linkedin facebook linkedin facebook nod32

AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO'G'RUSIDAGI QONUN

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-03-07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
24.04.1997 y.
N 400-I

AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI
TO‘G‘RISIDA

Mazkur Qonunga O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan

1-modda. Qonunning maqsadi
2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘јrisidagi
qonun xujjatlari
3-modda. Axborot olish kafolatlari
4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari
5-modda. Axborot olishga doir so‘rov
6-modda. So‘rovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari
7-modda. Axborot olishni ta’minlash
8-modda. Axborot berish va unga xaq to‘lash
9-modda. Taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan axborot
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
11-modda. Axborotning to‘јriligi uchun javobgarlik
12-modda. SHikoyat qilish huquqi
13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik
14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi
soxasidagi xalqaro shartnomalar
1-modda. Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun xar kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish xamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘јrisidagi
qonun xujjatlari
Axborot olish kafolatlarn va erkinligi to‘јrisidagi qonun xujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu Qonundan va boshqa qonun xujjatlaridan iborat.
Qoraqalpoјiston Respublikasida axborot olish kafolatlari va erkinligi soxasidagi munosabatlar Qoraqalpoјiston Respublikasining qonun xujjatlari bilan xam tartibga solinadi.
3-modda. Axborot olish kafolatlari
Іar bir fuqaroning axborot olish xuquqi kafolatlanadi.
Іar kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish xuquqi davlat tomonidan ximoya qilinadi.
4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari
Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, xamma olishi mumkinligi, ochiqligi va xaqqoniyligidan iboratdir.
5-modda. Axborot olishga doir so‘rov
Xar kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega.
6-modda. So‘rovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari
Axborot olishga doir so‘rov yozma yoki oјzaki shaklda ifodalanishi mumkin.
YOzma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasiniig ismi, familiyasi, manzili, so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatiladi.
YOzma so‘rovlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
So‘rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun xujjatlarida boshqa xol nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
Oјzaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darxol javob berilishi shart.
Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, murojaat etuvchiga bu xaqda so‘rov olingan sanadan boshlab etti kundan kechiktirmay ma’lu.m qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi shart.
7-modda. Axborot olishni ta’minlash
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar іar kimga o‘zining іuquqlari va Qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan Qonun іujjatlari bilan, shuningdek іujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati Qonun іujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi. (O‘zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni taxriridagi modda)
8-modda. Axborot berish va unga xaq to‘lash
Murojaat etuvchining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so‘roviga binoan tekinga beriladi.
Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq xaq olinishi mumkin.
9-modda. Taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan axborot
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas.
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini ia taxallusini ko‘ygan muallifning kimligini uning roziligisiz oshkor etishga іaqli emas. Axborot manbai yoki muallifning kimligi faqat sud qarori bilan oshkor etiladi.
11-modda. Axborotning to‘јriligi uchun javobgarlik
Ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘јriligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘јriligi uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
12-modda. SHikoyat qilish huquqi
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fukarolarning axborot olishga doir іuquqlarini kamsituvchi xatti-xarakatlari yoki xarakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik
Axborot olish xuquqining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi soxasidagi
xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I.A. KARIMOV

 

870 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Naima
Qo`shilgan sana: 2015-12-14

Informatika fanidan ham lug`at bo`lsa yaxshi bo`lardi. Ijod qilib aslo charchamang! Oldindan rahmat!Javob:Raxmat

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений