linkedin facebook linkedin facebook nod32

Olimpiada misollarini yechish usullari IV-bosqich

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-04-26

Olimpiada misollarini yechish usullari IV – bosqich

306-misol.   QAYTIMNI AVTOMATIK HISOBLASH

Kiruvchi fayl nomi:                          input.txt
Chiquvchi  fayl nomi:             output.txt
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Do’kon avtomatik hisoblash apparatlari bilan jihozlangan bo’lib, ularning ishlash prinsipi quyidagicha. Kassir hisoblash apparati klaviaturasidan har bir sotib olingan narsaning narxini kiritadi, apparat esa asta-sekinlik bian jami narxni yig’ib boradi. So’ngra kassir klaviaturadan xaridor bergan pulni kiritadi. 
Apparat qaytimni hisoblab, bu qaytimni qanday tangalar (santimlar) tashkil etishini hisoblab topishi kerak. Qadri balandroq tangalar ko’proq ishlatiladi, bu esa qaytimga kiruvchi tangalar sonini kamayishiga olib keladi.
1-hol:  1, 2, 5, 10, 20, 50, 100, 500 (santimlarda) pullar bor.
2-hol: 1, 2,5, 10, 25, 50, 100, 250 ga teng pullar bor.
Bundan tashqari, kassa apparatida har bir turdagi tangalar uchun alohida joylar bor. Demak, qaytimni berayotganda u yoki bu joyda tangalarning bor yoki yo’qligini hisobga olish kerak. Ishlatiladigan massivlar:
P(I)- I turdagi tangalarning qadri,
Q(I)- qaytimda I turdagi tangalar soni,
S(I)- ajratilgan joyda I turdagi tangalar soni.
E o’zgaruvchining qiymati bo’lib qaytimning umumiy yig’indisi hisoblanadi.
1 masala
Har bir tirqishda cheksiz ko’p tangalar bor deb olamiz, shuning uchun bu masala boshqa bizni bezovta qilmaydi.
Ta’riflangan kassa apparatida foydalanilgan usulga asoslanib,  ya’ni E va P(I) qiymatlarni bilgan holda Q(I) ni hisoblaydigan va nolga teng bo’lmagan barcha Q(I) larni ekranga chop etuvchi dasturni tuzing. 
2 masala
Tangalarning chekli zahirasini e’tiborga olaylik.
1-hol: tangalar zahirasi qaytimni berishga yetadi.
2-hol: tangalar zahirasi qaytimni chiqarishga imkon bermaydi, shunda sotuvchi qaytimni bera olmaydi.
Tangalarning zahirasi yetarlicha bo’lganda ikkita holni ajratish mumkin:

  • Agar biron-bir turdagi tangalar bo’lmasa, u holda qadri pastroq bo’lgan tangalar zahirasidan foydalanish kerak, bunda ogohlantiruvchi xabar chiqarilishi shart;
  • agar tangalarning har bir turdagi zahirasi yetarli bo’lsa, xabar chiqarilishi kerak emas.

1 masalaning yechimi
Boshida qaytimga eng qadrli tangalarning maksimal soni kiritiladi, bundan keyin esa qaytim uchun yana yangi yig’indi hosil bo’ladi. So’ngra qolgan yig’indidan bevosita kamroq qadrga ega bo’lgan tangalarning maksimal soni olinadi, bu jarayon butun qaytim berib bo’linmagunicha davom etadi. 
Bunda albatta tangalar indeksi bo’yicha sikl paydo bo’lib qoladi va DO operatoridan foydalanish uchun tangalarni o’zining qadri kamayishi tartibi bo’yicha joylashtirish maqsadga muvofiq. 

Dasturni bajarishga namunalar

Program L306a;
Label M20;
Var
E, n,i : integer;
P,Q: array[1..10] of integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘input.txt’);
reset (f1);
read (f1, n);
for i:=1 to n do
Read (f1, P[i], Q[i]);
Read (f1,E);
for i:=1 to n do
Begin
Q[i]:=E/P[i];
E:=E mod P[i];
if E=0 then goto M20;
End;
M20: assign (f2, ‘output.txt’);
Rewrite (f2);
for i:=1 to n do
if Q[i]<>0 then
Write (f2, Q[i], ‘PIECE’, P[i], ‘CENTIMES’);
Close (f1);
Close (f2);
End.

2-masalaning yechimi
Agar tangalarning umumiy zahirasi qaytimdan kichik bo’lsa, u holda albatta qaytim berila olmaydi. Tangalar zahirasi qaytimdan katta bo’lib turib, qaytim berila olmaslik ehtimoli ham bor. Bu holat odatda bir necha ketma-ket qaytimlar berilgandan so’ngina vujudga kelishi mumkin.
Shuning uchun Q(I) ni faqatgina qaytimni bera olishga to’la ishonch bo’lgandagina S(I) dan ayirish maqsadga muvofiq.

Dasturni bajarishga namunalar:

Ma’lumotlar:

  • 10
  • 20
  • 5
  • 10
  • 20
  • 15
  • 10
  • 10

Dasturni bajarish natijasi:

Qaytim----3499

TUR

MIQDOR

ZAHIRA

1

500

6

4

2

100

4

16

3

50

1

4

4

20

2

8

5

10

0

20

6

5

1

14

7

2

2

8

8

1

0

10

Qaytim ----2699

ZAHIRA TUGAB BORMOQDA. Chunki 500 so’mlik faqatgina 4 ta tanga bor, o’zi bunday tangalarning 5 ta bo’lishi maqsadga muvofiqroq  L=1

Qaytim----1549

ZAHIRA TUGAB BORMOQDA. 500, 100, 50, 20, 10, 5 va 2 so’mlik tangalar yetmayapti, shuning uchun qaytimni qadri pastroq pullar bilan berish kerak -> L=7

TUR

MIQDOR

ZAHIRA

1

500

0

0

2

100

10

0

3

50

3

0

4

20

6

0

5

10

20

0

6

5

13

0

7

2

6

8

8

1

2

8

Program L306b;
Label M30;
Var
E, n,i : integer;
P,Q,S: array[1..10] of integer;
A,L: integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘input.txt’);
reset (f1);
read (f1, n);
for i:=1 to n do
Read (f1, P[i], S[i]);
Read (f1,E);
L:=0;
for i:=1 to n do
Q[i]:=0;
for i:=1 to n do
Begin
A:=E/P[i];
if A<S[i] then
Q[i]:=S[i];
E:=E-Q[i]*P[i];
if A<>Q[i] then L:=L+1;
if E=0 then goto M30;           
End;
Assign (f2, ‘output.txt’);
Rewrite (f2);
Write (f2, ‘Pul yetmaydi');
M30: if L<>0 then
Write (f2, ‘Zahira tugab bormoqda, L=’, L);
for i:=1 to n do
Begin
S[i]:=S[i]-Q[i];
Write (f2, I, P[i], Q[i], S[i]);
End;
Close (f1);
Close (f2);
End.

307-misol.   QADIMIY QASR

Kiruvchi fayl nomi:                          castle. in
Chiquvchi  fayl nomi:             castle.out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Qadimiy bir davlatda olimlar g'alati bir toshlar to'plamiga duch kelishdi. Uni o’rganib chiqib, olimlar bu aylana shaklida bo’lgan qadimiy qasr devorining bo’laklaridir degan xulosaga kelishdi. Afsuski vaqt va insonlar devorning ma’lum bir qismlarini barbod qilishgan.
Devorning qolgan bo’laklarini himoyalash va ularning o’rganilishini tinch sharoitda davom ettirish uchun olimlar devor bo’laklarini uchli sim bilan chegaralab chiqishmoqchi. Agar har bir bo’lak uchun alohida chegara qilinsa, u holda bir bo’lakdan ikkinchisiga o’tishda qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin, shuning uchun olimlar barcha bo’laklarni o’rab olgan bitta umumiy chegara qilishmoqchi. Olimlarga chegaraning minimal uzunligini hisoblashga yordam bering, axir ular qancha uchli simni so’rashni bo’lishlari kerak-ku. 

Kiruvchi fayl formati

Kiruvchi faylda ikkita natural son berilgan: bo’laklar soni n 1<=x<=180 va qasr radiusi 1<=r<=100  So’ngra saqlanib qolgan devor bo’laklarini tasvirovchi n juft butun sonar, ai,bi -bo’lak boshi va oxriga to’g’ri keluvchi gradus o’lchovdagi burchaklar keladi. Burchaklar soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda, markazdan shimol tomonga qarab o’lchanadi. 0<=ai,bi<=360 ). Har bir bo’lak ham soat strelkasiga qarama-qarshi ravishda boshlang’ich burchakdan oxirgi burchakka o’tadi. Bo’laklar umumiy nuqtalarga ega emas.

Chiquvchi fayl formati

Chegaraning mavjud minimal uzunligini kiriting. Chiqqan javob to’g’ri javobdan ko’pi bilan 1/1000 ga farq qilish kerak. 

Namuna
      


castle. in

castle. out

  1.   10
  2. 30

90   270  

61.8879020479

Program L307;
Var
n, i : integer;
l: real;
a,b,c,d,l1,l2: array[1..180] of real;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘castle.in’);
reset (f1);
read (f1, a[i], b[i]);
for i:=1 to n do
Begin
if a[i]>b[i] then
c[i]:=360-a[i]+b[i];
if a[i]<b[i] then
c[i]:=b[i]-a[i];
End;
for i:=1 to n-1 do
d[i]:=a[i+1]-b[i];
d[n]:=a[1]-b[n];
l:=0;
for i:=1 to n do
Begin
l1[i]:=3.14*r*c[i]/180);
l2[i]:=2*r*r*(1-cos(d[i]));
l:=l1[i]+l2[i];
End;
assign (f2, ‘castle.out’);
Rewrite (f2);
Write (f2,l);
Close (f1);
Close (f2);
End.

308-misol. PASKAL UCHBURCHAGI

Kiruvchi fayl nomi:                          pascal. in
Chiquvchi  fayl nomi:             pascal. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Paskal uchburchagi- bu quyidagi ko’rinishdagi sonlardan tashkil topgan cheksiz uchburchak:
1
1       1
1      2      1
1     3       3      1
1     4      6      4       1
1     5     10     10      5      1
1     6     15     20     15      6      1
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

 

Paskal uchburchagi qatorlari noldan, har bir qatordagi sonlar ham noldan boshlab nomerlanadi. Nolinchi qatorda faqatgina bitta son - bir, keyingi har bir qatorda esa oldingisidagidan bitta ko’p son bor. Har bir qatordagi nolinchi va oxirgi son birga, qolganlarning har biri esa oldingi qatordagi ularning tepasida turgan ikkita sonning yig’indisiga teng.  Shunday qilib i-qatorda i+1 ta son bor. Agar i-qatorning j-elementini a a ij deb belgilasak, u holda  tenglik bajariladi. Bu tenglik oldingi qatordagi yo’q elementlarni (1 va i nomerli elementlar) nolga tenglasak, chetki elementlar uchun ham bajariladi.
Murod Paskal uchburchagining n-qatorida nechta toq son borligini bilmoqchi. Murod uchburchak chiza boshladi, lekin u tez orada varoqqa sig’may qoldi. Shunda Murod bu jarayonni kompyuterda bajarishga ahd qildi.  Unga yordam bering.

Kiruvchi fayl formati

Kiruvchi faylda n 0<=n<=2 000 000 000  soni saqlanadi.

Chiquvchi fayl formati

       Chiquvchi faylda bitta son- Paskal uchburchagining n-qatoridagi toq sonlar miqdori bo’lishi kerak. 

Namuna
      


pascal.in

pascal.out

0

1

5

4

7

8

Program L308;
Var
i,j,n,k: integer;
l: real;
a: array[0..100, 0..100] of integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘pascal.in’);
reset (f1);
read (f1,n);
a[0,0]:=1;
a[1,0]:=1;
a[1,1]:=1;
if n>1 then
Begin
for i:=2 to n do
Begin
a[I,0]:=1;   a[I,i]=1
End;
For i:=2 to n do
For j:=1 to i-1 do
A[I,j]:=a[i-1,j-1]+a[i-1,j];
End;
K:=0;
For i:=0 to n do
For j:=1 to I do
If a[I,j] mod 2<>0 then
K:=k+1;
Assign (f2, ‘pascal.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,k);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
End.

309-misol.   TAJRIBA O’TKAZUVCHI

Kiruvchi fayl nomi:                          tester. in
Chiquvchi  fayl nomi:             tester. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Bir olim qariganida «КД521(2)» tranzistorlarning chidamliligini o’rganish g’oyasiga mukkasidan berilib ketdi. Afsuski u o’z ishiga hamkasblaridan birontasini ham jalb eta olmadi, shuning uchun uning o’zi tajribalarni o’tkazishiga to’g’ri keldi. Lekin bu olimni qo’rqitib qo’ymadi.
Javonda olim eski zamonlardan qolib ketgan  m ta tranzistorni topdi va ulardan tajribada foydalanishga ahd qildi.
Bir necha mulohazalardan so’ng o’lchovlarni o’tkazishning quyidagi usuli tanlandi: olim zina bo’yicha kotarilib tranzistorlarni har xil qavatlardan tashlashga ahd qildi. Shunday qilib, u tranzistor qanday eng past qavatdan tashlanganda sinishini aniqlamoqchi. Bunda olim transistor oxirgi qavatdan tushayotganda bardosh bera olmasligiga, lekin odam bo’yicha keladigan balandlikdan (ya’ni olim birinchi qavatda bo’lganida)  tashlanganda unga hech qanday ziyon tegmasligiga kafil.
Hamma tranzistorlar br xilligi ma’lum, agar transistor ma’lum bir qavatdan tushganda sinsa, u holda undan ham balandroq barcha qavatlardan tushish jarayonida ham sinadi.
Singan tranzistorlarni yana ishlatish mumkin emas, lekin transistor tashlangandan keyin butun qolgan bo’lsa, uni takroran ishlatish mumkin. Butun qolgan tranzistorni ko’tarib chiqish uchun olim birinchi qavatga tushishi kerak bo’lib qoladi. Birinchi qavatga tushgandan so’ng, olim u yerda yotgan hamma tranzistorlarni olib chiqishi mumkin.
Olimning yoshlari o’zi haqida bildirib qo’ymoqda, shuning uchun u zinadan ko’tarilish kerak bo’lgan jami masofani qisqartirmoqchi. Lekin yoshlar ma’lum bir ustuvorlikka ham ega - olim ko’zoynagini yechib, ixtiyoriy qavatdan tranzistorning singan yoki sinmaganligini aniqlab olishi mumkin.
Boshida olim birinchi qavatda edi va unda m ta transistor bo’lgan edi. Olim yashaydigan uy n qavatli.
Olim tajribani o’tkazish paytida zinadan yuqoriga ko’tarilishi kerak bo’lgan qavatlarning eng kam sonini toping.

 

Kiruvchi fayl formati

       Kiruvchi faylda ikkita butun son - uyning balandligi -2<=n<=50  va tranzistorlar soni 1<=m<=10  bo’ladi.

    Chiquvchi fayl formati

Chiquvchi faylda yagona son - olim tajribani o’tkazish paytida zinadan yuqoriga ko’tarilishi kerak bo’lgan qavatlarning eng kam sonini chiqarilsin.

Namuna
      


tester. in

tester. out

5  2

3

2  2

0

Keltirilgan namunalarning birinchisida olimning muqobil hatti-harakati quyidagicha. Avvalambor ikki qavat yuqoriga ko’tarilib, tranzistorni uchinchisidan tashlash kerak. Agar transistor sinsa, ikkinchi qavatga tushib tranzistorni o’sha yerdan tashlab ko’rishga harakat qilish kerak - agar tranzistor 2-qavatdan tashlaganda ham sinsa, u holda natija 2, aks holda -3. Agar transistor uchinchi qavatdan tushganda ham sinmasa, u holda to’rtinchi qavatga chiqib, tranzistorni o’sha yerdan tashlashga to’g’ri keladi. Agar u sinsa, natija 4, aks holda -5. Juda bo’lmagan taqdirda uchta qavat yuqoriga ko’tarilish kerak.
Ikkinchi namunada hech narsa tashlash kerak emas, tajriba natijasi-0.
Program L309;
Var
n,m: integer;
k:  integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘tester.in’);
reset (f1);
read (f1,n,m);
k:=n-2;                  
Assign (f2, ‘tester.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,k);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
End.

310-misol.  SHA’MLAR

Kiruvchi fayl nomi:                          candles. in
Chiquvchi  fayl nomi:             candles. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Alisher n yoshga to’ldi. Bu tadbirga atab pishirilgan tort markazi koordinatalar boshida bo’lgan r radiusli aylana shaklidadir. Tortda n ta sha’m turibdi. Alisherning oyisi m ta to’g’ri chiziqli qirqimlar qilib, tortni bo’laklarga ajratdi. Har bir mehmon hosil bo’lgan bo’laklardan birini oldi.

Alisher  mehmonlardan birontasiga bittadan ortiq sha’m tushgan yoki tushmaganligini bilmoqchi. Unga bu ishni amalga oshirishda yordam bering.

Kiruvchi fayl formati
       Kiruvchi faylning birinchi qatorida n,m va r butun sonlari saqlanadi (1<=n<=10000 0<=m<=1000 1<=y<=2000) 
Keyingi n ta qatorda butun sonlar juftliklari x1;y1 -shamlar joylashgan nuqtalarning koordinatalari saqlanadi. Bu nuqtalar aylana ichida joylashganligi kafolatlanadi, sha’mlar o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladi. Hech qaysi ikkita sha’m bir xil emas.
Oxirgi m ta qatorda kesmalar ta’riflari - a1;b1;c1 butun sonlar uchliklari saqlanadi. Bunday uchlika1x+b1y+c1=0 tenglama bilan berilgan kesmaga mos tushadi. Hech bir kesma sha’m ustidan o’tmaydi. Hech qanday ikkita kesma bir biriga mos tushmaydi. a1;b1;c1 sonlari modul jihatdan 10000 dan oshmaydi.

    Chiquvchi fayl formati
Agar mehmonlarning biriga bittadan ortiq sha’m tushib qolgan bo’lsa, u holda chiquvchi faylda “YES”, aks holda “NO” so’zini chiqaring.

Namunalar


         candles. in

candles. out

3   2  3
2   2
1  -1
-2   0
2  -1  0
0   1  -1

NO

3   2  3
2   2
1  -1
-2   0
1   1  -1
0   1  -1

YES

  1. 0  100

0   0

NO

Program L310;
Label M1, M2;
Var
n,m,r: integer;
i,j,k: integer;
a,b,c: array[1..1000] of integer;
S: array [1..1000] of integer;
x,y: array [1..10000] of integer;
d: array [1..1000, 1..1000] of integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘candles. in’);
reset (f1);
read (f1,n,m,r);
for i:=1 to n do
Read (f1, x[i], y[i]);
for i:=1 to m do
Read (f1, a[i], b[i], c[i]);
for k:=1 to n do
for i:=1 to m-1 do
if (a[i]*x[k]+b[i]*y[k]+c[i])*(a[i+1]*x[k]+b[i+1]*y[k]+c[i+1])<0 then
d[k,i]:=1 else d[k,i]:=0;
i:=n;
if (a[i]*x[k]+b[i]*y[k]+c[i])*([1]*x[k]+b[1]*y[k]+c[1])>0 then
d[k,i]:=1 else d[k,i]:=0;
for i:=n+1 to 2*n-1 do
if (a[i-n]*x[k]+b[i-n]*y[k]+c[i-n])*(a[i-n+1]*x[k]+b[i-n+1]*y[k]+c[i-n+1])<0 then d[k,i]:=1 else d[k,i]:=0;
i:=2*n;
if (a[i-n]*x[k]+b[i-n]*y[k]+c[i-n])*(a[1]*x[k]+b[1]*y[k]+c[1])>0
then d[k,i]:=1 else d[k,i]:=0;
for i:=1 to 2*n do
Begin
S[i]:=0;
for k:=1 to m do
S[i]:=S[i]+d[k,i];
if S[i]>1 then goto M1;
End;
Assign (f2, ‘candles.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,’No’); Goto M2;
M1:   Write (f2, ‘Yes’);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
M2: End.

311-misol.  N-BURCHAK

Kiruvchi fayl nomi:                          ngon. in
Chiquvchi  fayl nomi:             ngon. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Flatlandiyada bolalar uchun o’yinchoqlar ishlab chiqaruvchi mashhur kishilardan biri yangi rivojlantiruvchi o’yinni sotuvga chiqarmoqchi. O’yinning tarkibida bir nechta kesmachalar bor, ulardan bolalar turli xil shakllarni hosil qilishlari mumkin.
Lekin davlat komissiyasi oldida mahsulotni taqdim etish paytida, mutaxassislardan biri xos bo’lmagan n-burchaklarni yasash bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi , shuning uchun xos bo’lmagan n-burchakni hosil qilish mumkin bo’lgan n kesmalardan tashkil topgan to’plamning paydo bo’lishini bartaraf etish kerakligi haqida aytib o’tdi.
Sotuvga chiqarilgan mahsulot shunday yaratilganki, hosil bo’lgan kesmalarning uzunligi k dan oshmaydigan natural sonlar bo’lishi mumkin. Kompaniya direktori to’plam iloji boricha ko’proq kesmalardan tashkil topishini istardi. Sizning vazifangiz - bunday to’plamni qurish.

Kiruvchi fayl formati

       Kiruvchi faylda ikkita butun son n - taqiqlangan ko’pburchaklardagi balandliklar soni va k - kesmalarning maksimal uzunligi 3<=n<=10 1<=k<=100 000 000  saqlanadi.

    Chiquvchi fayl formati

Chiquvchi faylning birinchi qatorida bitta sonni - berilgan cheklanishlarga asoslanib, to’plamda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan eng ko’p kesmalar sonini chiqaring.
Ikkinchi qatorda ushbu kesmalarning uzunliklarini o’sish tartibida chiqaring. Agar yechimlar bir nechta bo’lsa, u holda ixtiyoriysini chiqaring.

 

Namuna

ngon.in

ngon.out

3  7

5
1  1  2  3  5

Program L311;
Var
n,k: integer;
m: integer;
l,p,r: integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘ngon.in’);
reset (f1);
read (f1,n,k);
l:=1;
p:=1;   m:=2;
Repeat
r:=l+p;
m:=m+1;
l:=p;
P:=r;
Until r>=k;         
Assign (f2, ‘ngon.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
End.

312-misol.  OSON BO’LMAGAN MASALA

Kiruvchi fayl nomi:                          problem. in
Chiquvchi  fayl nomi:             problem. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

m ta qator va n ta ustundan iborat bo’lgan to’g’ri burchakli jadval berilgan. i-qator va j-ustunning kesishish joyida aij butun son yozilgan.
Jadvalning shunday to’rtta har xil yacheykasini topish kerakki, ularning markazlari - tomonlari jadval tomonlariga parallel bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning balandliklari, shu yacheykalarda yozilgan sonlarning yig’indisi esa eng katta bo’lsin. 

1

1

1

1

1

1

2

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

3

1

1

1

1

1

1

 

 

 

 

Kiruvchi fayl formati
       Birinchi qatorda ikkita natural son m va 2<=m;n<=500  berilgan. So’ngra jadval ta’rifi - m qator keladi, ularning har birida n ta butun son mavjud 
      
    Chiquvchi fayl formati
Chiquvchi faylning birinchi qatorida butun r sonini - tanlangan elementlarning maksimal yig’indisini, ikkinchi qatorda 4 ta natural son x1,y1..... x2;y2...... -tanlangan yacheykalarning mos ravishda yuqori chap va quyi o’ng koordinatalari  1<=x1<=x2<=m 1<=y1<=y2<=n  ni chiqaring. Agar muqobil javoblar bir nechta bo’lsa, u holda ixtiyoriysini chiqaring. 

Namunalar


         problem. in

problem. out

5  5
1  1  1  1  1
1  2  1  1  1
1  1  1  1  1
1  1  1  3  1
1  1  1  1  1

7
2  2  4  4

5  5
1   -1  -1  -1  -1
-1 -2 -1  -1  -1
-1  -1  -1  -1  -1
-1  -1  -1  -3  -1
1  -1  -1  1   -1

0
1  1  5  4

 

Program L312;
Label L1, L2, L3, L4;
Var
n,m: integer;
l: real;
a: array[1..50, 1..50] of integer;
b: array[1..50, 1..50] of integer;
f1, f2: file;
r,j,k,k1,k2,k3,k7,k8,k9,k10: integer;
maxb, maxc: integer;
k4: array[1..50, 1..50] of integer;
k5: array[1..50, 1..50] of integer;
C: array[1..50, 1..50] of integer;               
Begin
assign (f1, ‘problem.in’);
reset (f1);
read (f1,n,m);
for i:=1 to n do
for j:=1 to m do
read (f1, a[i,j]);
k7:=0;
k:=0;  k1:=0;  k2:=0;  k3:=0;
l1: k:=k+1;
l2: k1:=k1+1;
l3: k2:=k2+1;
l4: k3:=k3+1;
for i:=1 to n-1 do
for j:=2 to n-1 do
b[i,j]:= a[i-k, j-k1]+a[i-k, j+k2]+a[i+k3, j-k1]+a[i+k3, j+k3];
maxb:=b[2,2];  k9:=2;  k10:=2;
for i:=2 to n-1 do
for j:=2 to n-1 do
if b[I,j]>maxb then       
Begin
Maxb:=b[I,j]; k9:=I; k10:=j;                     
End;
K7:=k7+1;
C[k7]:=maxb; k4[k7]:=k9; k5[k7]:=k10;
If (j+k3)<>m then goto l4;
If (i+k3)<>n then goto l3;
If (j-k1)>1 then goto l2;
If (j-k)>1 then goto l1;
Maxc:=c[1];  k8:=1;
For i:=2 to k7 do
If c[i]>maxc then
Begin
k8:=i;    maxc:=c[i];
End;
Assign (f2, ‘problem.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,c[k8], k4[k8]-1, k5[k8]-1, k4[k8]+1, k5[k8]+1);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
End.

313-misol.  NEFT

Kiruvchi fayl nomi:                          oil. in
Chiquvchi  fayl nomi:             oil. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Juda ham kichkina, lekin juda mag’rur davlatning prezidenti 21 asrda yashayotganligini va otlarda yurish zamon talabiga javob bermasligini angladi. Lekin ma’lum bo’lishicha, davlatda neft yo’q ekan, benzinsiz esa avtomobillar yurishni bilmaydi. Shuning uchun benzinni boshqa davlatlardan olishga to’g’ri keladi. 
Tashqi bozorni o’rganish natijasida, dunyoda neftni eksport qiluvchi n ta davlat borligi ayon bo’ldi. Jumladan, bunda i-davlat neft barrelini yoki a1  dollarga yoki b1  yevroga sotishi aniqlandi.
Prezidentda аdollar va b yevro bor. Bosh hisobchining aytishicha, agar neftni bitta davlatdan ham dollarga, ham yevroga sotib olishga harakat qilinsa, u holda bu kabi yondashuv sotib olish jarayonini orqaga surib yuboradi, buni albatta Prezident xohlamaydi.
Bu kabi qiyin vaziyatda Prezidentga, u qancha barrel neftni sotib olishi mumkinligini aniqlashga yordam bering.

Kiruvchi fayl formati
       Kiruvchi faylning birinchi qatorida uchta butun son: n, a va b (1<=n<=100 0<=a;b<=1000) berilgan. Keyingi n ta qatorda 1<=a;b<=1000 sonli juftliklar saqlanadi.
   
Chiquvchi fayl formati
Chiquvchi faylga president sotib olishi mumkin bo’lgan neftning maksimal sonini kiriting. Javobni butundan keyin kamida ikkita belgisi bilan chiqaring. 

Namunalar


oil. in

                   oil. out

3  2  5
6  4
3  5
8  7

1.92

4  3  2
1  1
2  2
3  3
4  4

4.00

Program L313;
Var
n,a1, b1: integer;
a,b: array [1..100] of integer;
mina, minb, k1, k2, i: integer;
f1, f2: file;           
Begin
assign (f1, ‘oil.in’);
reset (f1);
read (f1,n, a1, b1);
for i:=1 to n do
Read (f1, a[i], b[i]);
Mina:=a[1]; k1:=1;
For i:=2 to n do
If a[i]<mina then
Begin
mina:=a[i];  k1:=i;
End;                    
k2:=1;  if k1<>1 then
Begin
K2:=1; minb:=b[1];
End;
Else
Begin
K2:=2; minb:=b[2];
End;
For i:=2 to n do
If b[i]<minb then
Begin
If k2<>k1 then
Begin
Minb:=b[i];  k2:=i;
End;
End;
S:=a1/mina+b1/minb;  
Assign (f2, ‘oil.out’);
Rewrite (f2);   Write (f2,S);
Close (f1);   Close (f2);
Readln;
End.

 315-misol.   IKKITA OT

Kiruvchi fayl nomi:                          knights. in
Chiquvchi  fayl nomi:             knights. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Furqat shaxmat o’ynashni o’rganmoqda. Yaqinda u otlar figuralar ustidan sakrashni bilishiga qaramay, ular bir-biriga kerakli katakka yetib olishda halaqit berishlari ham mumkinligini ko’rib qoldi. Furqat doskaga ikkita otni (oq va qora)  qo’ydi va har birining joylashuvi  uchun o’zi istagan katakni tanladi. Endi u otlar kerakli kataklargacha yetib olgunlaricha kamida qancha yurish qilishlari kerakligini aniqlamoqchi.  Otlar shaxmat qoidalari bo’yicha yurishadi (gorizontal yo’nalish bo’yicha bir katakka va vertikal yo’nalish bo’yicha ikki katakka yoki gorizontal yo’nalish bo’yicha ikki katakka va vertikal yo’nalish bo’yicha bir katakka). Oq va qora otning yurishlari tartibi ixtiyoriydir. Otlarga bir paytning o’zida bir xil katakka turish ruxsat etilmaydi.  

Kiruvchi fayl formati
Kiruvchi faylda shaxmat doskasining to’rtta katagi quyidagi tartibga asoslanib yozilgan: oq otning boshlang’ich holati, qora otning boshlang’ich holati, oq otning oxirgi holati, qora otning oxirgi holati. Shaxmat doskasining katagi gorizontal (“a” dan “h” gacha bo’lgan harflar) va vertikal (1 dan 8 gacha bo’lgan raqam) holatda bo’sh joy  bilan ajratilmasdan beriladi. Kataklar ta’rifi bir-biridan bitta bo’sh joy qo’yish bilan ajratiladi.
Boshida otlar har xil kataklarda joylashganligi kafolatlanadi, shuning uchun ular oxirida ham ular har xil kataklarda joylashishlari kerak.

Chiquvchi fayl formati
       Chiquvchi faylning birinchi qatorida zarur bo’lgan yurishlar sonini chiqaring. So’ngra yurishlar tartibini chiqaring. Yurish quyidagicha ta’riflanadi: otning rangiga mos keluvchi harf  (“W” oq uchun yoki “B” qora uchun) va yurish kerak bo’lgan katak. Katakni kiruvchi faylda o’rnatilgan formatda chiqaring.       Agar qidirilayotgan yurishlar ketma-ketligi mavjud bo’lmasa, chiquvchi fayning birinchi qatorda -1 sonini chiqaring.

Namuna


         Castle. in

castle. out

а1  а2  а2  а1

6
W b3
W c1
B b4
W a2
B c2
B a1

316-misol.   SAPER

Kiruvchi fayl nomi:                          mines. in
Chiquvchi  fayl nomi:             mines. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Shamsiddinga “Saper” o’yini juda yoqadi. Bu o’yinni bitta odam o’ynaydi. O’yin m x n (m ta qator, n ta ustun) o’lchovli katak maydonda olib boriladi. Ayrim kataklarda minalar joylashtirilgan. Qolgan har bir katakda yoki 1 dan 8 gacha bo’lgan sonlar - unga qo’shni bo’lgan kataklarda minalar soni, yoki hech narsa yozilmaydi - bu esa qo’shni kataklarda minalar yo’qligini anglatadi. 2 ta katakning aqalli bitta umumiy balandligi bo’lsa, u holda ular qo’shni hisoblanadi.  Bitta katakda bittadan ortiq mina joylashishi mumkin emas. Minalar va sonlar joylashgan maydonni xarita deb ataymiz.
O’yin boshida maydonning hamma kataklari yopiq bo’ladi. O’yinchi bir yurishda biron-bir katakni ochishi mumkin. Undan keyin o’yinchiga bu katakning tarkibi ko’rsatiladi, agar u ochgan katakda mina bo’lsa, u holda o’yinchi yutqazadi.  Aks holda o’yin davom etaveradi. O’yinning maqsadi - minalar joylashmagan  hamma kataklarni ochish. 
Shamsiddinning kompyuterida bu o’yin bor, lekin uning fikricha o’yindagi hamma xaritalar xunuk va zerikarli. Shuning uchun u o’z xaritalarini chizishga ahd qildi. Jumladan, u o’zi chizgan xaritalar ochilganidan keyin chiroyli ko’rinishda bo’lishini istaydi. 
Shamsiddinning katak varog’ida quyidagi usulda chizilgan rasmlar bor: ayrim kataklar qora rangga bo’yalgan, ayrimlari esa oq rangda qolavergan. Shamsiddin “Saperni” o’ynashi uchun rasmga mos maydonni quyidagi tartibda yaratmoqchi: agar rasmda katak qora rangga bo’yalgan bo’lsa, u holda bu yerda yoki mina, yoki 1 dan 8 gacha bo’lgan son turishi, oq rangga bo’yalgan katakning o’rnida esa hech narsa joylashishi kerak emas.
Bu ishni Shamsiddinning o’rniga bajaruvchi dasturni tuzing.

Kiruvchi fayl formati

Kiruvchi faylning birinchi qatorida m va n sonlari 1<=m,n<=100  - mos ravishda qatorlar va ustunlar soni saqlanishi kerak. So’ngra Shamsiddinning rasmini ifodalovchi, har bir m qatorda  n ta son joylashgan jadval keladi. Jadvaldagi har bir son 0 ga yoki 1 ga teng, 0 soni rasmdagi mos katak oq, 1- esa qora ekanligini anglatadi. Qatordagi sonlar joy tashlab yoziladi.

Chiquvchi fayl formati

       Chiquvchi faylda n ta belgili m ta qator - o’yin maydonining xaritasi bo’lishi kerak, i-qatorning j-belgisi (i,j) katakda mina tursa “*” (yulduzcha), agar katakda 1 dan 8 gacha bo’lgan  sonlardan biri  tursa, o’sha songa, agar (i,j) katak bo’sh bo’lsa «.» (nuqta) ga teng bo’lishi kerak. Belgilarni bo’sh joy bilan ajratmang.
Agar rasmga mos keluvchi maydonni qurishning imkoni bo’lmasa, chiquvchi faylning birinchi qatorida “No solution” degan xabar turishi kerak.   

 

Namunalar

mines. in

mines. out

  1. 4
  2. 1  1  1
  3. 1  1  1
  4. 1  0  0

 

.1*1
.1211
*1..

  1. 3

0    1    0
1    0    1
0    1    0

No solution

 

 

 

317-misol.   BOJXONA

Kiruvchi fayl nomi:                          customs. in
Chiquvchi  fayl nomi:             customs. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

2163 yil. Nyu-Samarqand shahri kosmodromi qoshidagi bojxona bo’limida ishlovchi Murodni boshliq o’z xonasiga chaqirdi.
Aniq bo’lishicha, yaqinda Soliq Vazirligi yuklarni avtomatik ravishda ko’rib chiquvchi yangi qurilmalarni o’rnatish uchun ma’lum miqdorda pul ajratdi. Albatta berilgan pul, yuklarni bevosita ko’rib chiqishga ketadigan vaqt ichida bojxonada turishi kerak degan  shart bilan berilgan.
Boshliqning qo’liga qandaydir yo’llar orqali kelayotgan tekshiruv ma’lumotlari-Vazirlik tomonidan nazorat qilinadigan N ta yuk ro’yxati tushib qoldi. Har bir yukning o’ta mahviy bo’lgan paytidan to hozirgi muddatgacha qancha vaqt saqlanganligi va qurilma qancha vaqtda yukni ko’rib chiqishi ma’lum. Boshliq Murodga ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda Vazirlikning barcha yuklari yetkazilishi bilanoq,  zudlik bilan ko’rib chiqilishini ta’minlash uchun zavoddan kamida qancha qurilma buyurtirish kerakligini aniqlashni vazifa qilib   yukladi.  O’rnatilishi kerak bo’lgan qurilmalarning tuzilishi shundayki, bitta qurilmada ikkita yuk bir paytda ko’rib chiqila olmaydi. Murodga bu vazifani hal etishda yordam beruvchi dasturni tuzing.

Kiruvchi fayl formati

       Kiruvchi faylning birinchi qatorida 0<=N<=50 000  soni berilgan. Keyingi N ta qatorda 2 ta musbat son T1 va L1-yukning yetkazilish vaqti va uni qayta ishlash uchun ketadigan vaqt (1<=T1<=1 000 000 va 1<=L1<=1 000 000) berilgan.

Chiquvchi fayl formati

       Chiquvchi faylda bitta sonni- Vazirlikda shubha tug’dirmaslik uchun o’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarning eng kam miqdorini chiqaring.

Namunalar
      


customs. in

customs. out

3
3    2
4    2
5    2

2

5

  1. 4
  2.  1
  3. 5
  4. 3

10   3

3

318-misol.  BOSHQOTIRMA

Kiruvchi fayl nomi:                          puzzle. in
Chiquvchi  fayl nomi:             puzzle. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Yaqindagina, katta qog’ozli xaritalarda o’ynaladigan stol o’yinlari juda mashur edi, ularda o’yinchilar ma’lum bir qoidalarga asoslanib fishkalarni siljitib borishar edi.
Bir necha kun oldin Vohid bolaxonada bunday xaritalarning bir to’plamini topib oldi, lekin afsuski ularda o’yin qoidalari ilovaga kiritilmagan ekan. Ta’riflarsiz u faqatgina har bir xaritada chizilgan aylanachalar (ularda boshlang’ich va oxirgi joylashuv ajratib qo’yilgan) soni - fishka siljishi mumkin bo’lgan masofa ekanligini tushinib oldi xolos. Qandaydir aylanalar o’zaro fishkalarni siljitish mumkin bo’lgan kesmalar bilan tutashtirilgan., jumladan bu yerda ayrim aylanalar juftliklari o’rtasidan bir varakayiga bir nechta kesma o’tkazigan bo’lishi mumkin.  Fishkani kesma bo’yicha ikki tomonlama siljitishga ruxsat beriladi.
Vohid o’yin qoidalarini topa olmagani uchun, o’zining shaxsiy qoidalarini o’ylab topdi. O’yinda bir paytning o’zida hamma xaritalar ishtirok etadi. Har bir xaritada Vohid bitta fishkani ishlatadi. O’yinning boshida har bir fishka mos xarita ustida boshlang’ich holatda turgan deb faraz qilamiz. Har bir yurishda Vohid har bir xarita ustidagi fishkani joriy holatdan, uning kesma bilan tutashtirilgan boshqa holatiga o’tkazadi. Bunda, ma’lum bir xarita ustidagi fishka oxirgi holatda turib qolgan bo’lsa ham, Vohid navbatdagi yurishda baribir uni boshqa joyga ko’chirib o’tkazishi kerak. 
Vohidni barcha xaritalar ustidagi fishkalar bir paytda oxirgi joylashuvda bo’lib qolishi uchun kamida nechta yurish qilishi kerak? degan savol qiziqtirib qoldi. Bu masalani hal etishda unga yordam bering.
Har bir xarita doirasida fishkani ixtiyoriy holatdan bir necha oraliq holatlardan keyin bo’lsa ham, lekin ixtiyoriy boshqa holatga o’tkazish mumkinligi kafolatlanadi.

Kiruvchi fayl formati

       Kiruvchi faylning birinchi qatorida k soni- xaritalar miqdori saqlanadi 1<=k<=10.
So’ngra xaritalarga ta’rif beruvchi  k ta ustun keladi. Har bir ustunning birinchi qatorida ikkita 2<=n1<=50 va 1<=m1<=1500  butun son bo’ladi, ular mos ravishda i-chi xaritadagi joylashuvlar sonini va kesmalar miqdorini ko’rsatadi. Joylashuvlar 1 dan to n1  gacha bo’lgan sonlar bilan nomerlab chiqilgan deb olamiz, jumladan bu yerda boshlang’ich holat - 1 nomer bilan, oxirgisi esa - n2  nomer bilan ifodalanadi. Keyingi m1  qatorlarda mos kesmalar bilan tutashtirilgan joylashuvlar nomerlari juftliklari saqlanadi.

    Chiquvchi fayl formati

Agar ma’lum bir ketma-ketlikdan so’ng har bir xaritadagi fishkalar bir vaqtning o’zida oxirgi holatda bo’lib qolsa, u holda chiquvchi faylda bunday ketma-ketlikning eng qisqa uzunligini toping.  Agar bunday ketma-ketlik bo’lmasa, u holda «Impossible» so’zini chiqaring.

Namuna
      


puzzle. in

puzzle. out

2
5  4
1  2
2  3
3  4
3  5
3  3
1  2
2  3
3  1

3

319-misol. VAQTNI O’TKAZISH

Kiruvchi fayl nomi:                          time. in
Chiquvchi  fayl nomi:             time. out
Vaqt bo’yicha cheklanishar:   2 sekund
Xotira bo’yicha cheklanishar:          64 megabayt

Ma’lumki, ko’plab davlatlar elektr energiyasini tejash maqsadida yozgi vaqtga o’tishadi. Vaqtni o’tkazish jarayoni yilida ikki marotaba - kuzda va bahorda amalga oshiriladi. Bahorda yozgi vaqtga o’tiladi: soatlar bir soat oldinga suriladi. Kuzda yozgi vaqt bekor qilinadi va soatlar bir soat orqaga suriladi.
Vaqtni o’tkazish jarayoni tunda amalga oshadi. Yozgi vaqtga o’tishda 01:59 dan keyin bir minut o’tgach 03:00 bo’ladi. Yozgi vaqtni bekor etishda 02:00 dan 02:59 gacha bo’lgan vaqt oralig’i ikki marotaba takrorlanadi. Aniq qilib aytganda, 02:59 dan keyin 03:00 bo’lish o’rniga, yana 02:00 bo’ladi. 
Sizga Microsft Windows 2006” ning yangi operatsion tizimini ishlab chiqaruvchisi sifatida, tizimli soatlarni avtomatik ravishda yozgi  vatga va aksiga o’tkazuvchi operatsion tizim yadrosining fragmentini yozish vazifasi yuklatilgan.
Boshida berilgan ma’lumotlar va joriy hamda keyingi sutkalarga o’tish tog’risidagi axborotga tayangan holda sizning dasturingiz berilgan miqdordagi minutlar ichida soatlar ko’rsatkichlarini chiqarishi kerak.

Kiruvchi fayl formati
       Kiruvchi faylning birinchi qatorida butun m - joriy sutkaning boshidan to chiqarish kerak bo’lgan vaqtning boshlang’ich momnetigacha bo’lgan minutlar soni kiritiladi. U musbat va joriy sutkadagi minutlar sonidan kam bo’lishi  kafolatlanadi.  
Ikkinchi qatorda ikkita butun son d1 va d2 saqlanadi, ular joriy hamda keyingi sutkalarda qanday vaqtga o’tkazish jarayoni olib borilayotganligini ko’rsatadi. 1 qiymati yozgi vaqtga o’tkazish, -1 esa yozgi vaqtni bekor qilish jarayoni olib borilayotganini, 0 esa umuman hech qanday vaqtga o’tkazilmayotganligini anglatadi.
Uchinchi qatorda k soni 1<=k<=600 - dasturingiz chiqarishi kerak bo’lgan vaqtlar hisobi yozilgan. 

    Chiquvchi fayl formati
Chiquvhi fayl k ta qatordan tashkil topgan bo’lib, ularning i-chisi boshlang’ich momentdan keyin (i-1) minut o’tgach soatning ko’rsatkichini o’z ichida saqlashi kerak. Vaqtni «hh : mm» formatda chiqaring.

Namunalar

time. in

time. out

118
1   0
4

01:58
01:59
03:00
03:01

190
-1  1
1

02:10

0
-1  0
3

00:00
00:01
00:02

1438
0   1
4

23:58
23:59
00:00
00:01

Foydalanilgan adabiyotlar

Sh.X.Fozilov, S.S.Jumanazarov, D.T. Muhamediyeva

Dasturlash bo’yicha olimpiada masalalari

TOSHKENT-2006

Абрамов С.А., Зима Е.В. Начала информатики. - М.: Наука. Гл. ред. физ.-мат. лит., 1989.

Брудно А.Л., Каплвн Л.И. Московские олимпиады по программированию/Под ред. акад. Б.Н. Наумова. - 2-е изд., доп. и перераб. - М.: Наука. Гл. ред. физ.-мат. лит., 1990.

Васильев Н. Б., Гутенмахер В.Л., Раббот Ж.М., Тоом А.Л. Заочные математические олимпиады. - 2-е изд., перераб. - М.: Наука. Гл. ред. физ.-мат. лит., 1997.Васюкова Н.Д., Тюляева В.В. Практикум по основам программирования. Язык ПАСКАЛЬ: Учеб. пособие для учащихся сред. спец. учеб. заведений. - М.: Высш. шк., 1991.Дагене В.А. и др. 100 задач по программированию: Кн. для учащихся: Пер. с лит./В.А. Дагене, Г.К. Григас, К.Ф. Аугутис. - М.: Просвещение, 1993.Джонс Ж., Харроу К. Решение задач в системе Турбо Паскаль/Пер. с англ.; Предисл. Ю.П. Широкого. - М.: Финансы и статистика, 1991.

Епанешников А., Епанешников В. Программирование в среде Turbo Pascal 7.0. - м.: "ДИАЛОГ-МИФИ", 1993.

Есаян В.И. Ефимов, Л.П. Лапицкая и др Информатика. Учеб. пособие. для пед. спец. высш. учеб. заведений/А. Р.. - М.: Просвещение, 1991.

Журналы "Информатика и образования", 1986-1994 гг. 17. Журналы "Квант", 1986-1994 гг.

Заварыкин В. М. и др. Численные методы: Учеб. пособие для студентов физ.-мат. спец. пед. ин-тов/В.М. Заворыкин, В.Г. Житомирский, М.П. Лапчик. - М.: Просвещение, 1990.

Зубов В. С. Программирование на языке Turbo Pascal. "Фтлинъ". Москва. 1997г.

Офицеров Д.В., Старых В.А. Программирование в интегрированной среде Турбо-Паскаль: Справ. пособие. - Мн.: Беларусь, 1992.

Очков В. Ф., Пухначев Ю.В. 128 советов начинающему программисту. - М.: Энергоатомиздат, 1991.

Перминов О. Н. Программирование на языке Паскаль. "Радио и связь". Москва, 1988 г.

Скопец и др. Дополнительные главы по курсу математики. Учеб. пособие по факультативному курсу для учащихся 10 кл. Сборник статей. Сост. З.А.. Изд. 2-е, перераб. М., "Просвещение", 1974.

Тарасов Л.В. Мир, построенный на вероятности: Кн. для учащихся. - М.: Просвещение, 1984.

Тумасонис В., Дагене В., Григас Г. Паскаль. Руководства для программиста: Справочник: Пер. с литовск. - М.: Радио и связь, 1992.

Фаронов В. В. Турбо Паскаль (в 3-х книга). Книга 1. Основы Турбо Паскаля. - М.: Учебно-инженерный центр "МВТУ-ФЕСТО ДИДАКТИК", 1992.

Федоров А., Рогатин Д. Borland Pascal в среде Windows. "Диалектика", Киев, 1993 г.

1625 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений