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan qo`yidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar  bazasi  va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda qaysi derektoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi.

1955 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений