linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ispancha partiya Shteyn Karpov, 1970

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-05-02

Ispancha partiya Shteyn Karpov, 1970

1. e2-e4       e7-e5

2. Kg1-f3      Kb8-c6

3. Cf1—b5    a7-a6

4. Cb5-a4     Kg8-f6

5. 0-0     Cf8-e7

6. Lf1-e1    b7-b5

7. Ca4-b3    d7-d6

7…0-0 dan keyin qoralar 8. a4 bilan hisoblashishi kerak.

8. c2-c3    0-0

9. h2-h3    Kc6-b8

10. d2-d3    …

Bu yurish odatdagi 10. d4 ga qaraganda murakkabroq
manevirli o’yinga olib kelsa-da, oqlar shu tarzda o’ynab, debyut afzalligining bir qismidan ajrasa kerak.

10    …    c7-c5

Breyer himoyasining asosiy  g’oyasi – e4 piyodasiga

tazyiq qilish 10. d3 dan keyin biroz ahamiyatini yo’qotgan ekan, qoralar ham rivojlanish sxemasining tusini o’zgartirmoqda. Mening tajribamda bu variantning boshqacha xili ham uchragan: 10…Kbd7  11.  Kbd2  Cb7  12.  Kf1  Kc5  13.  Cc2  Le8  14. Kg3  Cf8  15.  b4  Kcd7   (15…  Ke6  yursa ham bo’ladi).

11. Kb1 – d2     h7 – h6

Qoralar raqibning keyingi harakatlarini poylab, hozircha foydali profilaktik yurish qilmoqda.  Agar oqlar  d3 – d4 yo’li bilan markazda hujum boshlashni tayyorlashga qaytadigan bo’lsa, Cb7  va Kbd7 o’ynash o’rinli bo’lib chiqadi.

12.  Kd2 – f1    Kb8 – c6

13. Kf1 – g3    Lf8 – e8

14. a2 – a4     Cc8 – d7

15. Cc1 – e3    …

Ehtimol, 15. Kh2,  Cf8  16.  Ff3,  keyin Kh5 qilib pozisiyaviy o’yin olish yoki 17. ab ab  18.  L: a8  F: a8  19.  C : h6  dan so’ng taktikaviy  operatsiyalarga  o’tish kuchliroqdir. Sur’atni tejash va birdaniga 12-14 bilan boshlanuvchi planni amalga oshirishga o’tib bo’lmaydi. 15. Kh2 ga 15…Cf8 javobini berish va agar 16. 14 bo’lsa. 16…c4 17. dc dc (17…Ka5 ham ko’rib chiqishga arziydi) 18. C:c4 ef 19. C:f4 Fb6 + 20. Kph1 F:b2 va oqlarning piyodalar  safi tarqab ketadi. Ularning pozisiyasi endi yomonroq bo’lsa kerak. 15.Kh4 ga ham erta bo’lib, o’yin shunday davom etishi mumkin: 15…Ka5 16. Cc2 K:e4  17. de (17.K:e4 C:h4 18. K:d6 C:f2 +19. Kp:f2 Ff6+) 17…C:h4 18. F : d6 Kc4 19. F : c5 Lc8 20. Fd5 C : g3 21. Fg Fb6+22. Kph2  C : h3  23.  Kp:h3  Lcd8 – farzin tutiladi.

16 ….     Ce7 – f8

Kuchlarini aynan  ,,ispancha’’ qayta guruhlashtirish
davom etmoqda. Qoralar debyut samaralaridan mamnun bo’lsa arziydi: ular raqibning ikkala flang va markazdagi aktiv planlariga  qarshi harakat qilishga tayyor.
16 Kf3 – d2 Boshqacha chekinish  - 16. Kh2 dan keyin ham oqlar e5 piyodasiga bo’lgan tazyiqni bo’shashtirar  va bu ham 16… Ka5  17.  Cc2  d5!  18. ed(yoki 18. Ff3  d4)
18 … K : d5  19.  Cd2 c4  manevrini qilishga imkon berar edi. 16. Fb1!?  Yurishi e’tiborga loyiq edi. Teng imkoniyatlar yaratuvchi 16.  d4 ed 17. cd c4 (17…K : e4?  18.   K : e4 L : e4 19. dc dc 20. ab ) 18. Cc2 Kb4 ham chakki emas.

16.   …    Kc6 – a5

17.  Cb3 – c2   d6 – d5!

Shunday qilib, tashabbus qoralarga o’tadi. Muhumi, qarama – qarshi zarba berish yo’li bilan f2 – f4 yurishning oldini olishdir.

18. d3 – d4    …

Oqlar, balki, har qanday, 18. f4 ga ahd qilsa arzirdi. 18…d4 19. cd cd  20.  Cf2  ef  21.  Ke2 dan keyin ularning  pozitsiyasi aytarli darajada qoniqarli. Bordiyu, 18.. ef 19. C: f4 g5  20.  Ce3  bo’lsa,  juda keskin kurash boshlanib ketadi. Shuning uchun qoralar hammasidan  ko’ra pozisiyaviy afzallik beruvchi 18…d4 19. cd (19.Cf2 dc 20. bc ef 21. Ke2 g5 va qoralar ortiq piyodasini saqlab qoladi) 19…ed 20.  Cf2  Kc6 ni tanlagani ma’qul.

19.   …    Ce7 – f8

20.   c3 – d4    e5 – d4

21.   Ce3 – d4    Ka5 – c6!

Shu yo’l bilan qoralar o’zining markazidagi  ustunligini ko’rsatadi va bir piyodani qurbon qilib, uzoq davom etuvchi tashabbusga erishadi.
21.  Cd4 : f6    Fd8 : f6
22.    a4 : b5    ….
22.  ed Kb4 bo’lgan taqdirda qoralar aytarli  ustunlikka ega bo’ladi. Mana bu final judayam qiziq : 23. L : e8 24. ab  C : b5  25.  Lb1  K : d5 26.  Cb3  F : f2 + !  27.  Kp : f2  Cc5 +28.  Kpf3  Le3 + va yana ko’pi bilan to’rt yurishdan so’ng mot.
22.    …    Kc6 – b4!
Oqlar   <<a>>   liniyasining ochilishini kata ko’tarinkilik  bilan qarshilagan bo’lardi. Endi esa ularni jiddiy qiyinchiliklar kutayapti.
23.   b5 : a6    …
Qurbonni qabul qilish majburiy, bo’lmasa  23… C : b5  dan keyin qora sipohlar  taxtaning kata qismida  hukumronlik qila boshladi.
23.   …    La8 : a6
23 … Cc5  24. Kf3  (boshqalarni <<chiroyli >>  emas :  24. Lf1  Cb5  25.  Ke2  C : e2;  24.  Kh1  F : b2;  24.  Le2  Cb5  va  hokozo )  24…Fg6!!  (Qoralar  a6  piyodasini sira unutmaydi,   lekin ortiqroq xavf – xatarlar  barpo qilib, uni olishga shoshilmaydi  ) dadilroq edi.  Endi F : g3  dan qanday himoyalansa bo’larkan?   Agar 25,  Ke2  (25... C :h3 ga 26.  Kf4  o’ynash uchun )  bo’lsa, oddiygina  25… de oqlarni qiyi ahvolga solib qo’yadi.
Partiyada qilingan yurishdan  keyin qarorlarning  afzalligi judayam pasayib ketadi.
24.   La1 : a6    Ff6 : a6
25.   Cc2 : b1    ...
25.  Kf3  ishonchliroq  bo’lib durang naqd edi.
25.   ...    d5 – d4!
Bir piyoda ortiqligi va operatsiyalarda  ikkala tomondan qatnashayotgan kuchlarning kamligiga  qaramay, oqlar manevrlar qilishda ma’lum darajada  qiyinchilik sezmoqda.
26.   Kg3 – e2     d4 – d3
27.   Ke2 – f4    ...
Ot  d3  piyodasini nishonga olib turibdi va kezi kelganda d5 ga tushib olmoqchi. Buning ustiga oqlar g’alati  tuzoq qo’yib  qo’ydi.
27.   ...    Cf8 – d6
27... Cb5 to’g’irroq bo’lib, undan keyin oqlarda durang qilish yo’l bo’lsin edi.
28. Kf4 : d3!    ...
28. Kd5  K : d5 29. Ed  L : e1 +30.  F : e1  Cb5 bo’lganda oqlar –

ga himoyalanish  oson emas. Endi esa Shteyin  <<d>>  liniyasida sipohlarning qavatlashishidan foydalanib, mohirona tenglikka erishadi.
28.   ...    Kb4 – d3
29.   Cb1  d3  :  Fa6 :d3
30.  Kd2 – f3!    Cd7 – b5
Yoki 30... Fa6? – 31.  e5.
31. Fd1  :  d3   Cb5 : d3
32. Le1 – d1    Cd3 : e4
32…Ld8  33.  L : d3  Ch2 + 34.  K : h2 L :d3 dan keyingi o’yin oxirida harfni yana  juda uzoq   <<azoblash>>  mumkin edi-yu, lekin to’g’risi endshpil albatta bitim bilan tugashi kerak.
33.  Ld1 : d6    Ce4 : f3
34.   g2 : f3    Le8 – b8
35.   Ld6 – d2    Kpg8 – h7
36.  Kpg1 – g2    Kph7 – g6
37.  Kpg2 – g3    Kpg6 – f5
38.   h3 – h4
Durang.

1507 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений